So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди.  1 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  7 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  736 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  2 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  154 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Murod Bobojonov: “Xorazmda istedodli futbolchilar juda ko'p” Yangiliklar

Murod Bobojonov: “Xorazmda istedodli futbolchilar juda ko'p”

“Neftchi” klubi o'tgan hafta oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912”ga bilan o'yinda mavsumdagi beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Yosh hujumchi Murod Bobojonov hozircha 3ta gol urib jamoa to'purari bo'lib turibdi. Farg'onalik muxlislar talab-istagiga ko'ra ikki yil oldin oliy ligada debyut qilgan futbolchi bilan suhbat qurishga qaror qildik.

Yoshlik haqida
1994 yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug'ilganman. Yoshligimda ko'chada bolalar bilan to'p tepardik. SHu tariqa menda futbolga bo'lgan qiziqish paydo bo'lgan. Xorazmdagi Bolalar O'smirlar Sport Maktabiga qatnay boshlaganman. Futboldagi birinchi murabbiyim Azimboy Oripov hisoblanadi. SHu kishi menga futboldagi ilk saboqlarni berganlar. Men bilan birga BO'SMga borgan Siroj Ro'zmetov, Ravshan Jumaniyozov va SHohruh Iskandarov hozirda “Xorazm”da o'ynashmoqda.


“Xorazm”dan “Neftchi”ga o'tish
2012 yildan “Xorazm” klubida birinchi ligada o'ynay boshlaganman. Bu jamoada 2 yil davomida faoliyat olib bordim. 2014 yil boshida murabbiylar meni “Neftchi”ga tavsiya qilishdi. Farg'ona klubi safida mashg'ulot o'tkazdim. Murod Ismoilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qolishim mumkinligini aytishgandi. Dastlab Sergey Kovshov boshchiligidagi “Neftchi” yoshlar jamoasida o'ynab yurdim. Barcha futbolchilar meni yaxshi qabul qilishdi. Hamma menga yordam berib bordi, shu bois jamoaga tezda qo'shilib ketdim. 3-turda asosiy tarkibda maydonga tushirishdi. “Navbahor”ga qarshi bahsning so'nggi 10 daqiqasida Ro'zimboy Ahmedovning o'rniga tushgandim. O'yin 1:1 hisobida tugandi. Oliy ligadagi birinchi golim esa 2014 yil Toshkentda “Bunyodkor” bilan o'yinda urilgan. Uchrashuvda biz 0:1 hisobida yutqazayotgandik, 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushib 90-daqiqada gol urgandim. O'sha paytdagi hissiyotlarimni so'z bilan tariflab berishim qiyin. Sababi birinchidan oliy ligadagi ilk golimni urdim, ikkinchidan so'nggi daqiqalarda gol urib jamoamni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandim. Kiyinish xonasida jamoadoshilarim meni tabriklashgandi. Murod Ismoilov ham to'xtab qolma, shunday ishlashda davom etgin degandi. O'sha yil “Andijon” bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib 2ta gol urgandim.

Murabbiylar haqida
Murod Ismoilov va Andrey Fyodorovning farqi tomonlari kam. Aksincha o'xshash tomonlari ko'p. Bir-birini to'ldirib ishlashadi. SHu bois tandem bo'lib faoliyat olib borishmoqda deb o'ylayman. Ularning futbolchi bo'lganliklari ham murabbiylikda yordam beradi. Maydonda qanday vaziyat bo'layotganini o'zlari his etib turishadi.

Farg'onalik muxlislar to'g'risida
Farg'onalik muxlislar juda ham talabchan. Har bir o'yinda “Neftchi”dan g'alabani kutishadi. Lekin doim ham g'alaba qozonib bo'lmaydi.  Muxlislarimiz doim bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Ularni doim g'alaba bilan xursand qilishga urinamiz. Farg'ona ahli stadiondan yaxshi kayfiyatda ketishlariga harakat qilamiz.

Xorazmdan oliy ligada klub yo'qligi haqida
Aslida Xorazmda istedodli, iqtidorli va qobiliyatli yoshlar juda ko'p. Biroq “Xorazm” klubi bir necha yildan buyon oliy ligada o'ynamayapti. Bu moliyaviy tomon va rahbariyatga bog'liq bo'lsa kerak. Xorazmdan Ro'zimboy Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Maqsud Karimov va Jaloliddin Masharipov kabi futbolchilar etishib chiqishgan. Yaqin yillarda viloyatimiz jamoasi yana oliy ligada o'ynashiga umid qilaman.


Evropa futboli haqida
Franciyada Evropa chempionati boshlandi. Albatta musobaqani kuzatib borayapman. Har bir o'yin keskin kurashlarga boy tarzda kechmoqda. O'zim Germaniya hamda Portugaliyaga muxlislik qilaman. Bu jamoalar imkon qadar uzoqqa borishadi deb o'ylayman. Futbolchilardan kimga havas qilaman? Krishtianu Ronaldu, Serxio Aguero, Karim Benzema, Luis Suares kabi hujumchilarning o'yinlaridan zavq olaman.

Bu yilgi maqsadlari haqida
“Neftchi”ning maqsadi har bir o'yinda g'alaba qozonish. Agar g'alaba qozonaversak o'rinlar ham yuqori bo'laveradi. SHaxsiy maqsadim esa bu mavsum kamida 10ta gol urish, nasib qilsa bunga erishaman. Lekin o'z birinchi navbatda jamoa manfaati turadi. Bordiyu men 4ta gol ursamu jamoam yuta olmasa bundan xursand bo'lmayman, aksincha men gol uramasam ham g'alaba qozonsak men baxtiyor bo'laman.

Orzusi haqida
Bir kun kelib O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni istayman. Bundan tashqari xorijda o'z imkoniyatimni sinab ko'rishni xohlardim. Biroq bunga erishish uchun dastlab “Neftchi”da o'zimni ko'rsatishim kerak. Har bir bahsda maydonga tushib gollar urishim va jamoaga foyda keltirishim kerak. Orzularimga etishish qiyin, lekin harakat qilsa barcha narsaga erishsa bo'ladi. Hozir men qiladigan yagona ish bu mehnat qilishdan to'xtab qolmaslik.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика