So’nggi yangiliklar

21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  2 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  20 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  10 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 5:4  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  370 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24

Mundial 2022. Polsha! Yangiliklar

Mundial 2022. Polsha!

Polsha!


Taxallusi – "oq burgutlar"

FIFA reytingida 26-o'rin.

Jahon chempionatiga to'qqizinchi marta (1938, 1974, 1978, 1982, 1986, 2002, 2006, 2018, 2022) boradi.


C guruhi. Raqiblari: Meksika, Saudiya Arabistoni, Argentina.

1-tur, 22 noyabr. Meksika — Polsha

2-tur, 26 noyabr. Polsha — Saudiya Arabistoni

3-tur, 30 noyabr. Polsha — Argentina


Muvaffaqiyatlar


Polsha – Jahon chempionatining ikki karra (1974 va 1982) bronza medali sohibi.

1982-yilga yo'l olamiz.



Italiya, Kamerun va Peru Polshaning guruh bosqichidagi raqiblari bo'lishgan.

Polyaklar ilk turda birinchi o'rin uchun raqobatchisi bo'lmish Italiya bilan durang o'ynagan.




Polsha ikkinchi turda turnirni nursiz durang bilan boshlagan Kamerun bilan uchrashdi. Natija yana takrorlandi – 0:0.




Hammasini uchinchi tur hal qildi. Polyaklar yorilishdi – Peru darvozasiga beshta to'p, raqib esa bitta bilan javob berdi. Polyaklarda gollarga Smolyarek, Lyato, Bonek, Buncol va Ciolek mualliflik qildi.




Turnirning ikkinchi qismida SSSR va Belgiya bilan o'tish o'yinlari bo'lishi kerak va ulardan bittasi yarim finalga chiqishi kerak edi.

Polyaklar dastlab Belgiyani 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Bonek xet-trik qayd etdi.




Sovet Ittifoqi bilan durang esa Polshani yarim finalga olib chiqdi.




Polsha yarim finalda yana Italiya bilan o'ynadi. Bu safar esa muvaffaqiyatsiz: Paolo Rossi dubl qayd etdi va polyaklarni 3-o'rin uchun o'yinga yubordi.




Polyaklar 3-o'rin uchun francuzlar bilan bellashishdi. Jirar 13-daqiqada Franciyani oldinga olib chiqdi, ammo SHarmax 41-daqiqada hisobni tenglashtirdi, Maevskiy 45-daqiqada va Kuncevich 47-daqiqada gol urib, "oq burgutlar" uchun ikkita gol farqi bilan ustunlikni yaratishdi. Kurol o'yin so'nggida francuzlarning ortda qolishini minimumga qadar qisqartirdi, ammo undan ko'piga emas.




3:2 – Polsha 8 yil ichida mundialda o'zining ikkinchi bronza medalini yutmoqda.



Murabbiy va o'yin uslubi


CHeslav Mixnevich – Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi.



CHeslav 20 yillik murabbiylik faoliyati davomida Polshada barcha jamoalarni shug'ullantirib chiqqan. Ekstrakalassa (Polshaning oliy divizioni)dan yoshlar terma jamoasigacha.

2021 yilning 31 yanvarida Afrikadagi ananalarga ko'ra, Mixnevich Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu JCH saralashidagi o'tish o'yinlariga ikki oy qolganda va qoniqarsiz natijalar sabab "Legiya"dan chetlatilganidan atigi bir necha oy o'tib sodir bo'ldi.

Polsha terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-1-4-1, 4-2-3-1 va 3-4-2-1 ham bo'lishi mumkin.



O'yin uslubi – muvozanatsiz futbol.

Jamoaning doimiy sxemasi yo'q, taktikani esa oldindan aytib bo'lmaydi. Ular barchasida kuchli va zaiflar. Ular tez-tez oldinga o'tishadi va qanotlardan tezlik orqali foydalanishadi, ammo aldash va yuqori pressing kamroq kuzatiladi.

Himoyada ko'pinchi keraksiz xatolar bo'ladi. Misol:



Kimdir xato qiladi, bu holatda golga tayanch yarim himoyachisi sabab bo'lgan.



SHu bilan birga, muammo futbolchilarning darajasida deb aytib bo'lmaydi. Aksincha, juda ajoyib jamoa yig'ilgan, ammo o'yin qurilishi murabbiylar shtabiga ko'p savollarni yuklaydi.

Polsha tez-tez Levandovski to'pga egalik qilib, hujumni davom ettirishga umid qilgan holda uzun paslar bilan o'ynaydi, ammo bu doim ham ish bermadi. Robertga pasdan uzatma berish muammo, hatto yagona yuqori darajadagi pleymeyker Zelinski bo'lgan taqdirda ham.

O'yinni ko'rish jarayonida polyaklarga harakat etishmayotgandek ko'rinadi. Jamoa to'pni egallab olgan payt to'xtab qoladi.

Ammo, polyaklardan mana bunday chiroyli o'yinni ham ko'rish mumkin. Masalan, Belgiya darvozasiga urilgan gol – haqiqiy maroq.





Bu Polshaning o'ylanmasi deb o'ylab qolmaslik kerak, bu katta ehtimol bilan futbolchilarning yuqori darajasi sabab. Afsus, ular chiroyli kombinacion qurishga qodirlar...



Terma jamoa etakchilari


Robert Levandovski – Benzema bilan birgalikda dunyoning eng kuchli forvardi.



Gollar urish uchun mashina.

Yaxshi tashkil etilgan hujumkor model uchun ideal hujumchi.

Sardor. Terma jamoada 132ta o'yin. 76ta urilgan gol.

Kerak bo'lgan barchasini biladi. Vaziyatlar bo'ldimi, gollar ham bo'ladi.

Uning Polsha tarkibidagi gollarini tomosha qiling:




Petr Zelinski – jamoaning miyasi va umidi.



"Polshalik Xavi" "Napoli"da ham, terma jamoada ham muhim rol o'ynaydi. Uning atrofida ko'p sonli hujumlar quriladi va mudofaa chizig'i boshlanadi.

Maydonni ajoyib tarzda ko'ra olish, ajoyib texnika, har qanday vaziyatda pas – Petrning eng zo'r ustunliklari.

Uning jamoadagi muhimligi qaysidir darajada Levandovskinikidan ham ko'proq.

Bu esa Zelinskining Polsha safidagi gollaridan biri.




Arkadiush Milik – hali ham ajoyib hujumchi.



Milik 3 yil oldin terma jamoada Levandovskining o'rnini egallaydigan super iqtidorli hujumchi sifatida hisoblangan. Ammo, hayotning ham o'z rejalari bor edi. Jarohatlar Arkadiushning faoliyatida jiddiy tasir ko'rsatdi, u uzoq vaqt o'zining o'yin formasiga qaytdi. 

Ammo, hozirda Milik o'yinga qaytayotgandek tuyulmoqda. U "Yuventus"da yomon debyut qilmadi va JCHga ideal holatda borishi kerak.

Ajoyib zarba, gol sezish va assistentlik qobiliyati – unda bularning barchasi hali ham bor.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: individual mahorat, tajriba, terma jamoa atrofidagi atmosfera.

Kuchsiz tomonlari: mudofaa, murabbiy, harakat.


Polyaklarda kamida so'nggi 30 yil ichida eng kuchli avlod etishib chiqdi. Har bir poziciyada yoki top, yoki juda kuchli o'rtamiyona o'yinchi bor. Bundan tashqari, zaxira o'rindig'ida o'yinni kuchaytira oladigan yaxshi o'yinchilar bor.

Tarkib juda tajribali, ammo yoshi "ulug'" emas. Ko'plab futbolchilar Evropaning top-5 chempionatlarida o'ynashadi, milliy jamoa esa doim katta turnirlarga boradi.

Terma jamoa atrofida sokin atmosfera bor. Qachondir Levandovski va Blashchikovski o'rtasidagi janjal haqida mish-mishlar yangragandi, ammo ikkinchisining ketishi bilan barchasi tugadi.

Mudofaa zaif o'ynaydi. Bu haqda yuqorida aytib o'tgan edik. U Belgiya va Niderlandiya kabi top jamoalarga qarshi turib bera olmaydi. Mudofaa hududida faolroq o'ynash yoki o'yinni butunlay qayta qurish kerak. Ammo, bu murabbiyning ishi.

Murabbiy. Federaciya nega Mixnevichga bunchalik maftun bo'lganini tushunish qiyin. U barcha klublarda bir yildan ishlagan, undan ortiq emas. Polsha terma jamoasi murabbiyligi uchun mos keladigan jiddiy muvaffaqiyatlar yo'q. Ha, SHveciyadan o'tishdi. Amom keyin... barcha o'yinlar – shunchaki dahshat.

Polsha juda ham sekin o'ynaydi. Ammo, ularda tezkor o'yin qilishga imkon beradigan ijrochilar bor. Bunday o'yin kuchli jamoalarga qarshi o'yinda pand berishi mumkin.


Taxminiy tarkib:



Zalevski yoki Kaminski o'ngda o'ynaydi, Zelinski Goralskining o'rnini egallaydi.

Maydon markazida uchburchakni qayta qurish mantiqiy ko'rinadi – Moder o'rniga Krixovyak va shunda ikki tayanch yarim himoyachisi bo'ladi.

Milik maydonda payti 3-5-2 sxemasi ham qo'llanilishi mumkin.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика