Murod Ismoilov: Farg'ona futbolini asrab qolish uchun keldim
08 jan 2014 15:27
Yangiliklar

Murod Ismoilov: Farg'ona futbolini asrab qolish uchun keldim
Uzoq vaqtdan so'ng kutilganidek Murod Imioilov “Neftchi”ning bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Malumki, “Neftchi” bosh murabbiyiga oson bo'lmaydi. Bir tarafdan bir qator etakchi futbolchilar jamoani tark etgan bo'lsa, ikkinchi tarafdan Farg'onalik futbol ishqibozlari stadionni to'ldirib, jamoadan natija talab qilishlari tabiiy xolat. Biz kuni kecha viloyatdagi hamrohim Ibrohimjon Solixonov bilan birgalikda jamoa qarorgohida xozir bo'ldik va o'zimizni qiziqtirgan savollarga Murod Ismoilovdan shaxsan o'zidan samimiy javoblarni olishga muvaffaq bo'ldik. Quyida ushbu mazmunli suhbatni siz futbolsevarlarga tortiq etdik.
― Avvalambor, kuni kecha nishonlagan tavallud ayyomingiz bilan “SA” jamoatchiligi nomidan muborakbod etamiz!
― Etiboringiz uchun katta rahmat.
― Murod aka, aytingchi, “Paxtakor” jamoasini tark etib Farg'onaga keldingiz. Buni o'zingiz qanday baholaysiz, oldinga siljishmi yoki aksincha?
― Ochig'ini aytganda, qiziq va qiyin savol berdingiz. Kishi har qaysi jamoada ish olib boradigan bo'lsa, uning oldiga qandaydir vazifalar qo'yiladi. Bu esa, undagi masuliyatni yanada oshiradi. Savolingizga keladigan bo'lsak, “Paxtaor”da kim bosh murabbiy bo'lishidan qatiy nazar uning oldiga chempion bo'lish vazifasini yuklatiladi. Bu borada “Neftchi”dagi xolatni aytib o'tishga xojat yo'q. Tribunalarni to'ldirib o'tirgan minglab – minglab muxlislar, ayniqsa rahbariyatning futbolga bo'lgan etibori ancha jiddiy. Ular ham futbolni sevadilar! Ayni paytda oldimizga qo'yilagan vazifalarni bilganingizda edi, siz ham oldinga tashlangan katta qadam bo'ldi deya tortinmay ayta olardingiz.
― Taklifni qanday qabul qildingiz?
― Jamoa taklif bilan chiqqan paytida, “Paxtakor” bilan amalda shartnomam bor edi. Men u erda murabbiy sifatida ulg'aydim, futbolni bazi sir–asrorlarini o'sha erda o'rgandim. Bironta jamoadan taklif keladigan bo'lsa, o'sha tarafga ketib qolishni umuman noto'g'ri deb bilardim. CHunki Toshkentlik muxlislar bilan ham oramizda uzib bo'lmas rishtalar (murabbiyga nisbatan muxlislardan bo'lgan xurmat nazarda tutilyapti) bor edi. Ammo vaziyat esa umuman boshqacha. O'zim tug'ulib o'sgan, kindik qonim to'kilgan makonning futbolini asrab qolish, viloyatimiz jamoasining oldingi nufuzini qaytadan tiklash masalasi turgandi. Bunga rad javobini berishim esa bu erdagilarga, qaysidir manoda futbolga noloyiq xurmatsizlik bo'lishi mumkin edi. SHu va shunga o'xshash jihatlarni o'rtaga tashlagan xolda jamoa rahbariyati oldiga kirib, bo'lib o'tayotgan vaziyatni tushuntirib berdim. Ular to'g'ri tushungan xolda Farg'onaga kelishimga qarshilik qilishmadi. Kelishuvimiz borasida esa ikki jamoa rahbariyati hal qiladigan masala bo'lganligi uchun buni shu erda ochiq qoldiramiz. Ammo shuni alohida takidlab o'tishim lozimki, “Neftchi”dan boshqa jamoadan taklif bo'lganida uni o'ylab o'tirmasdim. “Paxtakor”da ishlashni davom ettirgan bo'lardim. CHunki, u erda ahil jamoani shakllantirib borayotgandim. Biz futbolchilar bilan ajoyib muomalada edik. Ular meni qattiq xurmat qilishardi. Men ham bunga o'z navbatida javob qaytarardim. Umid qilamanki, tez orada Farg'onada ham bunday jamoani tuza olamiz.
― Rahbariyat oldingizga kuchlilar safiga kirishni vazifa qilib qo'ydimi yoki parchalanib borayotgan jamoa tarkibini tiklash vazifasini qo'yishdimi?
― Yuqorida aytib o'tganimdek, bu erda rahbariyatdan tortib muxlislar ham futbol bilan hamnafas. Qolaversa, Farg'ona o'zbek futbolining vatani sanaladi. Bu esa yanada kuchli bo'lishingni talab qiladi. Ayni paytda jamoamiz boshidan, faqatgina Allohga ayon bo'lgan xolatlarni boshidan o'tkazmoqda. Oldimizdagi vazifa borasida aytadigan bo'lsam, siz sanab o'tgan har ikkala vazifani ham bizni oldimizga topshiriq qilib belgilab berishgan. Bu erga etib kelgunimga qadar, jamoaning asosiy figuralaridan ko'pchiligi ketib ulgurishgandi. Endi ularni ortga qaytarishga urinmaymiz ham. “Oq fotiha” ila ularga omad tilaymiz. Jamoada esa istedodli va bosabr futbolchilar qoldi. Atrofimizdagi shuncha insonlar futbol uchun mana shunday etiborda ekan, xudo xohlasa har ikkala natijani ularga taqdim etamiz deya qo'rqmay ayta olamiz.
― Jamoa o'zagini kimlar tashkil qilishini va jamoa sardorligi kimga topshirishingizni oldindan ayta olasizmi?
― Oldindan hech narsa deya olmayman. Ammo shunisi malumki, jamoa o'zagini, endigi mavsumdan boshlab futbol va muxlislarni xurmat qiladigan istedodli futbolchilar tashkil qiladi. Jamoaning yangi sardori kim bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. Jamoa sardori haqiqiy sardor bo'lishi kerak. U har taraflama qolganlarga o'rnak bo'lishi lozim. Odob–axloqi, boshqalar oldida o'zini tutishi hamma–hammasi unda mujassam bo'lishi shart deb o'ylayman. SHunday ekan, bu nomni keyinroq aytishimizga to'g'ri keladi. Xozircha biron nima deya olmayman. Ammo shunday toifadagilar jamoamizda etarlicha topiladi.
― Jamoaga kelganingizdan beri, birinchi navbatda qilinishi lozim bo'lgan, nimalarga urg'u berdingiz?
― Kuchli jamoa tuzishni istagan har bir murabbiy eng avvalo ichki muhitni alo darajaga olib kelishi lozim. Ichki muhit ko'ngildagidek bo'lgandagina istalgan natijaga erishish mumkin. Jamoaga kelganimdan buyon eng avvalo, futbolchilarni bir–birlari bilan bir oilaning farzandidek, huddi aka–ukalardek bo'lishni uqtiryapman (jismoniy mashg'ulotlardan tashqari). Menimcha, futbolchilarimiz bu borada qiyin topshiriq olishmadi. Ular bunday bo'lishlari qiyin kechmaydi. CHunki futbolchilarning aytarli barchasi o'zlarini shunday tutishadi. Bu esa qaysidir manoda bizning ishimizni ham engillashtiradi.
― Jamoaga futbolchilarning tashrifi to'xtadimi yoki hali kutilmagan yangiliklar bo'lishi mumkinmi?
― Jamoamiz mutasaddilari asosan mahalliy yoshlarni tekshirishib, ularni sinovdan o'tkazishmoqdalar. O'zim ham birinchi navbatda mahalliy futbolchilar orasidan ishtiyoqmand, g'ayratda boshqalardan ustun, masuliyatni his qila oladigan, ideal futbolchilarni kuzatib boryapman. SHunday ekan, jamoamiz tarkibini to'ldirish uchun kerakli bo'lgan futbolchilarni taklif qilamiz. Yaqin kunlarda ularning nomlari ham oshkora qilinib qoladi.
― Murod aka, keling suhbatimiz tusini biroz o'zgartiramiz. O'zbek futboliga nima etishmayapti–ki, xalqaro maydonlarda kamchiliklar ko'zga tashlanib qolmoqda?
― Juda ajoyib va og'riqli savol. O'zimning tajribalarimdan kelib chiqib aytishdan oldin, boshqa mutaxassislardan olgan malumotlarga qaraganda, futbolchilarimizning jismoniy xolati, raqiblarimiznikiga nisbatan past ekan. Haqiqatda ham shunday. Futbolchilarimiz jismoniy xolatda xorijiylardan biroz oqsashmoqda. Ammo futbolchida kuzatish mumkin bo'lgan boshqa xolatlardan ko'ngil to'q. SHunday ekan futbolchilarimizdagi bu xolatni alo darajaga olib chiqish kerak. Ammo har kimda ham bunday bo'lavermaydi. CHunki, har kimga Alloh taolo bergan shijoat va uning chegarasi bor. Buni banda o'zgartira olmaydi.
― Unda bu muammoni qanday qilib bartaraf etish mumkin?
― Juda qiyin. Ammo bartaraf etish mumkin. SHunday qilish kerakki, bolani yoshligidan tarbiyalab borish kerak. Har kim ham biz aytayotgan bola bo'la olmaydi. Yosh bolalarga qarasangiz, ularning ayrimlarida tinib–tinchimaslik xislati bor. Yugurishadi, o'ynashadi ammo ha deganda charchab qolavermaydi. Mana shundaylarni bog'chalardan topib, birin ketin terib borish kerak. Masalan, bog'chadan (maktabgacha talim muassasalaridan) yuz nafar shunday bolakayni topdingiz. Ularni qiziqtirish uchun, bazi kichik o'yinlarni o'ynatib qiziqtirib borish kerak. Futbol emas albatta. Maktabga borish paytida esa saralab olinadi va aytaylik ulardan elliktasi qoldi. Maktabda esa rejimli mashg'ulotlar bilan asta–sekin futbolga kirib boriladi. Keyingi saralash esa, tarkibni yanada siyraklashishiga olib keladi. Aytaylik, bu saralashdan qariyb yigirma nafar yoshlar imtihonni alo tugatdi. Ulardan endi futbol jamoasi tuzib bemalol katta futbolga olib kirish mumkin. Katta futboldagi boshqa amallarni bu jarayonning o'zidayoq mutaxassislar o'rgatib borishadi. Bundaylarni to'planganidan keyin xalqaro maydonlarda ham raqibdan cho'chimay bemalol o'ynash mumkin. CHunki, bunday toifadagilar uchrashuv so'ngiga kelib charchab qolishmaydi. O'yinning so'ngiga qadar bir maromda turaveradi. Yugurishda ham, to'pga harakat qilishda ham ayniqsa, raqibning xujumini buzib qayta xujum tashkilashda katta o'rin egallashadi.
― Murod aka, samimiy va mazmunli suhbatingiz, qolaversa mana shunday vaqtda ham vaqtingizni qizg'anmaganingiz uchun jamoatchilik nomidan katta rahmat deb qolamiz. Jamoangiz va o'zingiz kelgusi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz. Bu masuliyatli va hayrli ishingizda Yaratgandan nusrat ato etilishini chin qalbdan so'raymiz!
Ro'zali Qurbonov va Ibrohimjon Solixonov suhbatlashishdi.

Fikrlar