So’nggi yangiliklar

21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  2 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  21 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  10 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 5:4  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  370 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24

Mundial 2022. Marokash! Yangiliklar

Mundial 2022. Marokash!

Marokash!


Taxallusi – "Atlas sherlari".

FIFA reytingida 23-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta (1970, 1986, 1994, 1998, 2018, 2022) boradi.


H guruhi. Raqiblari: Xorvatiya, Belgiya, Kanada.

1-tur, 23 noyabr. Marokash — Xorvatiya

2-tur, 27 noyabr. Belgiya — Marokash

3-tur, 1 dekabr. Kanada — Marokash


Muvaffaqiyatlar


Marokashliklar faqatgina bir marta guruhdan chiqishgan – 1986 yilda.



Kanada haqida gap ketganda ushbu musobaqa haqida esladik. Endi Angliya, Polsha, Portugaliya va Marokash pley-offga chiqish uchun kurashgan parallel guruhga o'tamiz.

Polyaklarga qarshi ilk o'yinda "Atlas sherlari" kichik ustunlik qilgan bo'lsa ham, o'yin gollarsiz durang bilan yakunlandi. Bu natija jamoalarning ahvolini murakkablashtirgan holda, portugallar va inglizlar bilan g'alaba qozonish uchun o'ynashga majbur qildi.




Inglizlar bilan ilk o'yin natijasi takrorlandi. Marokashliklar raqibdan kuchsizroq ko'rinishdi, ammo baribir durang natijani saqlab qola olishdi.


Guruhdagi vaziyat maksimal tarzda chigallashdi. 1986 yilda g'alaba uchun 2 ochko berilardi, ikki durang esa g'alaba bilan teng edi. SHunday ekan, yakunda barcha jamoalarda 3 ochkodan bo'lish ehtimoli bor edi.




Portugaliyaga qarshi guruh bosqichining yakuniy o'yinida "i" shaklida jamoani qurish kerak edi.

Nihoyat, gollar urila boshlandi. Abderrazak Xairi 19-daqiqadayoq Marokashni oldingi olib chiqdi, 26-daqiqada esa dubl qayd etgan holda jamoasining ustunligini oshirdi. Portugaliyaliklarning o'yini o'xshamadi, nuqtani esa 62-daqiqada gol urgan Abdelkarim Merri qo'ydi. Portugaliyaliklar Diamantinoning say-harakatlari evaziga o'yin so'nggida bitta to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Bu natija Marokashni guruh etakchisiga, raqibni esa so'nggi o'rin bilan uyiga jo'natib yubordi.




1/8 finalda "Atlas sherlari"ni turnirning bosh favoriti deb hisoblangan GFR kutib turardi.

Marokashliklar munosib o'yin ko'rsatishdi va musobaqaning asosiy sensaciyasini qayd etishga yaqin edilar, ammo barchasini 88-daqiqada Lotar Matteusning ajoyib goli hal qildi. Favorit keyingi bosqichga o'tdi, autsayder esa o'z ishtirokini yakunladi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Valid Regragi – Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi.



Regragini eng kelajagi bor afrikalik murabbiylardan biri sifatida ko'rishadi. U yaqinda "Vidad"ni Afrika CHempionlar Ligasida g'alabaga etakladi, hozirda esa Marokash terma jamoasini boshqarmoqda.

Valid atigi 46 yoshda va Qatarda muvaffaqiyatli ishlasa, uni qaysidir Evropa klubida bosh murabbiy sifatida ko'rishimiz ham mumkin.

Jamoani saralash ciklida Vaxid Xalilxojich boshqardi.

Valid hozirgi joyiga kelganiga ko'p bo'lmadi, shu sabab uning taktik o'ylanmalari va o'yin principlarini tahlil qilish qiyin.

Marokash terma jamoasi sxemasi: Xalilxojich qo'l ostida 3-5-2, Regragi esa 4-2-3-1ni afzal ko'radi.



O'yin uslubi – yuqoridan to'pni uzatish va qanot hujumlari, ko'p zarba.

Xalilxojich qo'l ostidagi so'nggi o'yinlarni ko'rib chiqamiz, sababi turnir boshlanishiga ikki oy qolganda nimadir o'zgarishi qiyin.

Marokash terma jamoasining o'yini JCH-2014dagi Jazoir terma jamoasini eslatib yuboradi. Agressiv va tartibsiz o'yin.

Hujumlar ko'pincha qanotlardan tashkil etiladi va marokashliklar o'sha joyda tezlik va texnikalarini ishlatishga va son jihatdan ustunlikni tashkil etishga urinishadi.

SHuningdek, hujumning dastlabki bosqichida raqib himoyasidagi o'yinchilarning notekis joylashuvidan foydalanish mumkin bo'lgan paytda markazdan o'tishlari ham mumkin.

Jamoa qarshi hujumlar qilishni yaxshi ko'radi. Marokashliklar qarshi hujumga o'tib ketish uchun hamma imkoniyatni kutishadi va buni ko'p sonli o'yinchilar bilan amalga oshirishadi.




Ammo, buning teskari tomoni ham bor –  tayanch hududida hech kim bo'lmagan marokashliklarning dahshatli joylashuvini ko'ring. Top-jamoalar buni tezlik bilan jazolashadi.



Qayd etish kerakki, Marokash pressing ishlatmaydi. Ular jarima maydonchasi yaqinida mudofaalanish uchun orqaroqqa o'tishni afzal ko'rishadi. Hozirda bunday o'ynaydigan jamoalar kam, ammo Marokash – ananaviy uslubga sodiq qolgan jamoalardan biri.




Terma jamoa etakchilari


Ashraf Xakimi – Marokashning asosiy iqtidori.



Ajoyib futbolchi. O'ng qanot himoyasida o'ynab turib, eng ko'p jamoaning hujumiga tasir ko'rsatadi. Xakimi sabab Xalilxojich iqtidorli futbolchidan to'liq foyda chiqarish uchun 3-5-2 sxemasini ishlatgan.

Juda aqlli o'yinchi, shu tufayli u hujumkor poziciyada o'ynamasa ham, o'yindan keyingi protokolda sezilib turadi.

Xakimi terma jamoada 51ta o'yinda 8ta gol urgan.

Ashrafning o'tgan JCHda Ispaniya bilan o'yindagi performansini eslashni tavsiya qilamiz.




Xakimi Ziesh – u hali ham muhim.



Ziesh bir yildan oshiq muddatdan beri Xalilxojich bilan kelishmovchilik sabab termada o'ynamayotgandi, ammo Regragi yaqinda bosh jamoa eshiklari Xakimi uchun yana ochiqligini aytdi.

Xakimi ham pleymeyker rolida, ham standart vaziyatlarda yaxshi harakat qiladi.

Ziesh terma jamoada 40ta o'yinda 17ta gol urgan. Uning o'ng qanotda Xakimi bilan bog'lami marokashliklarning o'yin uslubidagi asosiy muhim faktor bo'lishi mumkin. Ziesh shuningdek hujumchi ortida ham o'ynashi mumkin, bu chiziqda Marokashda muammolar bor.




Yussef En Nesiri – Marokash hujumining oldi.



Yussef birinchi navbatda Marokashning ikkinchi qavatdagi bosh quroli hisoblanadi. Uning roli nafaqat gollar urish, hujum qanotidan o'ynagan holda to'p bilan bo'lish.

En Nesiri butun faoliyatini La Ligada o'tkazmoqda va cheklangan hududdan foydalanishni juda yaxshi biladi. U 192 sm bo'yga qaramasdan egiluvchan va tezkor.

Yussef ikki yil oldin Ispaniyada bir mavsumda 18ta gol urdi, shu sabab uni yomon hujumchi deb atab bo'lmaydi.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: havodagi o'yin, futbolchilarning o'rtacha darajasi.

Zaif tomonlari: maydon markazi, psixologiya, murabbiylik.


Marokashliklar o'yin uslubi raqib va o'z jarima maydonchasi ichida ko'p sonli yuqoridagi kurashlarni o'z ichiga oladi. SHu sabab, "Atlas sherlari"ning bu borada kuchli ekanligi mantiqiy. Marokashliklar havodagi duelda o'rtacha 55% yutadi, bu Uelsdan biroz kam.

Marokashda Evropaning top chempionatlarida o'ynaydigan ko'plab ajoyib o'yinchilar bor. Futbolchilar tashabbus ko'rsatishdan qo'rqmaydilar va bazida o'zlarini noodatiy harakatlari bilan hayratda qoldirishadi, bu esa jamoaviy o'yinni rag'batlantiradi.

Marokashning markaziy hududdagi muammolarini payqamaslik qiyin. Tayanch yarim himoyachilar poziciyasidagi doimiy bo'shliqlar himoyadan hujumga tez o'tish bilan bog'liq. Hujumga o'tishda ham barchasi silliq kechmaydi – marokashliklar markaz orqali emas, qanotlardan o'ynashni afzal ko'rishadi.

Jamoa ichidagi psixologik muammolar ham bor. Asab buzilishlari biz faqatgina mayda ko'radigan narsalar. Hatto 3:0 hisobida marokashliklar foydasiga hal bo'layotgan Kongo DRga qarshi javob o'yinida ham ular doim qo'pol xatolar va keraksiz qo'pol follar qilishdi. Bunday nazorat bilan Qatarda qiyin bo'ladi.

Bosh murabbiy bilan vaziyat maksimal tarzda tushunarsiz. Turnirga ikki oy qolganda murabbiyni almashtirishni tushunish biroz qiyin.


Taxminiy tarkib:



Faysal Faxrning o'rnini Xakim Ziesh egallaydi. Tayanch zonasida esa katta ehtimol bilan Sofyan Amrabat to'p tepadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика