So’nggi yangiliklar

19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6

Munosabat. Rasmiy o'yinlar bekor bo'lganidan keyin FIFA kunlarini saqlab qolgandan ne foyda Yangiliklar

Munosabat. Rasmiy o'yinlar bekor bo'lganidan keyin FIFA kunlarini saqlab qolgandan ne foyda

OFK rasmiy sayti bu yil hisobidan milliy terma jamoalar ishtirokidagi JCH-2022 saralash bahslari keyingi yilga qoldirilganini malum qildi.

Yaxshi bilasiz, O'zbekiston milliy terma terma jamoasi 13 oktyabr kuni safarda Yaman, 12 noyabr o'z maydonida Singapur hamda 17 noyabr safarda Saudiya Arabistoniga qarshi JCH saralash bahslarida maydonga tushishi lozim edi. Demak, bu o'yinlar ham bekor bo'ldi. 

Xalqaro darajadagi o'yinlarni qoldirish orqali OFK to'g'ri qaror qabul qildi. CHunki ko'p joylarda hamon aholi koronavirus balosidan aziyat chekmoqda. Buning ustiga kuz oylariga borib xalqaro reyslar tiklanadimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin.

Lekin rasmiy o'yinlar bekor qilingani bilan FIFA kunlari saqlab qolinar ekan, terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov saytimizga bergan intervyusida rasmiy bahslar o'rnini o'rtoqlik uchrashuvlari bilan to'ldirishni aytib o'tdi. 

Endi savol tug'iladi: OFK rasmiy uchrashuvlarni bekor qilgan bir paytda o'rtoqlik o'yinlaridan ne foyda? Mana yaqinda bitta yig'in o'tkazildi. Bu nima foyda berdi? Hech nima. Baribir rasmiy bahsda boshqalar o'ynashi malum-ku. SHu bois hozirgi holatda eng to'g'ri yo'l bu yil hisobidan milliy terma jamoani boshqa yig'maslik bo'lib qolyapti. CHunki FIFA kunlari bo'lgani bilan shu kunlarni Superliga va Kubok o'yinlariga ajratgan maqul, agar o'tkazilsa! 

Terma jamoani esa tinch qo'yish kerak. Undan ko'ra, legionerlarimiz o'z klublariga moslashsin, mashg'ulot o'tkazib o'sha erda yuraversin. Ularni chaqirib ovoragarchilik qilgandan biron naf ko'rmayapmiz. Abramov ham yaxshisi buyog'iga faqat "Bunyodkor"ni o'ylagani maqul. Sentyabrda Tojikiston va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bo'ladimi? Bir narsa deyish. CHunki O'FA bo'ladi ham demadi, yo'q ham demayapti. Hamma vaziyat qanday tus olishini kutyapti. Agar imkoni bo'lsa, bu ikkita o'yinni ham bekor qilish kerak.

Xudo xohlasa buyog'i yaxshi bo'lib ketsa, terma jamoani kelasi yil yig'ib ham tayyorgarlik ko'rsa bo'ladi. CHunki bu yilgi yig'inlar va oktyabr-noyabrdagi o'rtoqlik uchrashuvlari hech narsa bermaydi. Undan ko'ra Superliga bilan Kubok o'yinlarini tugatib qo'yishni o'ylagan yaxshi. CHunki hamma joyda ichki chempionatlar davom etyapti. 

Aytaylik, OFK klublarni Qatarga yig'ib OCHL bahslarini o'tkazishi mumkin, biroq milliy terma jamoa har doim o'z maydonida va o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynashi kerak. SHuni hisobga olib ham OFK bir qarorga keldi. Biz esa O'zbekiston milliy terma jamoasini bezovta qilmagan maqul deb o'ylaymiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика