So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

MundialGACHA (1-son). 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar Yangiliklar

MundialGACHA (1-son). 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar

Xabaringiz bor, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi may oyida Argentinadagi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etadi.

 Garchi musobaqa startiga hali erta bo'lsada, mundialgacha rukni ostida aynan shu yosh toifasidagi terma jamoamiz ishtirok etgan Jahon chempionatlari haqida fikr yuritamiz. 


Terma jamoada germaniyalik murabbiy paydo bo'ldi

Bir yil avval Viktor Borisov boshchiligida Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoamizda germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyode ish boshladi. Garchi o'sha vaqtda qog'ozlarda, qaydnomalarda Viktor Borisov bosh murabbiy sifatida ko'rsatilgan bo'lsada, asosiy ish baribir Gyode zimmasiga yuklatilgan. Mundialda jamoani Borisov va Gyode juftligi boshqargan. Mazkur jarayonni Islom Inomov shunday xotirlaydi:

"Viktor Borisov murabbiyimiz edi. Ushbu mutaxassis bilan Qatardagi Osiyo chempionatida juda yaxshi qatnashib Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandik. Bizning avlod o'z yosh toifasida tarixda birinchi marotaba Jahon chempionatiga yo'llanma olgandi. SHundan keyin terma jamoaga Gyodeni olib kelishdi. Baribir chet ellik ekanligi bilinib turardi. O'yin uslubi ham boshqacha edi, o'zining qarorlarini o'tkaza olardi. Hech qaysi murabbiy jamoaga yutqazish uchun kelmaydi. Gyode kelgan ilk davridayoq biz Afro-Osiyo kubogida g'olib chiqdik. Gyode biz bilan bir yil ham ishlamadi, unga vaqt etishmadi",- deydi Islom Inomov. 

Jahon chempionatidan so'ng nemis murabbiyi 2004 yil Xitoydagi Osiyo kubogida Ravshan Haydarov bilan O'zbekiston terma jamoasini chorak finalgacha olib chiqdi, JCH-2006 saralash ciklida ishladi. yode bir necha yil oldin O'FAga texnik direktor sifatida qaytishi haqida xabarlar ham chiqqandi. Qandaydir o'zidan katta narsa qoldirdi, deyish qiyin. Uning kelishi ayni futbolchilar etilgan, yulduzli tarkib shakllangan paytlar ekanligi bois, balki u bo'lmaganda ham natija shu ko'rinish olardi, degan o'ylar yuradi. 


Yangi avloddan yangi natija 

21 asr boshida futbolimizda shunday avlod etishib chiqdiki, ular keyingi yillarda terma jamoada, o'z klublarida muhim figura sifatida uzoq yillar harakat qildi. Bir porladi-yu, o'chdi, iborasi bularga emasdi. Aleksandr Geynrix, Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Kamoliddin Tojiev, Jasur Hasanov, Mansur Saidov, Marat Bikmaev, Muzaffar Xoliqov, Vladimir Anikin va hokazo. Aynan shu yangi avlod o'z yosh toifasida ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan va unda munosib ishtirok etgandi. Mundiallar eshigini ochgan ham ular edi. 


Argentina bilan to'qnashuvning debochasi yoxud yana Maskerano 

Taqdir, taqdir. U 20 yil o'tib yana Jahon chempionatida, guruh bosqichida, yana shu Argentina bilan to'qnashuvni tuhfa etdi. Qizig'i Xaver Maskerano 2003 yilgi Jahon chempionatida vakillarimizga qarshi futbolchi sifatida saf tortgan bo'lsa, endilikda murabbiy bo'lib maydonga chiqadi. O'sha uchrashuvda 70-daqiqagacha 1:0 hisobida oldinda borayotgan terma jamoamiz keyinchalik Leandro Fernandes va Fernando Kavenagining urgan gollari evaziga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraydi. Umuman guruh bosqichida hech bir bahsda debyutant maqomida bo'lsada osonlikcha engilishmagan Mali va Argentina hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda g'alaba golini urgan bo'lsa, so'nggi turda Inestaning yagona goli o'yinni hal qilgan. 

3ta o'yinda 2ta gol urgan Geynrixning taassurotlari quyidagicha bo'lgan edi: "Bu eng yorqin lahzalar edi. Birinchi marta Jahon chempionatiga chiqqanmiz. Qiyin guruhga tushib qolgandik (O'zbekistonga "B" guruhida Argentina, Ispaniya va Mali raqiblik qilgan – tahr.). SHunday bo'lsa-da, mardonavor to'p tepganmiz. Barcha uchrashuvlarda yutqazgan bo'lsak-da, bizni qahramonlardek kutib olishgan. CHunki borimizni berib, munosib o'yin ko'rsatganmiz. O'shanda o'zimizdan faxrlangandik.  Barcha raqiblarga bir to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik. Argentinani esa 80 daqiqa yutib turgan edik. Ammo hakamlar yana katta sahnaga chiqishdi",- deydi Sasha. 

Natijalar

O'zbekiston - Mali 2:3

Gollar: Islom Inomov 18, Aleksandr Geynrix 63 - Drissa Diarra 4, Mamadi Berte 51, Bakari Kulibali 90+1

O'zbekiston - Argentina 1:2

Gollar: Aleksandr Geynrix 4 - Leandro Fernandes 70, Fernando Kavenagi 90+3 (penalti)

Ispaniya - O'zbekiston 1:0

Gol: Andres Inesta 15


Raqiblardan Maskerano, Sabaleta, Inesta, Xuanfran kabi yulduzlar etishib chiqdi. Bizdan Ilyos Zeytullaev Italiyada to'p tepdi.  



2003 yilgi U-20 Jahon chempionatidan oldin nimalar vada qilingan edi?

O'zbekiston yoshlar terma jamoasida Jahon chempionatiga borgan sobiq futbolchi Rustam Qodirovning fikricha, mundialdan oldin qo'llab-quvvatlash maqsadida O'FA rahbariyati mukofot vada qilgan. Biroq qandaydir vajlar bilan rag'batlantirish turnirdan keyin berilishi aytilgan, shu bilan yopiqlik qozon yopiqligicha qolib ketgan. 



"Zokir aka Almatov ketishimizdan oldin barchamizga oq yo'l tilab, katta dalda berib jo'natgan. U inson otamizdek edi. Biz uchun hamma narsani qilib bergan, Ispaniyaga borish hozir terma jamoa uchun ham qiyin, bizga esa sharoitlar yaratilgan. Uch kundan keyin rag'batlantirish jo'natamiz, deb vada berildi. Samvel aka Babayan keldi, Gyode, Borisov yig'ilish qildik. Samvel aka kelib rag'batlantirish Jahon chempionatidan keyin borib beriladi, degan. Gyode xafa bo'lib chiqib ketdi, xonasidan chiqmadi. Tushunmovchiliklar bo'ldi. Rag'batlantirish masalasi tasir qildimi, bilmayman. O'zbekistonga qaytdik, hamma uyiga tarqaldi. Bu mavzuni hech kim eslagani ham yo'q. Biz o'zimizga ham noqulay bo'ldi, deya olaman. Yigitlar bilan pul uchun emas, ortimizda xalqimiz turibdi, qanday boramiz, mayli hech narsa kerakmas, deb kelishib bor kuchimiz bilan o'ynaganmiz",- deydi Rustam Qodirov. 

O'zbekiston yoshlar toifasida o'zining keyingi mundialini ancha kutishiga to'g'ri keldi. Biroq bu haqida keyingi safar...

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика