Murod Ismoilov: "Hakamlar va raqib jamoa to'g'risida gapirmayman"
23 avg 2014 12:18
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Hakamlar va raqib jamoa to'g'risida gapirmayman"
"Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvi yakunlangach, matbuot anjumaniga dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov tashrif buyurdi.
- Bugun tajribali Akmal Xolmatov hamda Andrey Akopyanclar yonida yoshlarni maydonga tushirdik, - dedi farg'onaliklar ustozi. - Ammo berilgan ko'rsatmalarni to'liq amalga oshira olishmadi. Jamoamizning ko'rsatgan o'yin sifatidan ko'nglim to'lmadi.
Uchrashuvni boshqargan hakamlar va raqib jamoa to'g'risida hech narsa gapirishni xohlamayman.
Menga stadiondagi muhit judayam manzur bo'ldi. Muxlis stadionga chiroyli futbol tomosha qilish uchun tashrif buyuradi. Menimcha, bugun ishqibozlar zerikib qolishmadi.
Navoiyga tajribali SHerzod Hakimov hamda Sardor Mirzaevlar jarohati tufayli kela olmadi. Bugungi o'yinda ularning o'rni yaqqol sezilib qoldi.

Fikrlar