So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  2 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  10 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  190 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  2 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  25

Mundial 2022. Kanada! Yangiliklar

Mundial 2022. Kanada!

Kanada!


Taxallusi – "qizillar".

FIFA reytingida 43-o'rin.

Ikkinchi bor Jahon chempionatiga yo'l oladi.


F guruhi. Raqiblar: Belgiya, Xorvatiya, Marokash.

1-tur, 23 noyabr. Belgiya — Kanada

2-tur, 27 noyabr. Xorvatiya — Kanada

3-tur, 1 dekabr. Kanada — Marokash


Muvaffaqiyatlar


Kanada birinchi va so'nggi bor mundialga 1986 yilda borgan. Ha, o'sha Diego Maradona hayron qoldirgan Meksikadagi turnir. Jahon chempionati debyutantlari juda jiddiy guruhga tushishdi: Lobanovskiy qo'l ostidagi SSSR, buyuk Platiniga ega Franciya va o'zining buyukligi soyasiga duch kelgan kuchli Vengriya.



Kanadaliklar bitta ham gol ura olmagan turnirda, barcha uch o'yinni boy berishdi: francuzlarga 0-1 hisobida yutqazishdi, keyinroq Vengriyaga 0-2 hisobida mag'lub bo'lish va so'nggi turda SSSR bilan 0-2 hisobidagi o'yin.

Kanadaning JCH-86dagi ishtiroki asosiysi g'alaba emas, ishtirok degan gapning yaqqol namunasi. Ha, vatanda ham jamoani iliq kutib olishdi, sababi ular turnirga yo'l olish faktidan xursand edilar.

Kanadaning JCH-86dagi ishtirokiga atalgan kichik video bor.




Endi turnirning butun Kanada futboli uchun ahamiyatini tasavvur qilavering? Katta ehtimol bilan hozirgi muvaffaqiyatlar 86-yildagi avlodsiz bo'lmagan bo'lardi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Jon Xerdman – futbol bo'yicha Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi.



Qiziqarli fakt – Jon Kanada terma jamoasi bosh murabbiyligiga qadar faqatgina ayollar termalarini boshqargan. Faqat ayollarni.

47 yoshli angliyalik ayollar futbolida yaxshi natijalarga erishgan.

Xerdman 2003 yilda Yangi Zelandiyada futbolni rivojlantirish dasturiga qo'shilgan: avvaliga bo'lajak murabbiylarni o'qitdi, so'ngra mamlakatda futbolni rivojlantirish bo'yicha direktor etib tayinlandi.

Jon 2006 yilda futbol bo'yicha Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi va parallel ravishda yoshlar termasini boshqardi.

2011 yilda Kanada futbol federaciyasi angliyalikka ayollar termasini boshqarishni taklif etdi. Xerdman ular bilan darhol Panamerika o'yinlarini yutdi, shundan so'ng – OO'-2012 va OO'-2016da bronzani oldi.


Murabbiyning muvaffaqiyatlari ayniqsa Kanadada ayollar futbolining ommaviyligini hisobga olsa, federaciya rahbariyati etiboridan chetda qolmadi. Natijada Jonga erkaklar terma jamoasi murabbiyligi taklif qilindi va 2018 yilda bu lavozimga tayinlandi.

Xerdman avvaliga yomon boshladi – jamoa KONKAKAF Oltin kubogida Gaitidan mag'lub bo'lib, chorak finalda chiqib ketdi, ammo mutaxassis o'z joyida qoldi, ikki yildan so'ng esa terma jamoani ushbu turnirning yarim finaliga qadar olib bordi.

Xerdman – ajoyib motivator. U futbolchilarga jamoada qulay atmosfera yarata oladi, barcha mavzularda ogoh bo'lishga harakat qiladi va bolalar "tilida" gapiradi.

Kanada terma jamoasi o'yin sxemasi: raqibga qarab tez-tez 4-4-2, kamroq 3-5-2, 3-4-3 yoki 4-3-3.

Umuman, kanadaliklarning asosiy sxemasi haqida gapirish qiyinroq, ular doimo raqibga qarab o'zgarishadi. "Qizillar" AQSHga qarshi 4-4-2 (romb) , Gonduras bilan 3-4-3, Kyurasao bilan o'yinga esa 4-4-2 (klassika) sxemasida chiqishdi.



O'yin uslubi – tezkor futbol, qanotlar orqali hujumlar, sherigining yo'liga pas berish, devor uslubida o'ynash.

Alfonso Devis yo'q bo'lsa, kanadaliklar tez-tez romb yoki maydon markazida uchburchak holatida qanotlarsiz o'ynashadi.

"Qizillar" ham birinchi, ham ikkinchi raqam bo'lib o'ynay olishadi, ammo himoyalanishdan ko'ra hujum qilishni ko'proq afzal ko'rishadi.



Kanada – qarshi hujumlarda juda ham xavfli jamoalardan biri. Ular tez-tez kuchli jamoalarga qarshi raqibning xatosini kutgan holda to'psiz o'ynashadi – bu amerikanlarga qarshi bo'lgani kabi tez-tez ish beradi.




Biroz g'alati bo'lsa ham, kanadaliklarning uslubi ayollar futbolinikiga o'xshaydi. Bazida jamoaning qanday o'ynayotganini tushunish qiyin – barchasi tartibsiz ko'rinadi. Bu yomonmi yoki yaxshi, buni Jahon chempionati ko'rsatadi.


Terma jamoa etakchilari


Alfonso Devis – nafaqat Kanada terma jamoasining, balki mubolag'asiz jahon futbolining super yulduzi.



Devis atigi 21 yoshda, u esa shunchaki qaydnomaga kirib emas, balki "Bavariya" asosiy tarkibi o'yinchilaridan biri sifatida CHempionlar Ligasini yutdi. Aytgancha, Alfonso – CHLni yutgan yagona kanadalik, shunday ekan u allaqachon tarixga kirib bo'lgan.

Unda barcha narsa bor – texnika, aqlbovarqilmas tezlik, atletlik, zarba. Bu yakka o'zi butun qanotni yopa oladigan va kerak bo'lganda markaziy zonada o'ynay oladigan universal o'yinchi.

Devis terma jamoaning hujumida muhim rol o'ynaydi – Jon Xerdman iqtidorli futbolchini himoyachilik majburiyatidan ozod qilgan. SHunday ekan, butun chap qanot Alfonso ixtiyorida, bu uning statistikasida ham o'z aksini topgan – jamoada 12ta gol.

Panamaga qarshi o'yinda Devisning harakatlari.




Jonatan Devid – "qizillar" tarkibidagi yana bir "katta" futbolchi.



22 yoshli hujumchi Liga 1ning asosiy to'purarlaridan biri bo'lishga ulgurdi va "Lill" tarkibi chempionatni yutdi.

Devid terma jamoada 30ta o'yinda 20ta gol urgan – aqlbovarqilmas raqamlar.

Jonatanning asosiy sifatlari: tezlik, dribling, zarba – yaxshi hujumchi bo'lish uchun barchasi. Bundan tashqari, Devid ham o'ng, ham chap oyoq bilan ajoyib tarzda to'pni nazorat qiladi.

Jonatanning qanday qilib "jonglyor" uslubida Panamaga gol urganini ko'ring.




Atiba Xatchinson – Kanada futbolining tirik afsonasi va yuragi.



Atiba, shubhasiz, terma jamoaning qalbi va yuragi hisoblanadi. 39 yoshli "Beshiktosh" yarim himoyachisi milliy jamoada allaqachon 97ta o'yin o'tkazgan. Yosh va jarohatlar baribir o'zini bildirmoqda, ammo Atiba kamida zaxira o'rindig'ida kerak, sababi o'yin sifati va ulkan tajribasidan tashqari, u intizomga javob beradi va yosh futbolchilar uchun namuna hisoblanadi.

Xatchinson hujumni tezlashtira oladi, kuchli va to'pni olib qo'yishni biladi, yaxshi pasga va maydonni ko'ra olish qobiliyatiga, umuman kanadaliklarda etishmayotgan barcha fazilatlarga ega.

Uning qanday aqlbovarqilmas gollar ura olishini ko'ring.




Kayl Larin – KONKAKAF hududida JCH saralashining eng yaxshi to'purari.



Hujum chizig'ining yana bir o'yinchisi va Devidning sherigi. Larinning asosiy poziciyasi – chap vinger, ammo terma jamoada ko'pincha ikkinchi hujumchi sifatida o'ynaydi va bu uning gollar urishiga halaqit bermaydi.

Kayl saralash turnirida 16ta o'yinda 13ta gol urdi va kanadalik hozirda faoliyatining eng cho'qqisida.

Uning asosiy ustun taraflari – poziciya tanlash va ochila olish, Kayl – gol sezish qobiliyatiga ega o'yinchilardan. Larin ham oyoq bilan, ham bosh bilan ajoyib zarba bera oladi. Sababi uning bo'yi uzun (188 sm), bu esa Kanadaga darvozaga gol urish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Larinning odatiy goli.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tezlik, qanotlar, motivaciya.

Zaif tomonlari: mudofaa markazi, tajriba, intizom.


Kanadaliklarning asosiy ustunligi – o'ta tezkor hujumlar. Ular bu masalani cho'zishni yoqtirishmaydi, shu sabab to'pdan tez ajralishadi, shu bilan birga uni tezda qaytarishga harakat qilishadi. Bu ularning foydasiga ishlaydimi yoki raqiblari ularni jazolaydimi – buni faqatgina taxmin qilish mumkin. Kanadaliklar KONKAKAF darajada o'z tezliklari bilan raqibni bo'g'ishni uddalay olishdi, ammo Belgiya va Xorvatiya bilan o'yinlarda buning takrorlanishi haqiqatdan yiroq.

Kanadaliklarning yo'qotadigan narsasi yo'q. Ular yosh, bu yigitlar Kanadaning hozirgi jamoasi kuchli ekanligini va endi hamma ular bilan hisoblashishi kerakligini ko'rsatish istagi bilan to'la. Jamoalar ko'pincha erkinlikka ega bo'lmagan JCH sharoitida bu albatta foyda.

Mudofaa markazi Kanadaning eng zaif nuqtasidir. "Qizillar" ko'pincha hujumga berilib ketishadi va raqiblar vaqti-vaqti bilan bo'sh hududlardan foydalanishadi. Markaziy himoyachilar qanotlarni yopishlari va tayanch zonasini tozalashlari kerak, ammo ularning yuqori bo'lmagan darajasi buni muntazam va maksimal sifatli qilishga imkon bermaydi. Albatta, markaziy himoyachilarni himoya qilgan holda aytish mumkinki, bunday o'yin uslubi jamoaning mudofaasida ehtimoliy muammolarni keltirib chiqaradi, ammo keraksiz xatolar ham o'sha joyda bo'lishni anglatadi.

Intizom kanadaliklarning yaxshi ishtiroki yo'lidagi asosiy to'siq bo'lishi mumkin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика