So’nggi yangiliklar

14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  1 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  10 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  9 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21

Murod Ismoilov: “Ahamiyatsiz muammolar jiddiy bo'lib chiqdi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Ahamiyatsiz muammolar jiddiy bo'lib chiqdi”

Xabaringiz bor, 2-avgust kuni G'uzor “Markaziy” stadionida O'zbekiston Milliy CHempionatining 2-davrasi, 16-tur doirasida “SHo'rtan” - “Neftchi” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hozirgi kunda chempionatning turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgan, Oliy liganing favorit jamoalaridan biri, Farg'onaning “Neftchi” jamoasidan nafaqat muhlislar balki raqiblar ham jiddiy va keskin kurashlarga boy, g'alabali o'yinni kutishgan edi. Ammo “SHo'rtan” – “Neftchi” uchrashuvidagi mezbonlarning yirik g'alabasi ko'pchilik uchun “sensaciya”ga aylandi. Sababi joriy chempionatda vodiyliklar hali bunday katta hisobdagi mag'lubiyatga uchrashmagan edi.

Bu borada, o'yin yakunida o'tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlarning bosh murabbiyi Murod Ismoilov quyidagi fikr va mulohazalari bilan bo'lishdi:

Birinchi navbatda “SHo'rtan” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu uchrashuvdan oldin ahamiyatsiz muammolarga duch kelgan edik, ammo ular o'ta jiddiy bo'lib chiqdi. So'ngi o'yin oldi o'tkazilgan mashg'ulotlarda asosiy himoyachilarimizdan biri Jahongir Mehmonov jarohat olib jamoaga yordam berolmagan bo'lsa, Mansur Saidov, Muhsin Ubaydullaev va Umid Qodirov kabi uch nafar futbolchimiz sariq va qizil kartochkalar sababli maydonga tusholmadilar. SHu sababli, himoya chizig'ida tezkor ravishda tartibni o'zgartirishimizga to'g'ri keldi. Bu esa o'z o'rnida yakuniy natijaga tasir o'tkazdi. Ammo bu bahona bo'la olmaydi, chunki bundan oldin joriy chempionatda bizga hech kim ikkitadan ortiq gol urmagan edi. Orqa va oldi chiziqlarda katta hatolarga yo'l qo'yganimiz etmaganday, biror bir jiddiy vaziyat ham yaratolmadik. Bu harakatlarimiz bilan “SHo'rtan” ga oldinga yurish uchun katta turtki berib qo'ydik va raqibimiz bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib ochiq o'yin ko'rsatdi. Natija ham adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Biz esa hatolarimiz ustida ko'p ishlashimiz zarur, chunki bizlarni oldinda ancha og'ir o'yinlar va kuchli raqiblar kutib turibdi.

“SHo'rtan” jamoasining birinchi va ikkinchi davradagi o'yini o'rtasida farq paydo bo'ldi deb o'ylaysizmi?

Katta farq bor deb hisoblamayman. CHunki birinchi turda ham “SHo'rtan” bizning maydonimizda etarlicha qarshilik ko'rsatib  durang natijaga erishgan edi. Bu jamoada men hurmat qiladigan jamoa bosh murabbiyi Muhtor Qurbonov va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Jamshid Umarov kabi insonlar faoliyat olib borishmoqda. Ular yaxshi jamoa tuzishgan deb o'ylayman. To'g'ri, birinchi davra yakuniga kelib, balki ayrim ichki sabalarga ko'ra “SHo'rtan” kutilmagan natijalarni ko'rsatgandir, ammo bu o'tkinchi sabablar. CHunki “SHo'rtan” doim jiddiy raqiblardan biri bo'lib kelgan va kelajakda ham shunday bo'lib qoladi deb hisoblayman. Keyingi uchrashuvlarda ushbu jamoaga omadlar tilab qolaman.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика