So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Murabbiylar kengashi majlisida terma jamoalar murabbiylariga vazifalar yuklatildi Yangiliklar

Murabbiylar kengashi majlisida terma jamoalar murabbiylariga vazifalar yuklatildi

O'zbekiston milliy terma jamoasiga chet eldan xorijlik maslahatchi-murabbiyga ehtiyoj bo'lsa, bu haqda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov O'FF Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Bu haqda O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov Murabbiylar kengashi majlisida malum qildi.

Mirjalol Qosimov o'z shtabida o'zgarishlarni amalga oshirishi uchun, masalan, chet eldan maslahatchi murabbiy kerak bo'lsa bu haqda so'rab murojaat qilishi uchun 2014 yilning yanvar oyi so'ngigacha muddat berildi.

SHu bilan birga qayd etildiki, O'FF O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga chet ellik bosh murabbiy tayinlanishidan manfaatdor emas. CHet ellik mutaxassis ko'pi bilan maslahatchi murabbiy yoki katta murabbiy lavozimida ishlashi mumkin.

SHuningdek, O'FF Prezidenti futbolchilarning naturalizaciyasiga ham qarshi ekanligi bildirib, terma jamoa O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan chet ellik uchun emas, aksincha, shu mamlakatda tug'ilib o'sgan o'zbekistonlik yoshlar uchun ekanligini alohida urg'uladi.

CHet ellikning fuqarolikni qabul qilib, katta pullar evaziga terma jamoaga jalb etilishidan kim manfaatdor? Bu bilan biz terma jamoada o'ynash uchun bolaligidan buyon mehnat qilib kelayotgan yoshlarning haqqini olib qo'ymaymizmi? Vatanga kimning ko'proq mehnati singan: pasporti bor chet ellikningmi yo shu erda tug'ilib o'sgan o'zbekistonlik yoshlarningmi?, - deydi Mirabror Usmonov yangi tarkibda birinchi majlisni o'tkazgan Murabbiylar kengashining majlisida.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilda katta musobaqada ishtirok etmasligi bois asosiy etibor 2015 yilda Avstraliyada o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikka qaratilishi haqida ham alohida gapirildi. Milliy terma jamoaga Osiyo chempionati saralash bosqichining so'nggi turida 2014 yilning 5 martida Toshkentda o'tkaziladigan O'zbekiston-BAA uchrashuvida arab jamoasi bilan alohida hisob-kitob borligi, Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'lga kiritilgan bo'lsa ham BAA bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, terma jamoaning haqiqiy kuchini namoyish etish vazifasi qo'yildi. SHuningdek, o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazish va o'quv mashg'ulot yig'inlarida yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib, tarkibda raqobatni kuchaytirish kerakligiga etibor qaratildi.

Yanvardagi birinchi rasmiy musobaqa 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib, unda SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi jamoa ishtirok etadi. Musobaqaga Toshkentda va Dubayda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradigan terma jamoaga OFKning terma jamoalar uchun ikkinchi nufuzli musobaqasida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilish va musobaqada jamoa imkoniyati hamda salohiyati doirasida uzoqqa borish vazifasi qo'yildi.

19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeevga Myanmada o'tkaziladigan Osiyo chempionatida musobaqa yarim finalga chiqib, JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi yuklatildi.

16 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham Tailandda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan holda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat ekanligi alohida urg'ulandi va bosh murabbiy zimmasidagi vazifa jiddiy ekanligi aytib o'tildi.

O'zbekiston terma jamoalar markazining direktori Asqar Tolibjonovga majlisga taqdim etilgan tayyorgarlik dasturlarini qabul qilgan holda, ularni belgilangan muddat ichida yanada mukammallashtirish va har bir bosh terma jamoa bosh murabbiyining strategik ish rejasini, zimmasiga yuklatilgan vazifalari bilan ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Muayyan bir vazifani amalga oshirish masuliyatini o'z zimmasiga olib, O'FF Prezidentiga strategik rejasini taqdim etayaptimi, bosh murabbiy kerakli sharoitlarni so'rashga haqli ekanligiga etibor qaratildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика