So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  16 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Mundial 2022. Senegal! Yangiliklar

Mundial 2022. Senegal!

Senegal!


Taxallusi – "Teranga sherlari"

FIFA reytingida 18-o'rin.

Jahon chempionatiga uchinchi marta boradi (2002, 2018, 2022).


A guruhi. Raqiblari: Niderlandiya, Ekvador, Qatar.

1-tur, 21 noyabr. Senegal — Niderlandiya

2-tur, 25 noyabr. Qatar — Senegal

3-tur, 29 noyabr. Ekvador — Senegal


Muvaffaqiyatlar 


Senegal – JCHda 1/4 finalgacha borgan Afrikaning uch termasidan biri.

Bu 2002 yilda ro'y bergan edi. Senegalliklarga guruh bosqichida francuzlar, shuningdek yaxshi darajadagi Daniya va Urugvay terma jamoalari raqiblik qildi.



Senegal keyinchalik turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan Franciyani mag'lub etib sensaciya qayd etdi. O'yindagi yagona gol 30-daqiqada yarim himoyachi Papa Buba Diop tomonidan kiritildi.




Senegal ikkinchi davrada Daniya bilan uchrashdi. Ushbu o'yin g'olibi o'ziga pley-offdan joyni kafolatlab qo'yar edi, ammo buning uddasidan chiqilmadi. Daniyaliklar 16-daqiqada Tomassonning penaltidan urgan goli tufayli hisobni ochishdi, ammo Salif Diao ikkinchi taym boshida muvozanatni tikladi.




Urugvay bilan o'yin gollar seriyasini taqdim etdi. Senegalliklar birinchi taymda javobsiz uchta to'p (Kalilu Fadiga va Papa Diopning dubli) bilan g'alaba qozonishdi. Ammo, ikkinchi taymda raqib uchta gol urgan holda xarakter ko'rsatdi va o'yinga qayta oldi. O'yin durang bilan yakunlandi va bu Senegalga ikkinchi o'rin bilan 1/8 finalga chiqishga imkon berdi.




Pley-offda amerikaliklarni SHveciya terma jamoasiga qarshi o'yin kutib turardi.

Xenrik Larsson o'yinning 11-daqiqasidayoq hisobni ochdi, ammo shvedlar ustunlikni uzoq saqlab qola olishmadi – Anri Kamara 37-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi, overtaylarda esa senegalliklar kuchlilik qildi – Kamara dubl qayd etdi.




CHorak finalda esa Turkiya raqiblik qildi, shunday ekan "Teranga sherlari"da qora qita tarixiga kirish uchun barcha imkoniyat bor edi.

O'yinning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi, shu sabab o'yin qo'shimcha yarim soatlikka ko'chdi va unda turklarning qo'li baland keldi. Ilxan Mansizning goli Turkiyani yarim finalga olib chiqdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Aliu Sisse – Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi.



Aliu – jahon futbolida eng ko'p bir jamoada murabbiylik qilayotganlardan biri.

Sisse terma jamoa bosh murabbiyligiga 2015 yilning 5 martida keldi. Jamoa uning qo'l ostida JCH-2018ga chiqdi, Afrika Millatlar kubogini yutdi – 2021 va JCH-2022ga yo'l olmoqda.

Sisseda terma jamoa murabbiyligi rolida ajoyib statistika bor: 100 g'alaba, 26 durang va 17 mag'lubiyat.

Aliu Sisse nafaqat Senegalda, balki butun Afrika qitasida juda mashhur. Uning muvaffaqiyatlari sabab Afrikada Evropa mutaxassislari bilan raqobat qilishga tayyor bo'lgan ko'plab yangi murabbiylar paydo bo'lmoqda.

"Bugun terma jamoa bosh murabbiyi bo'lish – siyosatchi bo'lish demakdir. Iqtisodiyot, madaniyat, talim va o'z mamlakat tarixini bilish muhim", – deb o'z ishini tavsiflaydi Sisse.

Senegal terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor).



O'yin uslubi: yuqori mudofaa chizig'i, qanot hujumlari.

Senegalning deyarli barcha hujumi eng katta kuchlar yig'ilgan qanotdan amalga oshadi.

Saliu Siss va Buna Sarr qanotda son ustunligini hosil qilgan holda faol tarzda hujumga qo'shilishadi. Ular hujum triosiga ko'proq hudud taqdim etishadi, bu esa jamoaning raqib darvozasi oldidagi salohiyatini oshiradi, sababi Senegalda ko'plab individual kuchli futbolchilar bor.

Senegal o'z futbolchilarining tezligini hisobga olgan holda ko'plab yuqoridan uzatmalarni amalga oshiradi. Xususan, Kulibali – Mane juftligi samarali ko'rinadi.




Sissening Mane uchun qanday rolni tayyorlaganini qayd etish kerak. Zamonaviy futbolda aytiladigandek – erkin ijodkor.

Mane hujumning barcha frontlarida harakat qiladi va tashabbusni o'ziga oladi. Agar u imkoniyatni ko'rsa, Sadioga tavakkal qilish va bir o'zi harakatlanishga ruxsat berilgan.

Senegalliklar juda yuqori himoyalanishadi, ularning o'yin falsafasi raqibdan ustunlik qilishni ko'zda tutadi, shunday ekan, mudofaada bunday format mantiqan to'g'ri.



Terma jamoa etakchilari


Sadio Mane – jamoa etakchisi.



Dunyo futbolining superyulduzi. Yaratish va bir o'zi vaziyatni hal qilishga qodir bo'lgan zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri.

Mane Senegal terma jamoasida 33ta gol urgan.

Sado termani ikki bor mundialga olib chiqishga muvaffaqt bo'lgan. "Teranga sherlari" bungacha bir bor JCHga borishgan edi.

Mane aqlbovarqilmas tezlikka ega. Unda ajoyib dribling va texnika bor, bu esa unga muntazam ravishda raqiblarini aldashga imkon beradi.




Kalidu Kulibali – dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri.



Ajoyib futbolchi.

Gavdasi yirikligiga qaramay, yaxshi juda tezlikka ega va to'p bilan yaxshi muomala qila oladi.

Kulibali maydonni ajoyib tarzda ko'ra oladi va zo'r uzun pasga ega, shu sifati bilan u sherigini raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yuborishi mumkin.




Ilrissa Guye – qariya va muhim o'yinchi.



Abjir, aqlli, universal – Guyeni eslaganda birinchi bo'lib hayolga keladigan narsalar.

Guye yarim himoyadagi har qanday poziciyani yopishga qodir, chunki u buzishda va yaratishda ham bir xil.

Aynan Guye Senegalning mundialga yo'l olishida muhim o'yinchi bo'ldi. Uning Misrga qarshi o'tish o'yindagi harakatlari tahsinga sazovor.




Kuchli va zaif tomonlari

Kuchli tomonlari: ustunlik poziciyasi, invidiual sifatlar, qanotlardagi o'yin.

Zaif tomonlari: yuqori tavakkal, zaxira rejasi, top-forvardning yo'qligi.


Senegal – poziciya kuchi bilan o'ynaydigan yagona Afrika jamoasi. Senegalliklar hatto kuchliroq raqiblarga qarshi ham o'z o'yinlarini o'tkazishga harakat qilishadi. Ularning o'yin uslubi katta ustunlikni ko'zda tutmaydi, ammo o'ziga xos jihatlarga ega – masalan, yuqori himoya chizig'i raqib hujumini ortga suradi yoki o'yin tezligini nazorat qiladi.

Senegalda ko'plab individual jihatdan kuchli futbolchilar bor. Umuman olganda, bu narsa ko'plab Afrika jamoalariga taaluqli, ammo senegalliklar individual resurslardan sifatli foydalanish imkonini beradigan jamoaviy harakatlar bilan ham ajralib turishadi.

Jamoaning butun o'yini qanotlar orqali bo'ladi. Senegalliklar bu borada juda yaxshi harakat qilishadi. Qoida bo'yicha, jamoaning qarshi hujumlar paytida qanoti juda ham xavfli, ammo Senegal pozicion o'yinlarda ham oddiy ko'rinmaydi. Ular katta son ustunligini tashkillashtirishadi va aldamchi yugurishni amalga oshirishadi, bu esa raqib mudofaasida katta keskinlikni keltirib chiqaradi.

Senegal tavakkalroq o'ynaydi. Qanot himoyachilari hujumda faol ishtirok etishadi, markaziylari esa maydon markaziga ko'tarilishadi. Yarim himoya mudofaani yopishga harakat qiladi, bu esa ayniqsa qarshi hujumda o'ynaydigan jamoalarga qarshi doim ham o'xshayvermaydi.

Senegalga zaxira rejasi etishmaydi. Qanotlari bor Franciyaga o'xshagan noqulay yoki to'pga egalik qilishi bilan raqibni bo'g'ib qo'yadigan Ispaniya bilan o'yinlarda Senegalda jiddiy muammolar paydo bo'lishi mumkin, sababi ular ikkinchi raqam bo'lib yomon o'ynashadi va markaziy hududda zaif harakat qilishadi.

Senegalliklarga kuchli hujumchi etishmaydi. Bulaye Dia o'z ishini yomon bajarmaydi, ammo Senegalga Levandovskiga o'xshagan "aldamchi to'qqizlik" rolidagi forvard kerak.


Taxminiy tarkib:



Himoya markaziga Abdu Diallo chiqishi mumkin. Yarim himoyada SHeyxu Kuyateni tushirish varianti ham bor.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика