- Avvalo bugun ichki ishlar xodimlari bayrami bilan yurtimizdagi barcha ichki ishlar xodimlarini tabriklab qolaman. O'yinga keladigan bo'lsak, "Bunyodkor" yaxshi jamoa. Hozirgi o'rniga qaramay bu jamoa mamlakatimizning yetakchi klubidir. Bugungi o'yin ham shuni ko'rsatdiki, haqiqatdan ham zaxirasi kuchli. Taktik va jismoniy tayyorgarligi ham yaxshi. “Paxtakor”, “Nasaf” hamda “Bunyodkor” klublarining olib borayotgan to'g'ri siyosati mana asta sekin mahsulini bermoqda. Bugun raqib jamoa tarkibida akademiya tarbiyalanuvchilarini o'ynagani ham so'zimga isbot bo'la oladi.
Kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. O'ziga yarasha biz ham shunga monand tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda yigitlarni ozgina hayajon bosdi shekilli. Lekin bergan ko'rsatmalarimizni imkon qadar to'g'ri bajarishga harakat qilishdi. Ikkinchi taymda o'zimizda kuch topa oldik va bir qator hujumlar uyushtirdik. Lekin baribir “Bunyodkor” bizdan bugungi kunda kuchli edi. Shunga qaramay uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Imkoniyatlar bizga nisbatan ularda ko'p bo'ldi. Albatta yutganimizda yanada yaxshi bo'lardi. Lekin bugungi xolatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, durang ham qoniqarli natija deyish mumkin. Boya aytganimdek, “Bunyodkor” bizdan har jihatdan kuchli jamoa”, - deydi Murod Muzaffarovich.