So’nggi yangiliklar

09:45"Ювентус" ёзда кимни бош мураббий этиб тайинламоқчи эканлиги маълум   0 09:15“Реал Мадрид“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:48АПЛ футболчиси кома ҳолатига тушиб қолди  1 08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  8 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  6 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  20 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3

Mundial oldidan. Sarvar Karimov: "O'smirlar bilan yoshlar chempionati o'rtasida farq katta" Yangiliklar

Mundial oldidan. Sarvar Karimov: "O'smirlar bilan yoshlar chempionati o'rtasida farq katta"

Yana ikki haftadan so'ng Yangi Zelandiyada yoshlar o'rtasida kichik mundial start oladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoa Toshkentda so'nggi tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Jahon chempionati oldidan yakuniy tarkib elon qilindi va championat.asia sayti orqali mundial oldidan futbolchilarimiz fikrlarinini berib boramiz.

Bugungi kun esa terma jamoamizning darvozabonlariga qaratiladi.

Yig'inga jalb etilgan darvozabonlar:
1. Dilshod Hamroev ("Qizilqum")
2. Sarvar Karimov ("Lokomotiv")
3. Botirali Ergashev ("Paxtakor")

"Jarohatdan so'ng safga qaytdim. O'zim uchun qiyin bo'ldi lekin shunga qaramay yana safga to'la kuch bilan qaytganimdan xursandman. Terma jamoaga jalb etilganimdan esa albatta mamnunman va buni isbotlash uchun ikki barobar kuch bilan harakat qilishim kerak. Oldinda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi shunga munosib tayyorgarlik ko'rmoqdamiz" , - deydi o'smirlar o'rtasida jahon chempionati ishtirokchisi Sarvar Karimov.

- Tanaffusdan so'ng safga qaytgan Sarvar bilan o'smirlar o'rtasida jahon chempionatida ishtirok etgan Sarvar o'rtasida qanday farq bor? O'zingizni darajangiz qay darajada o'sdi yoki pastladi?

Uch oylik katta tanaffus oson emas. Bu vaziyatdan chiqib ketishni faqatgina bitta yo'li bor. Ko'proq mehnat qilsam albatta eng yuqori formamga qaytaman. Bazida o'zimni harakatlarimdan o'zim qoniqmayman. SHunga qaramay oldimizda turgan vaziyatni nazorat qilishni o'rganganman. O'smirlardan so'ng katta futbolda o'sishga erishdim. Futbolda har bir kun tajribani oshib borishidir. O'zim oldigidek yuqori formamga qaytishga harakat qilaman.

- "Lokomotiv"da siz uchun amaliyot kam bo'lmoqda. Bu jamoada O'zbekistonning etakchi darvozabonlari bor. Bu sizga salbiy tasir o'tkazmaydimi ?

Birinchidan meni eng katta yutug'im bu "Lokomotiv" o'rganishim mumkin bo'lgan eng kuchli darvozabonlar borligidadir. Avvalgiga Bugalo, Temur Jo'raev kabi  darvozabonlardan ko'p narsa o'rgandim. Endi esa Nestrov, Ikromov kabi kuchli darvozabonlardan o'rganishim kerak bo'lgan narsalar ko'pligini bilmoqdaman. Ularni har biridan eng yaxshi xislatlarini o'rganim kuchli darvozabon bo'lmoqchiman. "Lokomotiv"da raqobat juda katta. Yil boshida jamoamiz har bir frontda nega yuqori maqsadlarni qo'ydi. OCHL, O'zbekiston chempionati va kubogida eng yuqori marrani qo'ygan jamoa uchun kuchli raqobat kerak edi.

- O'smirlar va yoshlar jahon chempionatining o'rtasidagi qanday farq bor deb o'ylaysiz. O'zingiz kichik mundialda ishtirok etdingiz va mana endi yoshlar termasidasiz ?

Albatta har ikki mundialda farq katta. SHunga qaramay biz ham boshqa jamoalar har bir xil va ular uddalagan narsani biz ham uddalay olamiz. Ularni ham sirli,  kuchli jihatlari yo'q deb o'ylayman. O'smirlardan so'ng yoshlar mundialida ko'plab futbolchilar o'sishga erishadi. Ayniqsa Evropada o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchi tezlik bilan o'sadi. SHu bois har ikki chempionat o'rtasida farq bo'ladi.

- Yoshlar terma jamoasida uch nafar darvozabon bor. Raqobat ham shunga yarasha kuchli bo'ladi.

Murabbiylarimiz ham uchta teng kuchli darvozabonlarni jalb etgan deb o'ylayman. Kim kuchli o'yin ko'rsatsa shu darvozabon maydonga tushadi. Hammani niyati maydonga tushish va isbotlashdir. O'smirlar va mana endi yoshlar chempionatiga ham borayotganimdan xursandman.

- Jamoamizdan chempionatda nimalarni kutmoqdasiz?


Maqsadimiz faqat chempion bo'lish. To'g'ri , bu qiyin lekin uddalasa bo'ladi? Eng qiyin o'yin Germaniya bilan bo'ladi. Yurtimizga yorug' yuz bilan qaytmoqchimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика