So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  4 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Murod Ismoilov: "3 daqiqa ichida g'alabani boy berdik" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "3 daqiqa ichida g'alabani boy berdik"

Kecha Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida oliy liga vakillari "Neftchi" hamda "Olmaliq" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.
Unda olmaliqliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Uchrashuvdan so'ng "Neftchi" ustozi Murod Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Tayyorgarlik davom etmoqda, o'yinchilar kuchli jismoniy yuklamalar ostida to'p tepishdi. SHunga qaramay, shogirdlarim chiroyli va mazmunli o'yin namoish etishdi. Afsuski, ikkita majburiy o'zgarish bellashuvga sezilarli tasir o'tkazdi. Jahongir Mexmonov jarohat olib o'zgartirilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Umid Qodirov biroz charchab qoldi va ularning o'rniga tushganlar o'yinga kirishib keta olishmadi. Qanotlarimiz kuchsizlanib qolgach, 3 daqiqa ichida ikkita to'p o'tkazib yubordik. O'yinning umumiy suratini oladigan bo'lsak, yigitlarni harakatlaridan ko'nglim to'ldi, biz to'g'ri yo'ldamiz. Nasib qilsa, keyingi bahslarda o'z o'yinimizni yanada shakllantirib boramiz.

- Akmal Xolmatovni masalasi to'liq hal bo'ldimi?

- Yaqin bir yarim yil davomida Akmal Xolmatov biz bilan birga bo'ladi. Bu masala deyarli hal qilingan, yaqin kunlarda u bilan rasman shartnoma imzolaymiz.

- Yig'inga chaqirilganlar haqida nima deya olasiz?
- SHu kungacha tibbiy ko'rik natijalarini kutayotgan edik, bugun natijalar chiqdi. Yangilarning hammasi undan ijobiy o'tishdi va mo'ljalimiz bo'yicha yig'indagilarni jamoada olib qolamiz. Tibbiy ko'rikdan faqatgina Devid Oniya o'ta olmadi va endi u biz bilan birga emas.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика