So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  0 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  21 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  14 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  18 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

Mundial 2022. Niderlandiya! Yangiliklar

Mundial 2022. Niderlandiya!

Niderlandiya!


Taxallusi – "olovranglar"

FIFA reytingida 8-o'rinda.

Jahon chempionatiga o'n birinchi marta (1934, 1938, 1974, 1978, 1990, 1994, 1998, 2006, 2010, 2014, 2022) boradi.


A guruhi. Raqiblari: Qatar, Ekvador, Senegal.

1-tur, 21 noyabr. Senegal — Niderlandiya

2-tur, 25 noyabr. Niderlandiya — Ekvador

3-tur, 29 noyabr. Niderlandiya — Qatar


Muvaffaqiyatlar


So'nggi 12 yilda uch bor vice-chempion, ikki bor yarim finalchi – bu Niderlandiya.

"Olovranglar" doim mundialning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishadi. Ularning pley-offdan chiqa olmasligidan ko'ra umuman musobaqaning final qismiga saralanmaslik ehtimoli yuqori.

Niderlandiyaliklar 1974, 1978 va 2010 yillarda sovringa bir qadam qolganda to'xtashgan.

2010 yilgi voqealarga ko'p bo'lmadi, shu sabab Argentina-1978ga sayohat uyushtirishni taklif qilamiz.



Niderlandiyaliklarga oson guruh tushdi: Peru, SHotlandiya va Eron. Kvartet g'olibi masalasi haldek edi.

Eron bilan dastlabki o'yin bu fikrni faqatgina tasdiqlab qo'ydi – Rob Rensenbrink xet-trik qayd etdi, hisob "olovranglar" foydasiga 3:0.




Keyinroq qiyin bo'ldi. Peru yaxshiroq raqiblik qildi, ammo baribir Niderlandiyaning tengi emasdi.


O'yin nursiz durang bilan yakunlandi. Kutilmagan natija, ammo juda rasvo ham emas.




Keyingi raqib SHotlandiya jamoasi bo'ldi – sirli va xavfli, ammo katta natijalarga davogarlik qilmaydi.

Bu o'yin qiziqarliroq bo'ldi. Niderlandiyaliklar birinchi bo'limda Kenni Dalglish va Koni yopishni uddalashdi. "Olovranglilar" 35-daqiqada Rensenbrinkning goli evaziga oldinga chiqib olishdi, ammo birinchi bo'lim so'nggida to'p o'tkazgan holda baribir ustunlikni yo'qqa chiqarishdi.

Ikkinchi bo'limda esa dastlabki 20 daqiqa ichida ikkita gol urgan shotlandlar ustunlik qilishdi, niderlandiyaliklar esa Repning say-harakatlari evaziga bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi.




Ushbu natija keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'ldi, ammo qandaydir yoqimsiz tam qoldi.

Keyingi bosqich mundial finalistini aniqlaydigan ikkinchi guruh bosqichi bo'ldi.

Endilikda bu erda barchasi jiddiyroq ko'rindi – GFR, Niderlandiya, Italiya va Avstriya bir-birlari bilan yuqoridagi ikki o'rin uchun kurashishdi.

Niderlandiyaliklar birinchi bo'lib Avstriyani yirik hisobda taslim etgan holda, ilk xavfni yo'qqa chiqarishdi.

5:1 – Repning dubli va Brandts, van de Kerkxof va Rensenbrinkning gollari.




Keyingi o'yin nafaqat turnir nuqtai nazaridan, balki nufuz jihatidan ham muhim bo'ldi. GFR – niderlandiyaliklar uchun ashaddiy raqib.

Jiddiy kurash kutilgan edi – va bu sodir bo'ldi.

Nemislar 3-daqiqada oldinga chiqib olishdi, ammo Ari Xan 27-daqiqada o'yindagi tenglikni taminladi. Diter Myuller ikkinchi taym o'rtalarida GFRni yana oldinga olib chiqdi, ammo niderlandiyaliklar van de Kerkxofning goli bilan yana o'zlarida kuch topa olishdi. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi va bu Niderlandiyani guruh etakchisiga aylantirdi.




Italiya bilan o'yin finaldagi o'rin uchun hal qiluvchi bo'ldi – Niderlandiyani hatto durang ham qanoatlantirardi.

Italyanlar 19-daqiqada oldinga chiqib olishdi – uzoq vaqt ustunlikni saqlab turishdi, ammo yakunda Brandts hisobni tenglashtirdi. Xan o'yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda italyanlar darvozasiga navbatdagi to'pni kiritdi.

Niderlandiya so'zsiz guruh g'olibiga aylandi va o'ziga haqiqiy do'zaxga yo'llanmani berdi – Argentina bilan Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionidagi final.




Argentinalik finalda favorit edi. Bu nafaqat uydagi tribunalar, balki terma jamoaning oltin avlodi bilan bog'liq edi – Mario Kempes, Daniel Passarella, Daniel Bertoni, Leopoldo Luke – bu Buyuk jamoaning atigi bir qismi.

Kempes 38-daqiqada niderlandiyaliklar darvozasini ishg'ol qilgan holda o'yinda hisobni ochdi. Niderlandiyalik qiyinchilik bilan to'p kiritishdi – Dik Nanninga asosiy vaqt yakuniga 8 daqiqa qolganda mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi.

O'yin qo'shimcha bo'limlarga ko'chdi va oxir-oqibat Kempesni afsonalar darajasiga ko'taruvchi lahzalar bo'lib xizmat qildi.

Mario Kempes 105-daqiqada ajoyib o'yini bilan g'alaba golini urdi.

Overtaymlar yakuniga ikki daqiqa qolganda Bertoni yakuniy hisobni o'rnatdi – 3:1.

Argentina – haqli chempion. Niderlandiya – yana vice-chempion.




Murabbiy va o'yin uslubi


Lui van Gal – Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Luis o'z murabbiylik faoliyatini 1986 yilda boshlagan.

Uning hisobida ko'plab sovrin va yutuqlar bor, ammo biz uning shaxsiy mukofotlarini eslatib o'tamiz.


– Onze d’Or talqiniga ko'ra yil murabbiyi: 1995

– Eng yaxshi murabbiy: 1995 («World Soccer» jurnali talqiniga ko'ra)

– Niderlandiyaning eng yaxshi murabbiyi (2): 2007, 2009 (Rinus Mixels nomidagi mukofot)

– Germaniyada futboldagi yil murabbiyi: 2010

– Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy — 18-o'rin: 2019 («France Football» jurnali talqiniga ko'ra)

– Oranskix-Nassau ordeni ricari: 1997


Van Gal bunga qadar ikki bor Niderlandiya terma jamoasini boshqargan – 2001-2001 va 2012-2014 yillar.

Lui 2021 yilning 4 avgustida terma jamoaga uchinchi marta keldi va muvaffaqiyatli ravishda Qatardagi mundialga saralandi. Amaldagi shartnoma Jahon chempionati so'nggiga qadar mo'ljallangan, ammo "Oq tulpor" (van Galning taxallusi)ning sog'ligidagi muammolar sabab o'z lavozimida qolish ehtimoli past.

Niderlandiya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-5-2, kamroq 3-4-1-2.



O'yin uslubi: hamma hujumda ishtirok etadi, tezkor harakat qilishadi va ko'plab zarbalar berishadi.

Niderlandiya terma jamoasi o'yin uslubi – Angliya va Daniyaniki orasidagi bir narsa. Ular ko'proq zarbalar bergan holda tezroq o'ynashadi, ammo bu bilan o'yinni soddalashtiribgina qo'ymay, bazida yaxshi kombinaciyalar uyushtirishadi.

Niderlandiyalik tezkor hujumga o'tib ketishni juda yaxshi ko'rishadi – ularning tarkibi bu uchun juda mos tushadi. Ammo, chap qanotda Depayning harakatlarini alohida qayd etish lozim.

Umuman, Depayning jamoaga roli alohida diqqat talab etadi. Ularning hujumdagi o'yini Memfisga qattiq bog'langan.

Depay muntazam ravishda to'p bilan jarima maydonchasining chap burchakida paydo bo'ladi. Bunday vaziyatlarda jarima maydonchasi chizig'i oldida to'pni qabul qilishga tayyor bo'lib turgan niderlandiyalik o'yinchi bo'ladi.





Depay katta gavdaga ega bo'lmasa ham, yuqoridagi to'plar uchun yaxshi o'ynaydi. Ammo, bu sifatni ko'plab niderlandiyalik futbolchilarga bog'lash mumkin, sababi bu narsa ularning o'yini uchun muhim qismdir. Ular tez-tez markaziy hududdan yugurib kirayotgan sherigiga to'pni qoldirishadi.



Bu o'yinning qiziqarli vaziyati. Etibor qarating, pas payti niderlandiyaliklarning bir yo'la uch o'yinchisi bir zonaga yugurishmoqda – bu hujum ular uchun odatiy. Yana bir muhim jihat – hujumchi bilan bir chiziqda turgan qanot futbolchilarining poziciyasi. Agar chiziq bo'yicha o'yinchilarni sanasak, niderlandiyaliklar 5ga 4 son ustunligini hosil qilishmoqda va bu raqib uchun juda xavfli vaziyatni keltirib chiqaradi.



Niderlandiyaliklar doim himoyachilarning orqasiga uzun paslar ishlatgan holda raqibning chaqqonligini tekshirib ko'radi. Bu uchun ularni shunchaki maqtash mumkin – tezlikda ustunlikdan oqilona foydalanish.




Niderlandiyaliklarning joylashuviga kelsak, bu odatda raqibni qurshab olgandek tuyuladigan yarim yaylana shaklini yuzaga keltiradigan besh yarim himoyachidir.



Uch nafar futbolchi himoyada qolib, maydon markazini qo'riqlashadi. Jasorat bilan, ammo bu ishlayotganga o'xshaydi.



Ishlaydi. Ammo, doim emas. Muammo shundaki, "olovranglar" himoyachilari g'alati eshitilsa ham Niderlandiya maktabining qurbonlari. Ular tez-tez mufdoaa paytida son jihatdan kamchilik bo'lib qolishlariga to'g'ri keladi, sababi futbolchilarning katta qismi endi hujumdan qaytayotgan bo'ladi. SHunday qilib, ularning mudofaa salohiyati haqida gap borsa, Niderlandiya maktabining hujum sifatlarini rivojlantirishgan aloqador bo'lgan savollar va muammolar paydo bo'ladi. Pozicion xatolar, shubhasiz Niderlandiya terma jamoasining asosiy kamchiligi.

Ko'pincha taktik jihatdan maksimal tarzda aqlli o'ynash kerak bo'lgan vaziyatlar bo'ladi. Bazida o'xshaydi.



Bazida, ular shunday harakat qilishadi.



Niderlandiyalik himoyachilarning foydasiga shuni aytish mumkinki, van Gal mudofaadagi taktik o'yinni o'zgartirgan holda, raqibni uzoqlashtirib tashlaydi. Masalan, Belgiyaga qarshi "olovranglar" odatdagidan zichroq himoyalanishdi. Bunday holat tez-tez sodir bo'lmaydi.



Kimdir xatolar sonini oshirmasdan o'yin suratini bunchalik o'zgartirib yuborishi qiyin masala. Bundan tashqari, niderlandiyalik markaziy himoyachilar odatda maydon markazida o'ynashadi, bu erda esa o'z jarima maydonchalarida harakat qilishlariga to'g'ri keladi.


Van Deyk misolida. Polsha bilan o'yin chapda, o'ngdagi Belgiya bilan bahs.



Niderlandiya har bir o'yinda o'rtacha bittadan ortiq to'p o'tkazadi, bu esa unchalik yaxshi natija emas. Ammo, bu statistikani raqiblarga urilgan gollar yuvmoqda. Hozircha.


Terma jamoa etakchilari


Memfis Depay – asosiy jangovar birlik.



Depay terma jamoa etakchisi deb atash mumkin. Uning yillar davomida qanchalik o'zgargani, xudbin to'purardan jamoaning muhim o'yinchisiga aylanganini ko'rish hayratlanarli.

Tezlik va ajoyib texnikadan tashqari, Memfis har qanday masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin.

Depay terma jamoada 80ta o'yinda maydonga tushib, 42ta gol urishga erishgan. Van Persining rekordigacha 8ta to'p qoldi.




Frenki de Yong – umid va tayanch.



De Yong o'rtada to'p harakatlanishida muhim rolni bajaradi. Niderlandiyaliklarda kreativ o'yinchilar borasida inqiroz bor, shu sabab Frenkining nostandart qarorlari jamoa uchun juda muhim.

De Yong hujum funkciyalaridan tashqari, ko'plab "qora ishlar"ni ham bajaradi, bu ham jamoadagi o'yin qurilishida muhim jihat. O'yinda ustunlik qilishni xohlaydigan terma jamoa futbolchilarining xatolarini minimallashtirishga harakat qiladi, shuningdek poziciyalar to'g'ri tanlanishini taminlaydi.

Frenki atigi 25 yoshda. U "Barselona"da o'ynamoqda va katta pullar olmoqda. Nimadir yutishning ayni vaqti.




Denzel Dyumfris – yuk poezdi.



Dyumfris unchalik murakkab o'ynamaydi – shunchaki yuguradi. Gap shundaki, uni hech kim to'xtata olmaydi. Denzelda kuch va tezlikning ajoyib uyg'unlashuvi bor – bu esa aynan Niderlandiyaga kerak bo'lgan narsa.

Albatta, bu uning barcha sifatlari emas. U shuningdek bosh bilan yaxshi o'ynaydi, hatto eng kuchli raqiblarga qarshi ham havodagi deyarli barcha kurashlarda g'olib chiqadi.

Denzelning xarakteri unchalik yaxshi emasdek ko'rinadi. U talab qilinmasa ham tez-tez notoza va qo'pol o'ynagan holda qoidani buzadi.

Dyumfris futbolchidan ko'ra ko'proq jahon darajasidagi atletga o'xshaydi. Ammo, bu natija keltirsa, nima farqi bor.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: potencial, o'zining o'yin, motivaciya.

Kuchsiz tomonlari: to'psiz o'yin.


De Ligt, Gakpo, Malasia, Gravenberx, Timber, Brobbi, Malen, Botman, Veyndal – ularni hech biri 23dan oshmagan. Ushbu terma jamoada aqlbovarqilmas potencial bor. Agar nomlarga qaraydigan bo'lsak, Niderlandiya 4 yil o'tib JCHning asosiy favoritlaridan biri bo'lishi mumkin, hatto asosiysidir. Lekin hozir emas. Hozir shunchaki repiticiya bo'ladi. Nafaqat hujum qila oladigan, balki himoyalana oladigan ko'plab ajoyib himoyachilar o'sadi va bu jamoaning asosiy muammosini hal qilishi kerak. Yaqin besh yil ichida ushbu terma jamoani kuzatish juda qiziqarli bo'ladi – "oltin avlod" yaqin. Popkornlarni g'amlab qo'ying.

O'zining o'yini. Bu erda jamoaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'yin qurgan van Galni etirof etish kerak. Niderlandiyaliklarga pleymeyker etishmaydi – u maydon markazini to'ldirishi va hujumga qanotlarni jalb qilishi kerak. Qanot himoyachilari hujum qilishni yaxshi ko'rishadi, ammo mudofaa benuqson emas – van Gal ularni maydon markaziga chiqaradi. Jamoada sof hujumchi yo'q – Lui Depay va Bergveynning tezligidan foydalanib Niderlandiya uchun odatiy bo'lgan bitta gavdali forvard sxemasini quradi. Niderlandiyaliklar hozirda o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholagan holda, eng yaxshi natijani taqdim etuvchi futbol ko'rsatishmoqda.

O'tkazib yuborilgan 2018 yilgi turnir niderlandiyaliklar futbolchilarning o'zlariga ham, muxlislarga ham qattiq tasir qildi. SHu sabab Qatardagi o'yinlar motivaciyaga boy bo'ladi. Bu har doim ham yaxshi degani emas, sababi 2014 yilgi Braziliya kabi qiyin ahvolga tushib qolish mumkin, ammo van Gal kabi tajribali murabbiy o'z o'yinchilarining emocional tayyorgarligida "oltin o'rta"ni topadi.

Pozicion xatolar to'pga egalik qilgan holda katta ustunlik bilan o'ynaydigan jamoalar uchun o'lim jazosi hisoblanadi. Agar niderlandiyaliklar yuqori marralarni ko'zlashsa, unda ularning yo'liga shunday raqiblar to'qnash keladi. Ha, ular yaqinda Belgiyaga qarshi yaxshi harakat qilishdi, ammo baribir bu o'yinning ushbu qismidagi eng kuchli raqib emas. Bu borada ispanlar, nemislar yoki xorvatlar qo'rqinchliroq ko'rinadi.


Taxminiy tarkib:



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика