So’nggi yangiliklar

09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  0 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  7 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  1 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   13 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  17 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  3 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6

Munosabat: Boshqalar band, shu bois Tailand bilan o'ynaganimiz ham maqul Yangiliklar

Munosabat: Boshqalar band, shu bois Tailand bilan o'ynaganimiz ham maqul

Bugun O'FF rasmiy sayti "O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi" sarlavhasi ostida xabar chop etdi.

Xabarda yozilishicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 6 iyun kuni Toshkent shahrida Tailand terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Mazkur bellashuv O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-tur oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Xabaringiz bor, 12 iyun kuni Tehronda Eron terma jamoasi mehmoni bo'lamiz. Bu o'yin biz juda muhim, chunki g'alabagina bizni qoniqtiradi. Agar Eron g'olib bo'lsa, ular to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. Biz zafar quchsak, hozircha yo'l olmasak ham yana imkoniyat paydo bo'ladi.

Tailand bilan Toshkentda kechadigan bahs Eronga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Endi raqibning Tailand ekanligiga kelsak, yo'qdan ko'ra bor deganlaridek hozirgi sharoitda shu raqib chiqqaniga xam noshukurlik qilmaslik kerak.

CHunki Tailand "V" guruhida 1 ochko to'plab oxirgi o'rinda borayotgani bilan bejizga saralashning hal chiluvchi bosqichiga chiqmagan. Qolaversa, bizning nazarimizda bu jamoani kuchsiz baholash kerak emas. To'g'ri, Tailandning JCH saralashdagi ishlari yaxshi ketmayapti. Jamoa ettita o'yinning bittasida durang o'ynab, oltita uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 3-19.

Lekin guruhda Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya kabi "nahanglar" borligini inobatga olganda Tailandning oxirgi o'rinda turgani vahimali ko'rinmaydi.

Tailand varianti qanday yuzaga kelgani, muzokaralar qancha davom etgani, taklif kimdan chiqqani - hozirda bu savollar katta ahamiyatga ega emas. Muhimi shuki, 6 iyun sanasida Toshkentda O'zbekiston - Tailand o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Albatta, Tailand nomini eshitib aksar muxlislarda boshqa kuchliroq raqib yo'qmidi degan savollar yuzaga kelishi mumkin, lekin boshqalar ham bo'sh emas. Hammaning qanaqadir o'yini bor.

Masalan, "A" guruhidagi jamoalardan Yaponiya 7 iyun kuni Suriya bilan ("Kirin Cup" musobaqasida) bahs olib boradi. Saudiya Arabistonining shundoq ham 8 iyunda Avstraliya bilan rasmiy o'yini bor. Iroq esa shu kuni Janubiy Koreyaga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi. BAA terma jamoasining keyingi rejalari malum emas. Natijada bitta Tailand qolyapti.



Aslida-ku, Tailand varianti biz uchun rejasi malum bo'lmagan BAAga qaraganda yaxshiroq. Nega deganda BAA bilan ko'p o'ynaganmiz va yana bir bor kuch sinashish qiziq emasdek ko'rinyapti. Tailand esa qiziq va sirli raqibdek tuyulmoqda. SHuni aytish lozim, bu o'yin Samvel Babayan terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'lganiden beri Toshkentdagi to'rtinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi.

Avvalgi uchta bellashuvni Iroq, Burkina Faso va Iordaniyaga qarshi o'tkazib, uchalasida ham g'alaba qozonganmiz. Iroq 2:1 , Burkina Faso 1:0, Iordaniya 1:0 hisobida mag'lub etilgan. Va umid qilamizki, to'rtinchi o'rtoqlik o'yini ham bizning foydamizga hal bo'ladi.

Bilasizmi? O'zbekiston terma jamoasi shu paytgacha Tailandga qarshi turli musobaqalarda 7 marta bahs olib borgan. SHundan to'rttasida biz, uchtasida tailar zafar quchgan. Hali durang qayd etilmagan. Yana shuni aytish lozim, Tailand o'z tarixida ikkinchi bor Toshkentga tashrif buyuradi. Bu jamoa bilan birinchi marta 2003 yilning 8 noyabr kuni Osiyo Kubogi-2004 saralash bosqichida o'ynab, 3:0 hisobida mag'lub etganmiz. O'sha o'yinda Vladimir SHishelovning ikkita, Maksim SHackixning bitta goli terma jamoamizga g'alaba keltirgandi.

SHunday qilib, 14 yillik tanaffusdan so'ng Tailand termasi yana Toshkentga keladi. 6 iyun kungi bahsda qiziqarli futbol ko'rsak ajab emas.

X.Xoliqov.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика