Murabbiy Kevin De Bryuynening Evro-2020dagi ishtiroki haqida gapirdi
04 iyu 2021 07:29
Yangiliklar
Murabbiy Kevin De Bryuynening Evro-2020dagi ishtiroki haqida gapirdi
Bu haqida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines aytib o'tdi.
"De Bryuyne katta ehtimol bilan Evrodagi birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi. Uni almashtiradigan futbolchi tarkibga loyiq ekanligini isbotlashi lozim.
Biz himoya niqobi borasidagi qarorni qabul qildik. Uni Yan Vertongenga niqob tayyorlagan kompaniyadan olamiz. U bizga yoqqandi.
Keyingi haftaga qadar de Bryuyne borasida aniqlik bo'ladi. U Evropa chempionatida o'ynashi mumkin, lekin ayni paytda u qachon maydonga tusha olishi mumkinligini bilmaymiz.
Biz shifokorlardan ruxsat olishimiz kerak", - dedi Martines.
Eslatib o'tamiz, de Bryuyne ECHL finalida "CHelsi"ga qarshi o'yinda burnini sindirib olgandi.
Belgiyaning musobaqadagi ilk o'yini 12 iyun kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Fikrlar