Murod Ismoilov: "Futbolchilarga sharoitlarni yaxshilab borishimiz talab etiladi"
21 dek 2014 12:52
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Futbolchilarga sharoitlarni yaxshilab borishimiz talab etiladi"
"Neftchi" bosh murabbiyi Murod Ismoilov ushbu haftada "FE" gazetasiga intervyu berib, tayyorgarlik jarayoni va tarkibdagi o'zgarishlar xususida to'xtalib o'tdi.
- Yig'inlarga 10 dekabrdan kirishdik, - deya fikrlarini ifoda eta boshladi bosh murabbiy. - Biroz kechroq ham to'plansak bo'laverardi. Ertaroq yigitlarni yig'ishdan maqsad o'zimizdagi borlarini safimizda ushlab qolishdan iborat edi. CHunki chempionat yakuniga etishi bilanoq bu haqda murabbiylar bilan bosh qotira boshlagandik. O'zimizga kerakli bo'lgan futbolchilar bilan gaplashib olishimiz talab etilardi. Mavsum tugab, qarabsizki, ko'z ochib yumguncha tatil ham poyoniga etdi. Ehtiyoj sezmagan bir qator o'yinchilarga javob berdik. Ayrimlarining shartnoma muddatlari yakunlanayotganligi havotirga solayotgandi. Mana, xavfsirashimiz o'z isbotini topib, kuni kecha Dilyorbek Ermatov Bunyodkorga ketib qoldi. qolganlari bilan ham og'zaki tarzda muzokara olib borishimizga to'g'ri kelmoqda.
- Ermatovning shartnoma muddati yakunlanganmidi?
- Ha, tugagani uchun ketishga haqli edi. Biz esa unga hech nima vada qila olmadik.
- Mavsum yakunida o'yinchilarning shartnomalarini uzaytirish borasida gaplar bo'lmaganmidi?
- SHu haqda bir necha bor gaplashdik. Mavsum yakuniga etsin deb aytildi. Keyin esa hech qanday sado chiqmadi. Xudoga shukr, iqtidorli yoshlarimizdan Doston Tursunov, Javohir Rasulov va Murod Bobojonovlar bilan shartnoma tuzishga erishdik. Kattalarga esa og'zaki vadalar berish bilan cheklanyapmiz xolos. Yangi mavsumdagi yig'inlarda qanday tartibda ishlashimiz borasida alohida reja tuzib chiqib, tatilga chiqishdan avval rahbarimizga taqdim etgandik. Unga ko'ra o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun ikkita xorij safariga chiqishimiz belgilab qo'yilgandi. Hozirgi kundagi imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, bittasidan voz kechishimizga to'g'ri keldi. Oldimizda futbolchilar bilan shartnoma tuzish kabi jiddiy masala turibdi. Hech kim quruq gaplaringizga uchib, jamoaga o'tavermaydi. Mablag' iqtisod qilish maqsadida shunday yo'l tutishga majbur bo'ldik. CHetdan futbolchi taklif etish borasida oldinga siljish yo'q. Yana bir karra takidlayman, og'zaki vadalar orqali bugungi kunda hech qanday ishni bitira olmaysiz.
- Ayrim moliyaviy muammolarni hal etmay turib chetdan malakali o'yinchini saflaringga jalb qilish ham oson emas.
- Futbolchilar aniq tarzdagi taklifga tayanishadi. Vatanparvarlik tuyg'usini birinchi o'ringa qo'yadiganlar kamayib ketishgan. SHu sababli 17-18 nafar bola bilan shug'ullanib turishga majburmiz. SHulardan 3-4 tasi yoshlar jamoasidan o'tishgan.
- Jamoani rasman qaysi futbolchilar tark etishdi?
- Vyacheslav Ponomaryov, Andrey Akopyanclarga o'zimiz javob berdik. Iqbol Boboxonov yaxshi saviyadagi futbolchi, ammo bir qator masalalarda kelisha olmaganligimiz tufayli boshqa jamoaga ketishni maqul topdi. Onikaning namoyon etgan o'yini esa biz qo'yadigan talablarga sira mos tushmaydi. Yaxshi natijalarga erishishni niyat qiladigan bo'lsak, futbolchilarga sharoitlarni yaxshilab berishimiz talab etiladi. Maydonda mehnat qilib, natija keltiradigan shular. Munosib imkoniyatlar qilib berilsa, talab qilib olish ham osonroq kechadi. SHubhasiz bizdan katta natijalar kutishyapti. O'tgan mavsumda bosim ostida ishlashimizga to'g'ri keldi. Saviyali o'yinchilarni jalb qilib, tarkibni kuchaytirmasak, ijobiy natijani qo'lga kiritishimiz yanada qiyinlashaveradi. Futbolchilar intilishyapti, malakali ijrochilar ularning yoniga jamlanib, ortidan ergashtirsalar, maqsadga erishishimiz osonroq kechadi. Biz tarkibimizda ko'rishni istagan futbolchilarni ololmasak, murabbiy sifatida men ham natijaga javob berishim qiyin bo'ladi.
- Nufuzli klublarda dekabr oyi oxirlariga borib kimning qolish yoki ketish masalasi uzil-kesil hal bo'ladi. Keyinchalik mavsumga xotirjam hozirlik ko'riladi. Bugungi holatda esa Neftchiga hali birorta yangi futbolchi taklif etilmagan. Bu ham o'ziga yarasha murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
- Yangi futbolchilar borasida kerakli tavsiyalarimizni berganmiz. Safimizda qolganlar bilan ham shartnomani uzaytirib olishimiz talab etiladi. Og'zaki gaplarga esa ishonmasliklari aniq. Belgilangan miqdorni aytib, oldi-qochdi gaplarga o'ralashib qolmasligimiz darkor. Ancha jiddiy masala. Ertaga maydonga chiqqanimizda rahbarlar, ayniqsa muxlislarimiz talabni jiddiy qo'yib turishadi. Ularni hech qanday muammo qiziqtirmaydi. Natija berasan, tamom-vassalom.
Bu o'rinda murabbiylarning amalga oshirgan mehnatlari chippakka chiqishi hech gap emas. Viloyat rahbarlari va homiy tashkilot mutasaddilari klub ehtiyoji uchun pul ajratib berib turishibdi. Neftchi hamma vaqt o'z oldiga yuksak vazifalarni qo'yib kelgan. 6-8-o'rinlar bizning joyimiz emas. Umuman yarashmaydi. Jiddiy ravishda kurashmoqni niyat qilsak, ishga ham munosabatni o'zgartirishimiz talab etiladi. SHaroitlar etarli bo'la turib, natija qilishni eplay olmasak, bu joy bizniki emas ekan deya bo'shatib qo'yaylik.
Daraja yuqori bo'lsin va shunga yarasha ish talab qilsalar rozimiz. Katta rahbarlar klubimizga befarq emaslar. Faqat hozirgi kundagi mavhumlik biroz o'yga toldirmoqda. Bir marta qo'l tashlashdik, lafzimda turib jamoaga keldim. Vaholanki, Paxtakorda uch xonali kvartira berishmoqchi edi, ancha pullarim qolib ketdi. Neftchiga ishlash uchun kelganman. Avvalgi nufuzini tiklashni maqsad qilganman. Viloyatimiz hokimi Farg'ona futbolining dovrug'ini tiklash uchun astoydil harakat qilib, amaliy yordamini ayamayotgan bir paytda biz chetda tomoshabin bo'lib tura olmaymiz.

Fikrlar