So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Murod Ismoilov: "Bugungi holatizmizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, durang qoniqarli bo'ldi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Bugungi holatizmizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, durang qoniqarli bo'ldi"

“Neftchi” – “Bunyodkor” (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov qatnashdi.
- Avvalo bugun ichki ishlar xodimlari bayrami bilan yurtimizdagi barcha ichki ishlar xodimlarini tabriklab qolaman. O'yinga keladigan bo'lsak, "Bunyodkor" yaxshi jamoa. Hozirgi o'rniga qaramay bu jamoa mamlakatimizning etakchi klubidir. Bugungi o'yin ham shuni ko'rsatdiki, haqiqatdan ham zaxirasi kuchli. Taktik va jismoniy tayyorgarligi ham yaxshi. “Paxtakor”, “Nasaf” hamda “Bunyodkor” klublarining olib borayotgan to'g'ri siyosati mana asta sekin mahsulini bermoqda. Bugun raqib jamoa tarkibida akademiya tarbiyalanuvchilarini o'ynagani ham so'zimga isbot bo'la oladi.

Kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. O'ziga yarasha biz ham shunga monand tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda yigitlarni ozgina hayajon bosdi shekilli. Lekin bergan ko'rsatmalarimizni imkon qadar to'g'ri bajarishga harakat qilishdi. Ikkinchi taymda o'zimizda kuch topa oldik va bir qator hujumlar uyushtirdik. Lekin baribir “Bunyodkor” bizdan bugungi kunda kuchli edi. SHunga qaramay uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Imkoniyatlar bizga nisbatan ularda ko'p bo'ldi. Albatta yutganimizda yanada yaxshi bo'lardi. Lekin bugungi xolatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, durang ham qoniqarli natija deyish mumkin. Boya aytganimdek, “Bunyodkor” bizdan har jihatdan kuchli jamoa”, - deydi Murod Muzaffarovich.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика