Murod Ismoilov feysbuk orqali agentlar va klublar rahbarlariga murojaat qildi
30 sen 2021 21:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/661130_original.jpg)
![](/upload/storage/661130_220.jpg)
Murod Ismoilov feysbuk orqali agentlar va klublar rahbarlariga murojaat qildi
Taniqli murabbiylardan biri Murod Ismoilov feysbukdagi sahifasida post qoldirdi.
"Assalomu alaykum, hurmatli agentlar, klublar mutasaddilari! , Mana "SHomurodov va Yaxshiboev effekti"ni ko'rdik. Endi otning kallasidek narxni aytib, futbolchilarimizni tuzlab o'tirishdan foyda yo'q. Bizning ichki chempionatda o'smaydi bolalar, meyoriga etganda ketishi kerak, chempionatimiz saviyasidan balandladimi – tezda jo'natish kerak. Qancha iqtidorlar bor, tasavvur qiling, 15-20 nafar futbolchimiz yaxshi saviyadagi chempionatda o'ynasa, nima bo'ladi. Bugun uch-to'rt so'm kamroq olarsiz, lekin keyin hamma maza qiladi", – deb yozadi farg'onalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar