So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  16 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

Murod Ismoilov: "Bugun hayot va mamot jangi bo'ldi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Bugun hayot va mamot jangi bo'ldi"

Teglar :  Murod IsmoilovTuron
Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan "Turon" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Avvalo yaqinlashayotgan Navro'z bayrami bilan barchani tabriklayman. Hammaga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. Bevosita o'yin haqida fikr bildirsam, yigitlardagi shijoat va ishtiyoq dastlabki 20 daqiqalikda samara berdi. Vazifalarni hammasini bajarishdi. SHunga yarasha ikkita gol ham urdik. Lekin tezkor javob golini o'tkazib yubordik. "Lokomotiv" ham yaxshi ijrochilarga ega shakllangan jamoa. Ikkinchi bo'limda futbolchimiz qo'li bilan o'ynab yubordi. Bunday vaziyat hammada bo'lishi mumkin. Bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramasdan hujumlar uyushtirdik. Yakunda bir ochkoga ega chiqdik. Bugun yutishimiz ham yoki bir kishi kam bo'lib mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. O'ylaymanki yigitlar qo'lidan kelgancha harakat qilishdi. Ularning aksariyatida jarohat ham bor edi".

- Ganalik hujumchi Kvame Karikari juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadi. Uning zaxiraga olinmaganiga qanday izoh bera olasiz?

- Oldindan Asilbek Qayumovni tushirishni rejalashtirgan edik. Bilol Toshmirzaevni majburan almashtirdik. Abdulazizxon Abdurashidov maydonga tushdi. Umuman olganda qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi.

- Kasmininda sariq kartochka bor edi. Bunday vaziyatda qanday qilib qo'l bilan o'ynash mumkin?

- Bunday holat hammada muxlislar qarshisida, bosim ostida yuzaga kelishi mumkin. Buni insoniy faktori desak ham bo'ladi. Hech kimni aybdor qilmaymiz. Tahlil qilamiz, tushuntiramiz.

- Jamoa har bir o'yinda ko'plab sariq kartochkalar olmoqda. Mana bugun qizil kartochka ham ko'rsatildi. Balki tarbiyaviy muhit yaxshi emasdir?

- Tartib intizom borasida futbolchilarga etirozimiz yo'q. "So'g'diyona" bilan, qolaversa bugun hayot va mamot jangi bo'ldi. Kurash kechdi. Sariq kartochkadan hech kim sug'urtalanmagan. Biz ataylab qilishni ko'rsatma bermaymiz. O'yin paytida ro'y bermoqda. Ichki intizom jamoamizda yaxshi. Maydonda kurash bo'lishi tabiiy.

- "Andijon"ga ijaraga berilgan Doniyor Ismoilov davralar oralig'ida vaziyat taqozo etsa jamoaga qaytadimi?

- Ha, albatta. SHunday kelishuv bo'lgan. Doniyor Ismoilov butunlay ketgani yo'q. "Andijon"da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini aytdi va biz bunga rozi bo'ldik. Lekin klubda davralar oralig'ida qaytarib olish huquqi bor.

- Jarohat olgan futbolchilar haqida...

- Fozil Musaevni jarohatidan tiklandi, deb tushirgandik. Ammo baribir bilindi. Bo Yongda ham shunday. Katta yuklamalar berilsa og'riq paydo bo'lyapti. Ular yaxshilab tiklanib mashg'ulotlarga qaytishsa hammasi joyida bo'ladi. Ko'pchilik jarohat bilan o'ynamoqda. O'yindan o'yinga harakatlarimiz o'xshayapti. Mana bugun gollar urdik.

- Keyingi turda jamoani "Nasaf" bilan o'yin kutmoqda...

- "Nasaf" o'z nomi bilan "Nasaf". U erda Ro'ziqul Berdiev yaxshi faoliyat olib bormoqda. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. Oldinda tiklanib olishimiz uchun vaqtimiz etarli.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика