So’nggi yangiliklar

10:42"Андижон" бош директори кубок финалидан олдин ўз фикрларини билдириб ўтди  3 10:21Превью. "Персеполис" - "Пахтакор"  4 10:06Тен Хаг кечаги шармандали мағлубиятдан сўнг истеъфоси ҳақидаги саволга жавоб берди  13 08:46ЦСКА футболчиси Аббосбек Файзуллаевни мақтади  10 08:10FourFourTwo жаҳоннинг энг яхши дарвозабонлари рейтингини тузди   3 07:38ОФК ЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини эронлик ҳакамлар бошқаради  3 07:25Ла Лига. "Атлетико Мадрид" - "Реал Мадрид" 1:1, "Реал" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  7 03:09"Пахтакор" "Персеполис"га қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди, "шерлар"да иккита йўқотиш бор  9 02:20Ла Лига. Мадрид учун курашда ғолиб аниқланмади  64 02:17Украина бош мураббийи: "Бразилия ҳақида ўйлаганимиз йўқ"  0 02:01Венесуэла бош мураббийи: "Жанубий Америка мамлакатларига омад тилайман"  1 01:01Камолиддин Тожиев "Персеполис"га қарши ўйин олдидан: "Ўрунов бизнинг академиядан етишиб чиққан. Эртага унга қарши қандай ҳаракат қилишимизни кўриб оласиз"  10 23:39Бруну Фернандеш: "Бу қизил карточка эмас"  7 22:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Тоттенхэм" 0:3, Бош ҳакам Бруно Фернандешни қизил карточка билан сийлади  8 22:40Футзал бўйича ЖЧ 1/4 финал. Бразилия қийинчилик билан ғалаба қозонди, Украина Венесуэлага 9 та гол урди  3

Murabbiylar birinchi davrada nima berishdi? Yangiliklar

Murabbiylar birinchi davrada nima berishdi?

Oliy ligamizda birinchi davra yakunlanganiga ancha bo'ldi. 3 avgustdan ikkinchi davra bahslari start oladi.
Birinchi davra mobaynida “Bunyodkor” bilan “Andijon”ni hisobga olmaganda boshqa hech bir klubda bosh murabbiy o'zgarmadi. Zamonaviy futbolda murabbiylarning o'rni katta. Negaki natija uchun ham, futbolchilarning o'yini uchun ham aynan shu kasb egalari javobgar hisoblanadi. SHu bois murabbiylarga ham oson emas. Ularning mehnatini mudom qadrlash kerak bo'ladi.

Quyidagi maqola orqali oliy liganing birinchi davrasida ishlagan murabbiylar ishini tahlil qilib ko'ramiz. Marhamat, o'qib ko'ring va o'z fikringizni bildiring.

VADIM ABRAMOV (“Lokomotiv”, 1-13 turlar)
Vadim Abramov birinchi davrada yaxshi natija ko'rsata oldi. Jamoasi chempionatda mag'lubiyatsiz ketmoqda. Uning qo'l ostida Boburbek Yo'ldoshevning o'yini ancha “ochildi”. Salim Mustafoevda ham o'sish borligi ko'zga tashlandi. Fozil Musaev o'z o'yinini topib olgandek bo'ldi. Lekin boshqa futbolchilar oldin qanday bo'lsa, hozir ham shundayligicha qolgan. Murabbiy birinchi davrada katta shov-shuvni amalga oshirgani yo'q.



SAMVEL BABAYAN (“Paxtakor”, 1-13 turlar)
Murod Ismoilov “Neftchi”ga o'tib ketgach, klub menejeri Samvel Babayan bosh murabbiylikni ham o'z qo'liga oldi. Samvel Vyacheslavovich birinchi navbatda asosiy tarkibni aniqlab oldi va deyarli barcha o'yinlarda bir xil tarkibni maydonga tushirdi. “Paxtakor” birinchi davrani 16 futbolchi bilan o'tkazdi. Samvel Babayan murabbiy sifatida o'yinchilarga nimadir berishga harakat qilmoqda. Uning ustun tomonlari shundaki, futbolchining kuchli-kuchsiz jihatlarini payqay oladi hamda selekciya siyosatida deyarli xatoga yo'l qo'ymaydi.

RO'ZIQUL BERDIEV (“Nasaf”, 1-13 turlar)
O'tgan yilning “Eng yaxshi murabbiyi” Ro'ziqul Berdiev bu mavsum ham o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Bu murabbiy qo'l ostida SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev singari futbolchilar o'sishga erishdi. Lekin Kenja To'raev o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Berdiev o'z uslubiga ega murabbiy hisoblanadi. Uning boshqaruvidagi “Nasaf” o'tgan yilga nisbatan o'yinini ancha shakllantirdi.

MIRJALOL QOSIMOV (“Bunyodkor”, 1-3 turlar)
Mirjalol Qosimov oliy ligada atigi uch tur ishladi. Keyin to'liq terma jamoaga o'tib ketdi. Qosimov Dilshod Jo'raev, Sardor Sobirxo'jaev singari yoshlarga imkon berdi. Qosimov futbolchining salohiyatini, uning qo'lidan nima kelish-kelmasligini yaxshi biladi. Balki murabbiy birinchi davra oxirigacha jamoada qolganida “Bucnyodkor” to'rtinchi o'rinni egallamagan bo'larmidi.

ALEKSANDR VOLKOV (“Bunyodkor”, 4-10 turlar)
Volkov davrida hech bir futbolchi yaqqol ajralib turmadi. Faqat jamoaning omadi kelib OCHLda guruhdan chiqdi, ichki chempionatda ham kutilgan natijalarni qayd etdi. “Bunyodkor”ni Qosimovdan qabul qilib olgan Volkov jamoa o'yiniga jiddiy o'zgarish olib kirmadi. O'yinchilarning hozirgi imkoniyatidan foydalanishga harakat qildi, xolos.

SERGEY LUSHAN (“Bunyodkor”, 11-13 turlar)
Lushan kelgach go'yoki ko'p narsa ostin-ustun bo'lib ketgandek. Yangi murabbiy birdaniga hammasini o'zgartirishga kirishib ketdi. Birinchi qilgan ishi Vohid SHodievni zaxiraga o'tqazib qo'ydi. Temur Ayupovga imkoniyat berdi. O'yinchilarning joyini almashtirishga urinib ko'rdi. Futbolchilar Lushanga ko'nikib olishlari uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Har holda murabbiyning o'z qarashi borligi ko'rinib turibdi.

IGOR SHKVIRIN (“Olmaliq”, 1-13 turlar)
Igor SHkvirin futbolchi tarbiyalash bilan nom qozongan murabbiylardan. Bu yil Diyor Turopov o'zini ko'rsatyapti. Ammo Sanjar SHoahmedovning o'yinida pasayish yuzaga keldi. Darvozabonlar harakatida ham o'sish yo'q, endi bunga javobgar Pyotr Gizimchuk bo'lsa kerak. SHkvirin murabbiy sifatida birinchi davrada qanday o'zgarish qildi? Nazarimizda, jiddiyroq o'zgarishni qilgani yo'q. Buni “Olmaliq” ishtirokidagi o'yinlarda ko'rdik.

ALEKSANDR XOMYAKOV (“Mashal”, 1-13 turlar)
Aleksandr Xomyakov keskin burilishni yuzaga keltira olmagan bo'lsa ham, har holda o'zini ko'rsatishga erishdi. Uning qo'l ostida Zohir Qo'ziboev, Zafar To'raev, Mirzohid G'ofurov singari futbolchilarning o'yini “ochildi”. Bu murabbiy juda mehnatkash hisoblanadi. Mashg'ulot paytida o'yinchilarni ayab o'tirmaydi. Har bir ishiga sidqidildan yondoshadi.

YURIY LUKIN (“Qizilqum”, 1-13 turlar)
Yuriy Lukin navoiylik muxlislar uchun begona emas. O'z vaqtida “Zarafshon-NCZ”ni boshqargan Lukin hozir “Qizilqum”ga ustozlik qilmoqda. Murabbiy qo'l ostida Artyom Makosin, Ruslan Vagapov, Eldor Boymatov, SHerali Jo'raev, Navruz Alimov, Akmal Rustamov singari futbolchilar o'zlarini namoyon etishdi. Yuriy Lukinga mavsum oxirigacha ishonch bildirilsa, murabbiy yana bir nechta o'yinchilarni kashf qilishi mumkin. CHunki u kishi futbolchilar bilan qanday ishlash kerakligini biladi. Ammo nima uchundir Farrux Haydarov o'z o'yinini namoyish eta olmayapti.



BAXTIYOR ASHURMATOV (“Navbahor”, 1-13 turlar)
Ashurmatov “Guliston”dagi ishini “Navbahor”da ham davom ettirmoqda. Uning qo'l ostida SHukurali Po'latov, Baxtiyor Yoqubov singari futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi, lekin ular eski gvardiya. Yoshlardan hozircha hech kim ajralib turgani yo'q. Ashurmatov qo'l ostida o'tgan yil Alisher SHog'ulomov, Robbim Hasanov singari futbolchilar yorqin o'yin namoyish etgandi. Xo'sh, bu yil ham kimdir kashfiyot bo'ladimi? Agar mahalliy futbolchilardan birortasi yarq etib porlasa chakki bo'lmasdi.
 
RUSTAM MIRSODIQOV (“Metallurg”, 1-13 turlar)
Rustam Mirsodiqov yoshi katta, tajribali murabbiylardan biri. Bir necha yildan beri “Metallurg”ni boshqarib kelmoqda. U kishi ham birinchi davra mobaynida katta ishlarni amalga oshirgani yo'q. To'g'ri, oxirgi  paytlarda SHohnazar Norbekov, Alisher Ziyovuddinov, SHahzod Nurmatov singari futbolchilar etishib chiqdi, lekin bu o'yinchilar yanada ko'tarila oladimi? Yoki hozirgi saviyada qolib ketishadimi? Bu esa o'z navbatida Rustam To'xtamurodovichni ham jiddiy o'ylantirayotgan bo'lsa kerak.
 
MUROD ISMOILOV (“Neftchi”, 1-13 turlar)
Murod Ismoilov “Neftchi”ga borgach, deyarli hech qanday o'zgarishni amalga oshira olmadi. Aleksandr Onika, Zohid Abdullaev kabi tuppa-tuzuk futbolchilar o'z o'yinlarini yo'qotib qo'yishdi. Fikrimcha, murabbiylik sohasida o'zini ko'rsatish Murod aka uchun qiyin kechadi. Ehtimol u eng yaxshi ikkinchi murabbiy bo'lishi mumkin, ammo kuchli bosh murabbiy bo'la olarmikan? Umuman Ismoilov “Paxtakor”dan ketib mustaqil ishlashga tayyormidi? Murod aka o'zi uchun shu savollarga javob berib ko'rsa zarar qilmasdi.

RAVSHAN HAYDAROV (“Dinamo”, 1-13 turlar)
Aftidan Ravshan Haydarov “Dinamo”da ishlashdan zerikkan ko'rinadi. CHunki murabbiy bir qator muammolarga duch keldi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif tushgach, Ravshan Akmalovich tezda “Dinamo”ni tark etdi. Ravshan Haydarov qaerda ishlamasin, o'zini ko'rsata olgan. Yoshlar bilan ishlashni yaxshi uddalaydi. O'zbek futbolida mana shunday murabbiylar ko'payishi kerak deb o'ylaymiz.

EDGAR GESS (“Buxoro”, 1-13 turlar)
Edgar Yakovlevich uchun shu paytgacha eng yaxshi ish joy “SHo'rtan” hisoblansa kerak. CHunki murabbiy G'uzorda ishlab Igor Taran, SHahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Vadim Afonin singari o'yinchilarni yana keng ommaga tanitdi. Bu yil murabbiy “Buxoro”da faoliyat olib bormoqda. Birinchi davrada “Buxoro” ham, murabbiy ham o'zini ko'rsata olmadi. Edgar Gess murabbiylikdan zerikdimi? Aniq bir gap aytish qiyin, lekin natijalar shuni ko'rsatmoqdaki, ikkinchi davrada Edgar Yakovlevichga oson bo'lmaydi.



DAVRON FAYZIEV (“So'g'diyona”, 1-13 turlar)
Davron Fayziev ham yosh murabbiylar sirasiga kiradi. Murabbiy birinchi davrada o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Uning qo'l ostida Sardor Eminov, Suhrob Qobilov singari futbolchilar “porladi”. Murabbiy yaxshi ishlashi uchun klubda moliyaviy muammolar deyarli bo'lmasligi kerak bo'ladi. Ammo ko'ryapmizki, “So'g'diyona”ni oliy ligaga chiqqanidan beri doim pul masalasi qiynab kelyapti. Davron Fayzievdan kelajakda yaxshi murabbiy etishib chiqishi mumkin.

AZAMAT ABDURAIMOV (“Andijon”, 1-12 turlar)
Azamat Abduraimov birinchi davrada eng ko'p tanqid qilingan murabbiylardan biri bo'ldi. CHunki hammasi uning qo'lida edi. Jamoani birinchi ligadan elitaga o'zi olib chiqdi. Yangi mavsumga o'zi tayyorladi, selekciya ishlarini ham o'zi olib bordi. Ammo keyin nima bo'ldi? “Andijon” bu murabbiy qo'l ostida atigi bitta uchrashuvda g'alaba qozondi, xolos. SHunday bo'lganidan keyin Abduraimov birinchi davrada o'zbek futboliga nimadir berdi deya olamizmi? Buning ustiga birortayam o'yinchi porlamagan bo'lsa.

ORIF MAMATKAZIN (“Andijon”, 13-tur)
“Navbatchi” murabbiy Orif Mamatkazin faqat oxirgi turda jamoani maydonga olib tushdi xolos. SHu bois bu murabbiy haqida hech narsa deya olmaymiz. Birinchi davra yakuniga etgachesa klubga boshqa murabbiy taklif etildi: Sergey SHevchenko. Endi muxlislar SHevchenko boshqaruvidagi jamoaning o'yinlaridan bahra olishadi.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика