So’nggi yangiliklar

19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  6 19:23"Реал"га Родри керак  4 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  3 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  15 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  9 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  4

Murod Aliev: Normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak Yangiliklar

Murod Aliev: Normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak

Bunyodkor klubi bosh direktori Murod Aliev O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.

“O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatining asosiy maqsadi bitta – bu ham bo'lsa yurtimizda futbolni rivojlantirish. Ana shu yo'lda federaciya rahbariyati tomonidan bir qator islohotlar o'tkazilmoqda. Klublar, murabbiylar, futbolchilar oldiga jiddiy talablar qo'yilmoqda. Bir tomondan olib qaraganda, bu talablar juda ham qatiydek tuyuladi. Boshqa tomondan esa bu talablar o'rinli. O'tgan 26 yil davomida terma jamoamiz Jahon chempionati va Olimpiadaga chiqa olmadi. Vaqt o'tyapti, muxlislar kutyapti, xalq kutyapti, lekin natija yo'q. Vaziyatning o'zi o'zgarishlarni talab qilmoqda.

Masalan, klublarni licenziyalash bo'yicha qo'yilayotgan talablardan biri bu har bir klubning o'z akademiyasi bo'lishi. Bu juda to'g'ri talab. Hozirgi kunda yosh futbolchilarimizni mahoratini oshirmasak, ularni to'g'ri saralab ololmasak, yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi.

Yana bir masala, Superligada 12ta klubning ishtirok etishi. Bu chempionatimizning saviyasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohot. Milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan ayrim jamoalarda formatning o'zgarishi nega oldinroq elon qilinmadi, degan manoda etiroz bo'lyapti. SHu o'rinda savol tug'iladi. Agar mavsum yakuni bo'yicha Oliy ligada 12ta jamoa qolishi avvalroq elon qilinganda, “Neftchi” kabi quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar boshqacharoq o'yin namoyish qilgan bo'larmidi? Har bir jamoa professionallikka intilib, o'zi ishtirok etayotgan chempionatda faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishi kerakmasmi?



O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan yana biri bu Superligada ishtirok etadigan jamoa futbolchilaridan normativlar qabul qilish. Bunday normativlarni qabul qilish, futbolchilar jismoniy holatini nazorat qilish umuman olganda birinchi navbatda har bir jamoaning o'zi uchun muhim. Oxirgi o'yinlar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi past ekanini ko'rsatib bermoqda. SHundan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak.

Kelasi mavsumda bizni yangilangan chempionat kutmoqda. Men shu o'rinda muxlislarga murojaat qilmoqchiman. Stadionlarga kelinglar, futbol birinchi navbatda Siz muxlislar uchun. To'g'ri, bazan Siz muxlislik qiladigan jamoangiz mag'lubiyatga uchrashi, kutilgan natijani qayd qila olmasligi mumkin. Mana shunday paytlarda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi juda muhim. Futbol baribir muxlislar bilan go'zal”, - deydi “Bunyodkor” klubi bosh direktori Murod Aliev.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика