So’nggi yangiliklar

14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  0 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   0 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   7 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1

Munosib tarzda kuzatilmayotgan De Rossi Yangiliklar

Munosib tarzda kuzatilmayotgan De Rossi

Butun faoliyatini Tottining soyasida o'tkazgan va endi MLS tomon ketishi mumkin bo'lgan o'yinchi.

Daniele hali eng yaxshi o'yinchi ekanini isbotlaydi!

“Roma” 2014 yil Franchesko Tottining gollari tasvirlangan videoni taqdim etgan edi. Rolikda 90-yillar aks etgan va sochlari yorqin rangli bolboy (to'p olib beruvchi bola) kadrda bot-bot paydo bo'lardi.

Futbolchilik faoliyatini boshlaganiga 20 yildan ko'p bo'ldi. SHu vaqt ichida u Jahon CHempioni (2006) nomiga sazovor bo'ldi, 2 bor Italiya Kubogini (2006/07, 2007/08) qo'lga kiritdi, Italiya Superkubogiga (2007) ega chiqdi. SHuningdek, bir necha yillar mobaynida o'z poziciyasidagi eng yaxshi o'yinchi bo'lib keldi. Ammo shunga qaramay, har doim o'sha bolaligida CHeskoga to'p olib bergan damlardagidek ikkinchi “planda” qolib ketaverdi. Qaysidir manoda, De Rossi Totti bilan bir vaqtda o'ynagani unga halal bergan desak, mubolag'a bo'lmaydi – Francheskoning soyasi shu qadar ulkan ediki, hattoki u ketganidan keyin ham bazi futbolchilar uning soyasidan chiqishga va o'zini namoyon etishga biroz qiynaldi.

SHu hafta “Roma” De Rossining shartnomasi muddati o'z yakuniga etayotgani hamda klub yangi shartnoma imzolash niyati yo'q ekanini malum qildi. Yangilik katta shov-shuvlarga sabab bo'lgani yo'q: o'yinchi o'tgan yili shunday yo'l tutgan, “Corriere dello Sport” nashri esa aprel oyida Totti sobiq sherigini bosh murabbiy qilishni xohlayotgani haqidagi xabarni chop etgan edi. Xayrlashuv marosimida sardor unga klub mamuriyatida ishlash taklifini berishgani, lekin Daniele hali futbol o'ynash niyati borligini aytib, rad javobini bergan. “Roma” o'yinchi klubdan ketishi hamda u bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emasligini malum qilgan.

SHu bilan birga, jamoa sardori yaqin kunlarda 36 yoshga qadam qo'yishiga qaramay, u A Seriyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Totti klubdan ketganida 41 yosh edi. Demak, u bilan solishtirganda bugungi qahramonimiz futboldan ketishiga hali vaqt bordek. So'nggi ikki yil mobaynida Imperator maydonda sanoqli daqiqalarni o'tkazgandi va jamoaga futbolchi sifatida emas, ko'proq timsol sifatida ruhiyatni ko'tarish uchun xizmat qilayotgandi. Uning vorisini shunga ham loyiq ko'rishmadi. Vaholanki, Daniele jarohatlar bois unchalik omadli bo'lmagan mavsumida ham, Totti ikki mavsum o'ynaganidan ko'proq vaqtni, maydonda o'tkazgandi. Ehtimol, bunga Danining maoshi ham sababdir. Sababi, Franchesko juda mashhurligiga qaramay, arzimagan pul evaziga o'ynardi (yiliga 1,2 million evro) va chet eldan tushgan takliflarni ham (40 yoshida ham unga taklif bo'lgan) ko'rib chiqmasdi. De Rossi esa boshqacha. Daniele doimo mohirlik bilan maoshini oshirtirar edi. U uzoq vaqt davomida ligadagi eng ko'p ish haqi oluvchilar qatorida bo'lgan va hattoki bugungi kunda ham top-4dan o'rin egallagan.

“Roma” klubning bosh murabbiyi va sport direktorini o'zgartirdi. Jamoani esa yangi, yosh hamda kuchli o'yinchilar bilan to'ldirishga kirishdi. Sardor esa jamoaga 5,4 million evroga tushmoqda (ish haqi 3 million + soliqlar). De Rossi yarim mavsum davomida (barcha turnirlarni hisoblaganda 22 o'yinida ishtirok etdi) – ziqna prezident Pallotta uchun bu juda ham ko'p...

De Rossi hali o'zini ko'rsatadi. Balki MLS tomon yo'l olar...

Daniele qaysi klubda faoliyatini davom ettirish borasida bir to'xtamga kelgani yo'q. Ammo uning birinchi tanlovini osonlik bilan tahmin qilish mumkin. Unga “Manchester” qanchalik yoqmasin (u “Qizil iblislar”ning barcha qo'shiqlarini yoddan biladi hamda Roy Kinga muxlislik qiladi), u erga borish uchun imkoni yo'q: ingliz top-klublarida o'ynab ketishi qiyinroq, o'rtamiyona jamoaga borishga g'urur yo'l qo'ymaydi. SHunday ekan – MLS.

Jamoa sardoriga Qo'shma SHtatlar mamlakat sifatida, MLS esa liga sifatida yoqqan. U amerika uslubi hamda korporativ etikasiga juda mos keladi. Amerikada shoular tashkil qilishni bilishadi. Bu esa qahramonimiz o'zini sinab ko'rishni istayotgan ishlardan biridir.

“Nyu-York — dunyoning eng qiziqarli shaharlaridan biri”, – degan edi Daniele 3 yil avval. – “Agar siz Rimda tavallud topgan bo'lsangiz, u holda tug'ilgan yurtingizdan chiroyliroq maskanni topa olmaysiz, bu fikrga men ham qo'shilaman. Lekin Nyu-Yorkning madaniyati va hayot tarzi meni tinimsiz tarzda o'z domiga tortadi. U Rimdan tubdan farq qiladi va o'zining go'zalligi bilan meni doim hayratlantirgan. Men bajonidil u erda yashagan bo'lardim”.

De Rossi o'yinchi sifatida hali o'zini to'liq namoyon etmagan, ehtimol Nyu-york klublaridan biriga uning yordami tegib qolar?! Darhaqiqat, Daniele ancha zaif, bugungi kunda o'z poziciyasidagi eng yaxshi o'yinchi bo'lmasa-da, hamon ajoyib futbolchilardan biri sanaladi. U 4-3-3 taktikasida shu yil yozda Jahon CHempioni nomiga sazovor bo'lgan Nzonzidan samaraliroqdir – agar u mavsum davomida 5 marta jarohat olmaganida, ehtimol hozir rimliklar safida qolgan bo'larmidi...

Italiyalik “Roma” uchun bo'lgan ahamiyati yuqori, hattoki bugungi kunda ham xoh maydonda, xoh kiyinish xonasida bo'lsin Daniele (hatto Totti borligida ham) jamoa etakchisi bo'lgan. O'tgan yilning kuzida “Roma” puxta o'ylanmagan transferlardan aziyat chekkandi — Di Franchesko 4-2-3-1 taktikasiga o'tib, qiyinchilik bilan muvozanatni qaytara oldi, ammo bu sxema faqat De Rossi tarkibda ekanida foyda bergan.

Rimliklar ushbu taktikada 8ta o'yin o'tkazdilar va Daniele boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi: 6tasida g'alaba qozonishdi, 2 marta durang natija qayd etildi (bir safar jamoa sardorining o'rniga boshqa o'yinchi maydonga tushganida g'alabani boy berdilar). Bu taktika bilan “Napoli”, “Lacio” va “Milan”ga qarshi o'ynadilar. Agar sardor ko'proq maydonga tushganida, ehtimol “Roma”ning bu yilgi mavsumi bundan-da muvaffaqiyatliroq bo'larmidi?!

De Rossining kuchli tomonlari allaqachon barchaga malum bo'lib ulgurgan va u faqatgina to'pni olib qo'yishda foyda beradigan “qora ishchi” emas. Rimda to'pni olib qo'yadigan o'yinchilar etarli. Ammo nafaqat “Roma”da, balki A Seriyada ham u kabi o'ynay oladigan futbolchi deyarli yo'q. Jamoa sardori Bigliya yoki Pyanichga qaraganda (33,7% vertikal uzatmalar) 1,5 barobar ko'proq pas beradi. SHu bilan birga, u deyarli xatoga yo'l qo'ymaydi (86,8% aniq paslar, o'z maydoni tarafida – 94,8%). Uzoq masofadan oshirilgan paslar aniqligi (Pirlo bilan solishtirganda) Italiyadagi so'nggi mavsumda (De Rossi - 72%, Andrea - 76%).

De Rossi o'yinchilarning burunini sindirmaydi, bo'lsa-bo'lmasa uzoqdan darvozaga zarba beravermaydi va raqib futbolchilarining boldiriga qo'pollik qilib tepmaydi. U jismoniy vazndan biroz voz kechgan, ammo o'zini bir maromda ushlab turadi. SHuningdek, u o'yinchi va to'pning orasiga kirib, to'pni olib qo'yishni juda yaxshi uddalaydi: bu borada A Seriyaning 5ta yarim himoyachisi undan yaxshiroq harakatlana oladi xolos. Daniele zarur paytda to'pni tez va aniqlik bilan hujumchilarga oshirib beradi.

Bir necha yil avval De Rossi Rimning qirg'oq qismi, Ostiya rayonida o'tgan bolaligi haqida gapirib bergandi. Daniele sayyohlar kelmaydigan hamda to'lqinlar avj olgan sovuq qish paytida orol mahalliy aholiga tegishli ekanini payqagan edi. Jamoada Batistuta va Kafu to'p tepayotgan vaqtlarda De Rossi klubga kelgan va Totti bilan birgalikda faoliyat yuritgan. Ostiya yoz faslida qanday bo'lsa,“Roma” ham Totti borligida shunday edi. Franchesko ketganidan keyin esa qish kelgandek edi go'yo. Albatta, bu adolatsizlik. Ehtimol, bu adolatsizlik va bunday xayrlashuv – klub boshqaruvida ustunlikka ega narsa yoki shaxslarga bog'liqdir. Lekin bir narsa aniq: italiyalik etakchi futbolchi roli hamda birinchi darajadagi o'yinga loyiq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика