So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Mundial 2022! Portugaliya! Yangiliklar

Mundial 2022! Portugaliya!

Portugaliya!


Taxallusi – "tanlanganlar jamoasi"

FIFA reytingida 9-o'rinda.

Jahon chempionatiga sakkizinchi marta (1966, 1986, 2002-2022 barcha turnirlar) boradi.


H guruhi. Raqiblari: Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.

1-tur, 24 noyabr. Portugaliya — Gana

2-tur, 28 noyabr. Portugaliya — Urugvay

3-tur, 2 dekabr. Janubiy Koreya — Portugaliya


Muvaffaqiyatlar


Portugaliya – o'zgacha jamoa. Ular XX asrda atigi ikki bor mundialda ishtirok etib, bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishgan.

Bu "tanlanganlar jamoasi" Vengriya, Braziliya va Bolgariya bilan bir guruhdan joy olgan 1966 yili Angliya bo'lgan edi.



Turnirni oltin davrdagi yutuqlarini eslaydigan, ammo hali ham kuchli bo'lgan Vengriyaga qarshi o'yin bilan boshlash kerak edi.

Joze Augushtu o'yinning 2-daqiqasidayoq portugaliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ferenc Bene 60-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo 7 daqiqa o'tib portugaliyaliklar yana oldinga chiqib olishdi – Augushtu dublni rasmiylashtirdi. O'yin yakunlanishi arafasida Joze Torrish so'nggi natijani o'rnatdi – 3:1, Portugaliya foydasiga.




Keyingi raqib guruhning autsayderi sanalgan Bolgariya bo'ldi.


O'yinda ham shunday bo'ldi. Portugaliyaliklar uchta javobsiz to'p kiritgan holda raqibni oson mag'lub etishdi. Gollardan biriga bolgarlarning o'zlari mualliflik qilishdi, qolganini Torrish va Eysebio kiritdi.




Uzoq kutilgan qarama-qarshilik guruh bosqichining uchinchi turida ro'y berdi.

Janubiy Amerikaliklarni bu o'yinda faqat g'alaba qoniqtirardi, shu sabab ishtiyoq haddan oshiq edi.

Simoynsh da Kosta 15-daqiqada Portugaliyani oldinga olib chiqdi, Eysebio 27-daqiqada ustunlikni ikkitaga oshirgan holda, raqibni qiyin holatga tushirib qo'ydi. Braziliyaliklar Rildoning goli sabab hisobni qisqartirishdi, ammo ko'p o'tmay Eysebioning dubli "to'p sehrgarlari"ning guruhdan chiqish umidini ko'mib qo'ydi.

Bir o'ylab ko'ring – JCH debyutanti o'zining ketma-ket uchinchi sovriniga kelayotgan jahon futboli gegemonini to'xtatdi. Unutmang, bu o'sha Pelesi bor Braziliya edi. Ochig'i, o'sha o'yinda sport hamma kutganidan kamroq edi – portugaliyaliklar ochiqchasiga Peleni ovlashga tushishdi, jarohat etkazmoqchi bo'lishdi va o'z maqsadlariga erishishdi.




CHorak finalda g'alati va epik jang bo'lib o'tdi.

Portugaliya – KXDR eloni g'alati eshitilar, ammo o'yin umuman fantastik o'tdi.

Koreyslar 25-daqiqada 0:3 hisobida oldinda borishayotgan edi va portugaliyaliklar ertagi shu bilan yakunlanayotgandek tuyuldi.

AMMO. Eysebio bunday fikrda emas edi. U keyingi yarim soat ichida bir necha bor KXDR termasi himoyachilarini ishsiz qoldirib, poker qayd etdi. So'nggi nuqtani esa 80-daqiqada Joze Augushtu qo'ydi. 5:3 – Portugaliya yarim finalda.




Portugaliyaliklar yarim finalda musobaqa mezbonlari bo'lmish angliyaliklar bilan to'qnashishdi.

Bu o'yinni yaqinda eslagan edik.

Tajribaliroq raqib pragmatik va o'ziga ishongan holda mudofaada kamroq xato qildi. Bobbi CHarlton dubl qayd etdi, portugaliyaliklar esa unga Eysebioning penaltidan urgan bitta goli orqali javob bera olishdi.

Angliya finalda, portugaliyaliklar esa bronza uchun Sovet Ittifoqi bilan kurashadi.




SSSR o'sha paytda Portugaliya bilan o'yinda favorit edi.

SHunga qaramay, portugaliyaliklar Eysebioning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochishdi. SSSR Malofeevning goli evaziga tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishdi. Ammo, Portugaliya 89-daiqada Joze Torrishning goli evaziga uchinchi o'rinni o'ziniki qildi.




SHunday qilib portugaliyaliklar JCHdagi debyutlarida o'zlarining ilk va yagona bo'lgan medallarini qo'lga kiritishdi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Fernandu Santush – Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Santush butun murabbiylik faoliyati davomida faqatgina Portugaliya va Greciyada ishlamoqda.

Santush Portugaliyaga qadar 2010 yilning 1 iyulidan beri Greciya terma jamoasida ishlab kelayotgandi. Fernandu Evro-2012 va JCH-2014ga greklarni olib chiqdi va ikkalasida ham turnir pley-offiga chiqdi.

Santushning muvaffaqiyatlari vatanida diqqatsiz qolmadi – Portugaliya futbol federaciyasi murabbiyga mamlakat bosh jamoasini qabul qilishni taklif etdi. Bu 2014 yilning 23 sentyabrida ro'y berdi.

Portugaliya terma jamoasi 2016 yilning 10 iyulida musobaqa mezboni bo'lgan Franciya terma jamoasini mag'lub etgan holda o'z tarixida ilk bor Evropa chempioni bo'ldi.

Santush 2016 yilning 19 iyulida Portugaliya futbol federaciyasi bilan 2020 yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Santush 2016 yilning 27 dekabrida milliy jamoalar bosh murabbiylari orasida yil murabbiyi deb topildi.

Santushning murabbiylik yutuqlari hayratda qoldiradi.


Jamoalar miqyosida


"Portu"

– Portugaliya chempioni: 1998/99

– Portugaliya Kubogi sohibi: 1999/00, 2000/01

– Portugaliya Superkubogi sohibi: 1998, 1999

– Portugali chempionati kumush medali sohibi: 1999/2000, 2000/01

– Portugaliya Superkubogi kumush medali sohibi: 2000


AEK (Afina)

– Greciya Kubogi sohibi: 2001/02

– Greciya chempionati kumush medali sohibi: 2001/02, 2005/06

– Greciya Kubogi kumush medali sohibi: 2005/06

– Greciya chempionati bronza medali sohibi: 2004/05


"Panatinaikos"

– Greciya chempionati kumush medali sohibi: 2002/03


"Sporting" (Lissabon)

– Portugaliya chempionati kumush medali sohibi: 2003/04


"Benfika"

– Portugaliya chempionati kumush medali sohibi: 2006/07

 

PAOK

– Greciya chempionati kumush medali sohibi: 2008/09, 2009/10


Portugaliya terma jamoasi

– Evropa chempioni: 2016

– Konfederaciyalar Kubogi kumush medali sohibi: 2017

– UEFA Millatlar Ligasi g'olibi: 2018/19


SHaxsiy

– Greciyada yil murabbiyi (4): 2002, 2005, 2009, 2010

– Greciyada so'nggi o'n yillikning eng yaxshi murabbiyi (2010)

– IFFHS talqini bo'yicha yil murabbiyi: 2016

– Dunyoning eng yaxshi murabbiyi (2016) Globe Soccer


Portugaliya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor)



O'yin uslubi: ishonchli mudofaa va qanotdan juda ham ko'p uzatmalar.

Portugaliyaliklar shunchaki to'pni qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatishni yaxshi ko'rishadi.



Bu texnik jihatdan qiyin pas, ammo portugaliyalik futbolchilarning saviyasi buni qilishga imkon beradi.



Gol. Huddi barchasi oddiydek.



Huddi shunday hujum, ammo ancha oldinroqdan.




Barchasi huddi shunday. Barchasi oddiy va raqiblar ham ularni yaxshi tushunishadi, ammo himoyachilar o'z darvozalari yaqinida kech harakatni boshlashlari sabab himoyachilar to'pga birinchi bo'lishga ulgurishmaydi. Portugaliyaliklarga faqatgina hujumchining tempiga tushgan holda, uzatmani sifatli va vaqtida bajarish muhim.



Bu safar o'xshamadi, ammo qarama-qarshi qanotda Leau bor edi.



Ikkinchi temp hosil bo'ldi. Barchasi ajoyib – oddiy.



Yana bir variant ham bor, bunda portugallar son ustunligi orqali golli vaziyatlar yaratadilar.

Allaqachon etibor berganingizdek, Portugaliyaning barcha golli imkoniyatlari tezkor qarshi hujumlar hisobiga emas, balki qanotlardan ayyorona paslar va markaziy hududda aqlli ochilishga etibor qaratiladi. Bu jamoaning yuqori darajadagi intellektidan dalolat beradi.



Ronaldu to'pni oldi va negadir zarba berishga qaror qildi va u darvozabonga tushdi. SHu vaqtda chapdan uning sherigi ochilgan va Krishtianu uni bo'sh darvoza qarshisida qoldirishi mumkin edi. Gol yo'q, ammo hujum ajoyib tashkil etildi.



Katta kuch bilan himoyalanadigan jamoa mudofaasi ishonchli ko'rinadi, ammo individual xarakterdagi xatolar ham bor.

Nimadir xato ko'rinmayapti, barcha portugallar to'g'ri joy tanlashgan.



Ammo, portugaliyaliklar himoyachisi raqibni yo'qotgan holda, mutlaqo tushunarsiz pozicion xatoga yo'l qo'ydi.



Bo'sh darvoza qarshisi oldiga pas va gol.



Etibor qiling, so'nggi ikki epizod bir-birining davomi. Ispanlar raqibning xatosidan maksimal foyda chiqarib, bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'yishmoqda. Portugaliyaliklar esa oxirgi qadamni tashlay olmadi, sababi Ronaldu o'zi tepishga qaror qildi. Jamoa g'alaba qozondi.


Terma jamoa etakchilari


Brunu Fernandesh – keskinlik manbayi.



Brunu nafaqat MYUni, balki Portugaliya terma jamoasini ham ortidan sudraydi.

U to'liq markaziy hududda hujum rivojlanishiga javob beradi, shuningdek raqib mudofaasini o'zining qanotga kesuvchi paslari bilan ochadi.

Fernandeshni bemalol terma jamoaning eng muntazam o'yinchisi deyish mumkin – unda yaqqol muvaffaqiyatsiz o'yinlar yo'q.

Brununing asosiy sifati – o'yin intellekti va paslarni nazorat qilishi. Ideal pleymeyker.




Krishtianu Ronaldu – jahon futbolidagi asosiy to'purar.



Ronalduning o'z jamoasi uchun foydasi borasida butun umr bahslashish mumkin, ammo uning yutuqlarini inkor qilish imkonsiz.

"Gol" so'zi bilan qo'shib ishlatilinadigan inson.

Terma jamoada o'yinlar soni (191) bo'yicha ham, to'p kiritish bo'yicha ham (117) ham rekordchi.

Krishtianu 37 yoshda, ammo hali beri butsalarini mixga ilmoqchi emas, ayniqsa unda Jahon Kubogi yo'qligini hisobga olsa.




Renatu Sanshesh – esdan chiqarilgan geniy.



Bizning uchinchi o'yinchi uchun tanlovimiz ko'plarni hayron qoldirishi mumkin, ammo buning sabablari bor.

Renatu hozirda 25 yoshda. Ayniqsa unga hech kim ishonmayotgan paytda o'zini ko'rastish uchun ideal fursat.

Sanshesh ajoyib darajada to'p bilan muomala qiladi oladi va tezkor fikrlashga ega. U Xavini eslatib yuboradi, ammo texnikasi bilan Inestani.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: mudofaa, kreativlik, pragmatizm.

Zaif tomonlari: foydalanilmagan hujum potenciali.


Nihoyat mudofaa haqida ijobiy fikr bildirish fursati etib keldi. Portugaliyalik so'nggi 8ta o'yinda atigi 4ta to'p o'tkazib yuborishdi. Portugaliya himoyachilar kerak bo'lganda bir-birlarini to'ldirgan holda o'ynashadi. Olti himoyachini tashkil etgan holda, tayanch xavbeklari juda pastga tushishadi. Markaziy himoyachilar darvozaga yaqin o'ynashadi, qanotlar esa katta ehtiyotkorlik bilan hujumga qo'shiladi.

Portugaliyaliklarning kreativligi braziliyaliklarnikiga juda ham o'xshaydi. Aynan shu jihatdan ularning oldindan qanday o'ynashlarini bilish qiyin, raqiblar shu sabab doim hushyor turishadi.

Pragmatizm – Portugaliyadek terma jamoalar uchun kutilmagan hodisa. Odatdan bunday jamoalar mantiqdan ko'ra hissiyot ustun bo'lgan futbol ko'rsatishadi. Ammo, portugaliyaliklar nemis pragmatizmi va brazilcha karnavalni o'z o'yinlarida aks ettira olishni o'rganishgan. Bazida Santush bu ikki rejimni birga yoqadigandek tuyuladi. Bunga eng yorqin dalil Evro-2016 bo'lib, unda qatiylik va o'z o'yiniga sodiklikni tanlagan jamoa chempion bo'ldi.

Portugaliyada ajoyib hujum imkoniyati bor. Ularning tarkibi deyarli har qanday jamoadan ustunlik qilib o'ynaydigan futbolga mos keladi, ammo... Buni yomon deb aytish qiyin, ammo Santush boshqa yo'lni tanladi. Va haq bo'lib chiqdi, sababi jamoa tarixidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi. Ammo, portugaliyaliklar estetika nuqtai nazaridan ancha qiziqarliroq o'ynashi mumkin. Bunday futbolchilarga har qanday jamoa havas qilishi mumkin. Neytral muxlislar esa portugal futbolining hujumkorligini ko'rmay ko'p narsa yo'qotmoqda.


Taxminiy tarkib:



Jarohatlangan Diogu Jotaning o'rnini Rafael Leau egallaydi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика