Murod Ismoilov: "Hali biz o'z so'zimizni aytamiz"
10 iyu 2013 09:54
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Hali biz o'z so'zimizni aytamiz"
O'zbekiston Kubogining chorak final javob uchrashuvlari o'tkazilgach, oliy liga jamoalari to'laligicha davralar oralig'idagi qisqa muddatli tanaffusga chiqishdi.
Futbolchilar hordiq chiqarayotgan bir paytda murabbiylar 1-davrada yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tahlil qilish, tarkibni kuchaytirish yuzasidan bosh qotiryaptilar. Bu borada ayniqsa, Paxtakor jamoasi murabbiylariga ish ko'paygan. Amaldagi mamlakat chempionlari 1-davrani o'ta omadsiz tarzda o'tkazishdi. 13ta o'yinda 5ta mag'lubiyat... bu Paxtakordek shonli tarixga ega jamoa uchun juda ham ko'p. Ayniqsa, so'nggi ikki turdagi mag'lubiyatlar jamoa ahvolini yanada yomonlashtirdi. O'zi shundoq ham jamoaning uy o'yinlariga muxlislarning tashrifi ayanchli ahvolda edi. Vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmasa, jamoa xuddi PFL tomonidan jazolangan klubdek uy uchrashuvlarini bo'm-bo'sh stadionda o'tkazadi. Endi yuzaga kelgan vaziyatni chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, muvaffaqiyatsizlikning asl sababi klubning moliyaviy holatiga borib taqaladi. Biz jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilovga bir qator savolllar bilan murojaat qildik.
- Murod aka, yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda 1-davradagi omadsizlik sabablarini tahlil qilib chiqdingizmi?
- Bu haqda yil boshida ham, avvalgi matbuot anjumanlarida ham aytganman. Muvaffaqiyatsizlikning sabablari ko'p va ular bir-biriga bog'liq. Bir boshdan boshlaydigan bo'lsam, biz mavsum avvalida o'zimiz tarkibda ko'rishni istagan futbolchilarni safimizga qo'shib ololmadik.
- Gapingizni bo'laman, aynan qaysi futbolchilarni harid qila olmadinglar?
- Masalan, Oleg Zoteev, Jasur Hasanov va yana bir legioner hujumchi. Bu men jamoada ko'rishni istagan asosiy futbolchilar edi. Afsuski, Zoteev Bunyodkorga, Hasanov esa “Lokomotiv”ga o'tishni afzal bildi. Ro'yxatimda bo'lgan birgina Aleksandr Merzlyakov bilan shartnoma imzoladik, xolos. Keyin etakchi futbolchilarimiz Boyan Miladinovich va Stanislav Andreevning jarohat olishi ham qimmatga tushdi.
- Bu transferlarning amalga oshmaganiga klubdagi moliyaviy tanglik sabab bo'ldimi?
- SHunday desa ham bo'ladi. Yana ham aniqrog'i, nomlari tilga olingan futbolchilar o'zlari uchun bildirilgan yaxshiroq taklifni afzal bilishdi. Malumki, tarkibimizda yosh futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyati Turkiyadagi JCH-2013da qatnashishdi. Unga qadar esa yil davomida terma jamoa yig'inlarida ishtirok etishdi. Ularning foydasi klubimizga deyarli tegmadi.
- SHunday bo'lishi yil boshidanoq malum edi. SHuni inobatga olgan holda, zaruriy choralarni ko'rib qo'ysangiz bo'lmasmidi?
- Fikringizga qo'shilmay ilojim yo'q. Ammo biz imkoniyatimiz darajasidan yuqori bo'lgan ishlarni amalga oshira olmasdik. Ichki zaxiradan esa maksimal darajada foydalangan taqdirda ham, u samara bermasdi. Vaziyat taqozosi bilan Egor Krimec, SHerzod Karimov kabi asosiy tarkib futbolchilarini Xitoy klublariga ijaraga berdik. Natijani o'ylab, ularni jamoada olib qolsam hech kim meni urishmasdi, ammo bunda faqat o'zimni o'ylagandek bo'lib qolardim. Nima demoqchi ekanligimni tushungan bo'lsangiz kerak.
- Birinchi davraning o'zidayoq Paxtakordek jamoa uchun ko'p emasmi?
- Juda ham ko'p. Natija uchun hamisha murabbiy javobgar bo'lib kelgan. Balki, bu omadsizlik, ketma-ket qabul qilingan mag'lubiyatlarda mening ham aybim bordir. Bu yil ilk bor mustaqil ravishda jamoani boshqardim. Tajribasizligim pand bergandir. Buni inkor etolmayman. Hali murabbiy sifatida o'rganadiganlarim bisyor. Ikkinchi davrada vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga harakat qilamiz.
- Mag'lubiyatga uchragan o'yinlaringizni tahlil qildingizmi? Uch ochko boy berilgan o'yinlarda jamoangizga faqat tarkib bilan bog'liq muammolar halal berdimi?
- Mag'lubiyat sabablarini faqat tarkib bilan bog'liq muammolarga yo'yish to'g'ri bo'lmas. Imkoniyat boy berilgan uchrashuvlarni tahlil qilib chiqish asnosida bir haqiqatga amin bo'ldimki, biz o'yin borasida hech bir raqibga yutkazmadik. Yuzaga keltirilgan qulay vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz pand berdi. Biz o'z xatolarimiz qurboniga aylandik, desam to'g'ri bo'ladi. Bunyodkor, Lokomotiv, Olmaliq jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda raqib bilan tengma-teng kurashdik, xatto bazi jihatlarda ustunlikka ham erishdik. Yoki "Buxoro" bilan o'yinni oling, mezbonlar butun o'yin davomida yuzaga keltirgan yagona havfli hujumlarini golga aylantirishdi. Biznikilar esa... Bahriddin Vahobov haqiqiy hujumchi qanday bo'lishi kerakligini oldingi chiziq vakillarimizga ko'rsatib qo'ydi. O'sha eski kasalimiz vaziyatlardan foydalana olmaslik raqib jamoalarga ochko ulashishimizning asosiy sabablaridan biri bo'ldi.
- Jamoangiz 13ta o'yinda bor yo'g'i 14ta gol urdi. Bitta o'yinda deyarli bitta gol. Amaldagi chempion uchun bu ko'rsatkich juda ham kamdek ko'rinmayaptimi?
- Juda ham kam. Hujum chizig'ida harakat qilgan futbolchilarimizga katta etirozim bor. Yarim yilda 2-3 ta gol uradigan hujumchini shaxsan men hujumchi hisoblamayman. Qolaversa, bazi futbolchilarni bo'ynidan boylab, majburan o'ynatyapmiz. Masalan, Temurxo'ja Abduholiqov, bilmadim o'zini qaysi jamoalarda his qilib yurgan ekan. Paxtakor libosini kiyib maydonga tushadiyu, lekin o'zi hayolan boshqa klub azosi. SHuyam ish bo'ldimi? Qachongacha himoyalanamiz? Bilasizmi, durang uchun o'ynagan uchrashuvlarimiz bo'ldi. Paxtakordek jamoa uchun bu isnod emasmi? Maydonga Paxtakor libosini kiyib tushdingmi, demak shunga monand o'yin ko'rsatishing shart. Kishi ko'ziga maydonda yurish kerak emas. Hamma narsani faqat pul belgilamaydi-ku!
- Lekin holva degan bilan og'iz chuchimaydi. Nafaqat, futbol yoki boshqa sport turlari, balki istalgan sohada ham moddiy rag'bat muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Aytingchi, klub rahbariyatining maosh hamda mukofot pullari bo'yicha futbolchi va murabbiylardan necha oylik qarzi bor?
- ...
- Savolga javob berishga majbur emassiz. Bunga haqqingiz bor. Ammo har qanday holatda ham natija uchun muxlislar va rahbariyat oldida siz javobgarsiz. Barcha masuliyatni o'z zimmangizga olish og'irlik qilmaydimi? Balki, davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusda zaruriy choralar qo'llash uchun rahbariyatga murojaat qilarsiz?
- Rahbariyatga bu haqda doimo aytib kelganman. Qolaversa, ularning o'zlari ham vaziyat naqadar jiddiy ekanligini tushunib turishibdi. SHu maqsadda, “Cindao”ga ijaraga berilgan SHerzod Karimov ortga qaytarildi. U Toshkentga etib kelgan va shu kunlarda safimizga qo'shilishi kerak. Egor Krimecni jamoaga qaytarish bo'yicha muzokaralar davom etyapti. Lekin bu masala osonlikcha hal bo'lmasa kerak. SHuningdek, oliy liga klublarida to'p tepayotgan futbolchilar bilan ham aloqaga chiqilgan. Ammo hozirgi sharoitda jamoamiz uchun foydasi tegadigan futbolchini safimizga qo'shib olish mushkul ish.
- Jamshid Iskandarovning jarohat olishi muammolaringizni yana bittaga ko'payishiga olib keldi.
- Kutilmaganda orttirilgan jarohat birinchi galda terma jamoamiz, keyin esa klubimiz zarariga ishladi. Jamshid ikki haftadan oshiqroq vaqt davomida gipsda yuradi. Undan halos bo'lganidan keyin ham birdaniga mashg'ulotlarga qo'shilib ketmaydi. Bundan tashqari, JCHda ishtirok etgan futbolchilarning ham jamoamizga yaqin orada foydasi tegishi dargumon. Ular qahramonlik ko'rsata olishadi, degan fikrdan yiroqman. Mundialdagi muvaffaqiyatli ishtiroklaridan so'ng ular ko'pchilikning diqqat etiborida bo'lishadi. Televidenie, radio, gazeta, umuman OAV hodimlari JCHdan qaytgan futbolchilarni kamida bir oy davomida hol-jonlariga qo'yishmaydi. Eng yomoni, futbolchilarning o'zlari bundan havolanib, ettinchi osmonda uchib yurishadi. Istaysizmi, yo'qmi, baribir 2-3 oy mobaynida hayollari JCHda bo'ladi. Barcha o'yinlarda ishtirok etgan Igor Sergeev, Vladimir Kozak va Abbosbek Maxstalievlar jamoamiz ixtiyoriga toliqqan holda etib kelishadi. Ustiga-ustak Kozakning belidagi jarohati bezovta qilyapti. SHularning barchasini inobatga olsak, JCHda qatnashgan futbolchilarimiz sentyabr oyigacha klubimiz o'yiniga to'laqonli qo'shilib keta olishmaydi. Endi maydonga tushmay, o'yin amaliyotisiz qolganlarning holatini aytmasam ham barchaga ayon.
- O'zbekiston yoshlar terma jamoasining o'ng qanot himoyasida ishonchli o'yin namoyish etgan Tohir SHamsiddinov ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ayni paytda “Guliston” klubida ijara asosida o'ynayotgan yosh himoyachini ortga qaytarish haqida o'ylamayapsizmi?
- Tohirni ham futbolchi, ham inson sifatida hurmat qilaman. Uni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga bergandik. SHamsiddinov qisqa fursat ichida Guliston jamoasining etakchi futbolchilaridan biriga aylandi. U o'zini bu klubda juda yaxshi his qilyapti. Ammo Tohirni jamoaga qaytarishga shoshilmaymiz. Xozir uning poziciyasida Davron Hoshimov bor. SHu boisdan, mavsum so'nggiga qadar Guliston sharafini himoya qiladi.
- Bunyodkorga qarshi kechgan 1-davra uchrashuvini qoldirishning iloji bormidi? Bu borada PFLga murojaat qildinglarmi?
- Bilishimcha, klubimiz rahbariyati PFLga yozma murojaat bilan chiqqan. Lekin bu masala bizning foydamizga hal qilib berilmadi.
- Ikkinchi davra oldidan Paxtakor Bunyodkordan 12, Lokomotivdan 10, Nasafdan esa 7 ochkoga ortda qolmoqda. Bu tafovutni yo'qqa chiqarishni uddalay olasizlarmi?
- Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, bu o'ta mushkul vazifa. Ammo bajarib bo'lmaydigan emas. O'tgan yili 8 ochkolik farqni yo'qqa chiqarib, yakunda chempion bo'lgandik. Tan olish kerak, o'shanda vaziyat tamomila boshqacha edi. Xozir esa umuman boshqacha sharoitdamiz. 12 ochko bu juda katta tafovut. Nasaf bilan o'rtadagi 7 ochkoni bartaraf etib, qarshilik futbolchilarga etib olish mumkindir. Lekin chempionlik haqida o'ylash mushkul. Har qanday holatda ham oxirigacha kurashamiz. Qariyalarimiz yotib qolguncha, otib qol, deyishadi. SHaxsan o'zim ham oxirigacha kurashishga o'rganganman. Samvel Babayanda ham shunday hislat bor. Lekin maydonda futbolchilar harakat qilishadi. Bu yog'i ularning vijdonlariga havola. Paxtakor uchun jonini fido qilishga tayyor 4 nafar futbolchi qolgunicha kurashamiz.
- Aynan shu mavzuda savol bermoqchi edim. Yigitlarning ko'zi yonmay qoldi. Maydonda jon kuydirib o'ynash haqida gapirmasa ham bo'laveradi...
- Fikringizga qo'shilaman. Ammo hamma futbolchilar haqida ham bunday fikr bildirish to'g'ri emas. Orasida siz aytgan toifadagi, bir oyog'i bilan o'zini boshqa klubda his qilayotgan o'yinchilar bor. Ularni majburan o'ynatishdan hech qanday foyda yo'q. Baliq daryoning chuqurroq joyiga intiladi, ammo tanganing orqa tomoni ham bor. Buni unutmaslik kerak. Aytishadiku, har erni ham qilmagin orzu, har erda bordir toshu tarozu, deb.
- Qaysi futbolchilar Paxtakorda ortiq qolishni istashmayapti?
- Birinchi galda Temurxo'ja Abduholiqov. U faoliyatini xorij klublarida davom ettirish istagida. Tajribali Ilhom Suyunov ham rahbariyatdan o'zini qo'yib yuborishlarini so'ragan. Katta ehtimol bilan bu ikki futbolchi 2-davrani boshqa jamoalarda boshlashadi.
- Hujum chizig'idagi kemtikni Anvar Berdiev bilan berkitish mumkin edi. Neftchi hujumchisining Paxtakorga o'tishiga nima halal berdi?
- U Bunyodkor jamoasi rahbarlari va murabbiylariga vada berib qo'ygan ekan. Aynan shu narsa uning jamoamizga o'tishiga to'sqinlik qildi. Umuman olganda, men bunday toifadagi, yani o'z vadasiga sodiq futbolchilarni hurmat qilaman.
- Paxtakor OCHL bahslarida muntazam ishtirok etib kelayotgan qitaning yagona jamoasi xisoblanadi. Kelasi mavsumda bu anana buzilishi mumkin. CHempionlikdan umid uzilgan ekan, endi bor etibor Kubok bahslariga qaratiladimi?
- O'zbekiston Kubogiga bor kuch tashlanadi, ammo bu bilan chempionatda kurashilmas ekan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Biz 2-davra o'yinlariga ham jiddiy etibor qaratamiz. Ikkinchi darajada deb tashlab qo'ymaymiz. Yuqorida aytganimdek, 4 nafar g'ayratli bola qolgunicha kurashni davom ettiramiz. Paxtakor libosini kiyib, maydonga tushadigan futbolchilar boshqalardan ajralib turishi kerak. Bu oddiy jamoa emas. Xozir ko'cha-kuyda kechasi soat 2-3gacha futbol o'ynashyapti. Yurtdoshlarimiz o'z sog'liqlari yo'lida shunday qilishyapti. Ha, professional futbolchidan yarim kechasi futbol o'ynash talab qilinmayaptiku! Bir haftada ikki marta bir yarim soatdan astoydil, yurakdan yugurib bera olmaysanmi?
- Ikkinchi davradan Stanislav Andreevni maydonda ko'rishimiz mumkinmi?
- Uning jarohati kamida 6 oyda tuzalishi kerak edi. Ayni paytda Stas yakka tartibda mashg'ulotlarni o'tkazyapti. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyimiz SHipilov u bilan alohida ikki mahal shug'ullanyapti. Sentyabr oyida safimizga qaytib qolsa kerak.
- CHempionatimiz saviyasi haqida fikrlaringiz ijobiy bo'lmasa kerak?
- Turnir jadvalining o'rta qismidan pastki o'rinlarda borayotgan jamoalarning saviyasi deyarli bir hil. Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda saviya ancha tushgan. Yuqori pog'onalarda borayotgan jamoalarda esa ijrochilar borasida pasayish bor. O'zi futbolda yoki oldinga ketiladi yo pastga tushiladi. Bir maromda turib bo'lmaydi. Demak, avvalgidek shijoat, yonish, qarama-qarshiliklar yo'q. Stadionga 3 nafar muxlis kelsa ham jon kuydirib o'ynash kerak. Aks holda, maydonga chiqmagan maqul.
- Murod aka, bir muddat avval "Neftchi"ga o'tishingiz haqida gap-so'zlar paydo bo'lgandi. CHindan ham rasmiy taklif olganmidingiz?
- Ha, bu malumotni tasdiqlayman. Bundan xursand ham bo'ldim. Ammo Paxtakor bilan amalda shartnomam bo'lgani uchun, bu taklifni qabul qila olmadim. Agar rahbariyat ruxsat berganida, ketishga tayyor edim. Hozirda "Neftchi" jamoasida tajribali murabbiylar ishlashyapti. Jamoa ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondi. Ikkinchi davrada jamoa o'zi so'zini aytishiga ishonaman.
- Endigi rejalar qanday?
- 14 iyuldan 2-davraga tayyorgarlikni boshlaymiz. Mashg'ulotlar Qibraydagi bazamizda olib boriladi. Yig'in doirasida 2ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirganmiz. Kelishuvga ko'ra, 17 iyul kuni "Neftchi", 23-sanada esa "Dinamo" klubiga qarshi maydonga tushamiz. Muxlislar tushkunlikka tushishmasin, 2-davrada vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga astoydil harakat qilamiz. Hali biz o'z so'zimizni aytamiz.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar