So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

⚡️ Mundialgacha. "Xalq uchun o'ynaymiz" – oltinchi titulni maqsad qilgan besh karra jahon chempioni bilan intervyu Yangiliklar

⚡️ Mundialgacha. "Xalq uchun o'ynaymiz" – oltinchi titulni maqsad qilgan besh karra jahon chempioni bilan intervyu

O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ Turkiyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini Toshkentda o'tkazmoqda.

Terma jamoa murabbiyi va navbatdagi mundialga yo'l olayotgan afsonaviy Abdujamil SHukurov bilan suhbatlashdik. U O'zbekiston bilan bir qator musobaqalarda ishtirok etgan va 5 marta (1990. 1991, 2007, 2010, 2012) jahon chempionligini qo'lga kiritgan. 

Avvalroq, ECHL g'olibi bo'lgan vakillarimiz haqida malumot bergandik.

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi? 

O'ynovchi murabbiy

“Bo'lajak mundialda o'ynovchi murabbiyga taqiq bor ekan. SHu tufayli futbolchi sifatida tarkibdan o'rin egalladim. Ampluam bo'yicha hujumchi edim, ayni dam esa himoyachi sifatida o'ynamoqdaman”.

Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniya

“Ular bilan oldin to'qnash kelmaganmiz, ammo ularning o'yinlari va mashg'ulot jarayonlarini internet orqali o'rgandik. Polsha TJga juda katta ahamiyat berilgan, darvozabonlarning o'zida uch murabbiy bor. Ularning tayyorgarlik jarayoniga Robert Levandovskining shaxsan o'zi ham tashrif buyuradi. Ispaniya ham kuchli, umuman har safargidek eng qiyin guruhga tushib qoldik. Qolgan kvartetlarda favoritlar ikkitadan bo'lsa, bizda uch ishtirokchi keyingi bosqich uchun kurashadi. Maqsadimiz – guruhda birinchi o'rinni egallash”.

Oldingi musobaqalardan farqi

“Avvalgi turnirlarda ishtirokchilar kam bo'lgan, amputantlar futboli rivojlanmagan edi. Final raundida 24 ta jamoa bor, saralashda esa 40 taga yaqin ishtirokchi qolib ketdi. Osiyodan beshta jamoa mundialga yo'l oldi. Kvalifikaciya raundida Suriya, Iroq, Hindistonni mag'lubiyatga uchratdik va Eronga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdik. Guruhda 2-o'rin egallagan holda keyingi bosqichga chiqdik.

Favoritlardan biri bo'lgan Turkiyada futbol ancha rivojlanib ketdi. Uchta divizioni bor. Dunyoning etakchi futbolchilari Turkiyada o'ynamoqda. U erda bizning yigitlarimiz ham bor. Mablag' va yashash sharoiti tomondan qulayliklar etarlicha. Termaning o'quv mashg'ulotiga esa mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning shaxsan o'zi kelib, ishtirok etadi. Oxirgi mundialda ikkinchi bo'lishdi, undan oldingilarida uchinchi o'rinni egallashgandi, ammo hech qachon chempion bo'lishmagan.

Musobaqada 16 hakamdan 11 nafari mahalliy bo'ladi. Turkiyada tayyorgarlik jarayoni yuqori darajada. Xudo xohlasa, yaxshi natija ko'rsatamiz degan umiddaman. Baribir omad kerak bo'ladi. Sportda omad juda katta ahamiyat kasb etdi. Oldingi mundialda favoritlar qatorida bo'lmagan Angola chempionga aylandi. Turkiya finalga chiqqanda, o'yin oldidan musobaqa bosh sovrini yonida rasmga tushib: “bizni kutib olinglar, sovrin bizniki” deb rasmga tushishgan, ammo yakunda penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchrashgandi. Raqibni mensimaslik noto'g'ri. Biz ham Angolaga qarshi bahsda 50 ga yaqin zarba yo'llaganmiz, ammo yakunda ular rikoshetdan urilgan gol evaziga yutib ketishgandi”.

Maydondagi o'yinchilar soni

“Dastlabki jahon chempionatlarida 6 ga 6 va 11 ga 11 ko'rinishida katta maydonda o'ynardik. Toshkent o'tkazilgan musobaqalarda 2 toifada ham g'olib bo'lganmiz. 2007 yildan esa standart variantga o'tkazildi – maydon o'lchami 60 ga 40, o'yinchilar soni esa 7 ga 7.

Termamizda professional o'yinchilar deyarli yo'q, yani, oylik olishmaydi. Buning uchun o'zini faqat futbolga bag'ishlash kerak. Ularning ayrimlari haydovchilik qiladi, kimdir dalada ishlaydi, kimdir o'qiydi, hammaning o'z tirikchilig bor. 60 km yo'l bosib, o'yinlarda qatnashadiganlar ham bor. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, yigitlar chempionlikni ko'zlamoqda.

Turkiyadagi legionerlarimiz esa maosh olishadi, ularga mashg'ulotlardan keyin ham malum miqdorda mablag' to'lanadi”.

Safar qachon?

“23 sentyabrda Istanbulga uchib ketamiz, 6 kun davomida adaptaciya jarayonini o'tkazamiz. Keyin esa 30 sentyabrda Polshaga qarshi ilk o'yinimiz kutmoqda. O'yinlar ilk bor zamonaviy stadionlarda bo'lib o'tadi. Suniy emas, haqiqiy chimli maydonlarda o'ynaymiz. Yarim final hamda hal qiluvchi bahs “Galatasaroy” hamda “Beshiktosh”ning asosiy maydonida o'tishi rejalashtirilgan. Evropa chempionatida Turkiya Angliya bilan bahs olib borganida, stadionga 45 mingga yaqin muxlis kelgan. Finalda o'ynash bizga ham nasib etsin!”.

Faoliyati

“Rossiyaning Barnaul shahri jamoasi azosiman. Anchadan beri u erga bormadim, pandemiya va sankciyalar tufayli. Noyabrda o'tadigan RFS kubogi musobaqasiga chaqiruv olganman.

Bevosita musobaqa formatiga to'xtalsak, O'zbekistondagiga o'xshash. Yani, bir shaharda o'tkaziladi va 10 yaqin ishtirokchi o'n kun davomida bosh sovrin uchun kurashadi. Turkiyada esa umuman boshqacha. U erda uchrashuv uy-safar tizimida o'tkaziladi. Ular bu borada professional yo'lga o'tgan”.

Taktik sxema

“Asosiy tarkib tanlab olingan, lekin yana bir-ikki variantlar o'rganilmoqda. U erda yana vaqtimiz bo'ladi. Birinchi navbatda gol o'tkazmaslikni reja qilganmiz. Gol urishga qodirmiz. Ikki hujumchi va to'rt himoyachi sxemasida o'ynamoqchimiz. Himoyadagi futbolchilardan biri oldinga o'tadi. Asosan, 3-2-1 ko'rinishida harakat qilamiz. Markazdagi ikkilikdan biri hujumga ko'maklashadi, ikkinchisi esa himoyaga yordam beradi”.

Tanzaniya notanish raqib

“Tanzaniya TJ biz uchun notanish raqib. Ular ilk bor mundialda ishtirok etadi, ularning o'yinidan bexabarmiz, balki kuchli raqibdir. Ular 14 sentyabrdan beri Istanbulda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda”.

Musobaqa sovrin jamg'armasi haqida

“Faqatgina 2012 yil Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tgan turnirda musobaqa g'olibiga 20 ming dollar pul mukofoti, ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarga 15 va 5 ming dollar miqdorida mablag' berilgan.

Bu yilgisidan esa xabarim yo'q, balki qanchadir summa qo'yilgandir”.

Muxlislarga murojaat

“Ko'chada yurganimizda bizga jahon chempionlari sifatida doimo xurmat bilan qarashadi, bizni qo'llab-quvvatlashadi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Biz xalq uchun o'ynaymiz. Xalqimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ladi degan umiddaman!”.

Davomi bor...

Eldor Akmurzaev suhbatlashdi 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика