So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Mundial 2022. Eron! Yangiliklar

Mundial 2022. Eron!

Eron!


Taxallusi – "fors shahzodalari"

FIFA reytingida 20-o'rinda.

Jahon chempionatiga oltinchi marta boradi.


B guruhi. Raqiblar: Angliya, AQSH, Uels

1-tur, 21 noyabr. Angliya — Eron

2-tur, 25 noyabr. Uels — Eron

3-tur, 29 noyabr. Eron — AQSH


Muvaffaqiyatlar


Rossiyadagi Jahon chempionati Eron tarixidagi eng yaxshisi bo'ldi: jamoa to'rt ochko jamg'ardi va guruhda uchinchi o'rinni egalladi. Buni qanday bo'lganini ko'rib chiqsak.

Ispaniya, Portugaliya, Marokash – barchasi ayondek, ikki favorit va ikki autsayder.

Eron ilk turda Marokash bilan to'qnashdi. Bu "shahzodalar" uchun ochko ishlashning yagona imkoniyatidek tuyuldi, ammo barchasi ham bunchalik oddiy emas. Marokashliklar butun o'yin davomida keskinroq ko'rinishdi, ammo bu hisobni ochish uchun etarli bo'lmadi. Final hushtagi yangrashiga bir necha soniya qolganda Marokash hujumchisi Aziz Buxadduz baribir gol urdi. Faqat o'z darvozasiga. 1-0 va Eronning ajoyib g'alabasi.




Keyingi raqib – Ispaniya. Eronliklar zamonaviy futboldagi "qoidaga ko'ra" to'pni ispanlarga berdi va bazida raqib darvozasiga borgan holda, butun etiborini himoyaga qaratdi. 54-daqiqaga qadar chiday olishdi – Diego Kosta rikashet orqali to'pni darvozaga yo'lladi. Ispaniyaning minimal g'alabasi.





Portugaliya bilan o'yinda eronliklarni ispanlar yomon o'ynagan taqdirda durang ham qanoatlantirardi. Portugaliyaliklar hisobda olinda borishayotgandi, ammo "shahzodalar" yana o'yin so'nggida to'p kiritishdi, ammo ular hatto g'alaba qozonishlari ham mumkin edi – Mexdi Taremi qulay vaziyatdan gol ura olmadi. O'yin 1-1 hisobida yakunlandi, parallel o'yinda esa ispanlar Marokash bilan 2-2 o'ynashdi. Yakunda, bir necha daqiqa ichida, Eron birinchi o'rin o'rniga uchinchi o'ringa joylashdi va shu bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi.




Eronliklar xafa bo'lishlari mumkin, ammo JCH-2018 – Eron futboli tarixidagi eng katta muvaffaqiyat.


Murabbiy va o'yin uslubi


Karlush Keyrush – Eron terma jamoasi bosh murabbiyi.

Portugaliyalik faoliyati davomida "Sporting" (Lissabon), "MetroStarz" (AQSH), "Nagoya Grampus" (Yaponiya), "Real" jamoalari bosh murabbiyi bo'lgan va ikki bor MYUda Aleks Fergyusonga assistentlik qilgan. U Erondan tashqari Portugaliya, BAA, JAR, Eron, Kolumbiya va Misr termalarini boshqargan.

Keyrush ilk bor Eron terma jamoasiga 2011 yilning 4 aprelida kelgan va federaciya bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan edi.

Mutaxassis Eronni ikki bor Jahon chempionatlariga boshlab chiqqan — 2014 va 2018 yillarda.

Keyrush "Sporting" bilan Portugaliya Kubogi (1994/95) va Portugaliya Superkubogi (1995)ni qo'lga kiritgan. "Real" bilan esa 2003 yilgi Ispaniya Kubogiga ega chiqqan.

Eron futbol federaciyasi 7 sentyabrda yana uni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi.


Jamoani yaqin-yaqingacha boshqargan Dragan Skochich haqida. Xorvat 2013 yildan beri Eron futbolida, u o'sha yilning 26 mayida "Malavan" bosh murabbiyi etib tayinlangan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Dragan klubni ettinchi o'ringa olib keldi, bu jamoaning 2005 yildan beri Pro-liga (Eronning oliy futbol ligasi)dagi eng yaxshi natijasi. Skochich 2014 yilda mamlakatning amaldagi chempioni bo'lmish "Fulad"ni qabul qilib oldi, ammo jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmadi. U 2018 yilning 16 yanvarida "Xune Be Xune" menejeriga aylandi. U tez orada dastlabki 5ta o'yinda 13 ochko jamg'argan holda, chempionatda birinchi o'ringa chiqib oldi, shuningdek ikkinchi divizion jamoasini Xazfi Kubogi finaliga olib chiqdi. Skochich 2019 yilning iyulida "Sanat Naft" bosh murabbiyiga aylandi va yangi postida atigi 8 oy ishladi. 2020 yilning 6 fevralida u Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Dragan 10ta o'yindagi ehtimoliy 30 ochkodan 25 ochko jamg'argan holda, Eronni Jahon chempionatiga olib chiqa oldi, bu Eron terma jamoasining barcha saralash musobaqalaridagi eng yaxshi ko'rsatkichi.

2022 yilning 11 iyulida Dragan Skochichning istefosi elon qilindi, ammo Eron futbol federaciyasi 17 iyulda o'z qarorini bekor qilgan holda, murabbiyni Jahon chempionati so'nggiga qadar qoldirdi. Mish-mishlarga ko'ra, xorvatni ishdan bo'shatish federaciyaning mahalliy mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlash istagi bilan bog'liq ekanligi, biroq ularning rejasi bir oydan so'ng o'tkaziladigan Eron futbolining yangi prezidenti sayloviga qadar bunday qaror qabul qilishga imkon bermagan qoidalar sabab barbod bo'lgan. Baribir uni birozdan so'ng yana lavozimidan "olishdi".

Skochichning sovrinlar xonasida Xorvatiya Kubogi, shuningdek Sloveniya kubogi va Superkubogi bor. Hozircha barchasi shu.


Eron terma jamoasining taktik sxemasi: 4-1-4-1, kamroq 4-3-3.



O'yin uslubi – mudofaada butun jamoa, hujumda mudofaaning markaziy chizig'ini buzish yoki qanotdan bosim.


Eronning mudofaadan chiqishi Avstraliya variantini eslatadi – tayanch xavbeklar orqali.



Ammo, Avstraliyadan farqli ravishda, bu Eronda turli o'yinchilar bo'lishi mumkin.

Eronliklar deyarli butun jamoa bo'lib himoyalanishadi. Oldinda faqat forvard qoladi, hujum chizig'idagi qolgan o'yinchilar raqib oldinga harakatlansa, yarim himoya chizig'iga o'tishadi.



Eron hujumda odatda hujumchini raqib darvozasi oldiga olib kirish yoki uzoqdan pas yoki zarbalar bergan holda, jarima maydonchasi ichiga xavf solishadi. Eronliklar qanotlar orqali o'ynagan holda, unda son jihatdan ustunlik qilishadi: qanot himoyachisi o'rta chiziqqa ko'tariladi, uning yarim himoyachi sheriklari esa raqib darvozasiga yaqin harakat qiladi.



Uzoq pozicion hujumlarda Eron raqib jarima maydonchasi atrofida devorga o'xshash shaklni yuzaga keltiradi, shu orqali raqibni darvozasiga siqishadi. Jamoa raqibning xatosini kutgan holda, to'pni pas yoki yuqoridan jarima maydonchasi ichiga tashlaydi. Forslarda bunday hujumlar kam sodir bo'ladi, sababi bu ijro, o'yin uslubi bo'yicha qiyin, o'yinchilarning o'rtacha darajasi esa sifatli harakat qilishga imkon bermaydi.


Terma jamoa etakchilari


Serdar Azmun – fors shahzodasi.



Bizga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Eron futbolining bosh yulduzi hisoblanadi. 27 yoshli Serdar milliy jamoada 62ta o'yinda 40ta gol urishga erishgan.

Transfermarkt "Bayer" hujumchisini 22 mln evroga baholamoqda, bu esa uni eng qimmat eronlik futbolchiga aylantiradi.

Azmun – Eronning eng asosiy to'purari. Unga gollar urishda yaxshi sifatlar imkon beradi: ikki oyoqda ham ajoyib to'pga egalik qilish, yaxshi tezlik va texnika, chidamlilik, ikkinchi qavatda o'ynay olish, shuningdek ajoyib o'yin intellekti.

Bo'lajak JCH – forvardning terma jamoadagi faoliyatida eng asosiy musobaqa, ayniqsa muxlislarning ishonchini oqlamagani ortidan kelib chiqqan muxlislar bilan og'ir munosabat fonida.

Videoda Serdarning eng yaxshi gollaridan biri.




Mexdi Taremi – Azmunning sherigi va Eronning JCH-2018da qahramoniga aylana olmagan futbolchi.



Ajablanarlisi shundaki, JCH-2018dan so'ng Taremining faoliyati yuqoriga ketdi.

Hujumchi Portugaliyaga bordi: avvaliga chempionatda "Riu Ave" safida 18ta gol urdi, undan keyin mana "Portu"da uchinchi yilini o'tkazmoqda va bir mavsumda kamida 15ta gol uradi.

Taremi gavdasi va ajoyib bo'lgan noyob bukilishi bilan ajralib turadi. Unda yaxshi zarba, texnika va tezlik bor.

Mexdi 30 yoshda va faoliyatining cho'qqisida turibdi, shu sabab hozir bosh futbol musobaqasida porlashning eng yaxshi vaqti.

Mexdi qanday alday olishini bir ko'ring (afsuski, bu O'zbekistonga urilgan gol)




Alireza Jaxanbaxsh – so'nayotgan yulduz.



Alireza o'tgan mundial oldidan terma jamoaning bosh yulduzi edi.

Vinger 2018 yilda Niderlandiyaning "AZ Alkmar" jamoasida ajoyib mavsum o'tkazdi va APLda "Brayton" safiga o'tdi. Transfer narxi esa 19 mln evroni tashkil etdi.

Iqtidorli yigitning Angliyadagi ishlari yurishmadi, u uch mavsum hujum chizig'idagi o'yinchi bo'laturib, gol+pas tizimida hatto 10 ochko ham jamg'ara olmadi. Jaxanbaxsh 2021 yilda Niderlandiyaga qaytishga qaror qildi va "Feyenoord" libosini kiydi.

Balki Alirezaning futboldagi eng yaxshi yillari ortdadir, ammo endilikda unda katta tajriba va ajoyib o'ng oyoq bor. Sizga buni ko'rishni tavsiya etamiz.




Kuchli va zaif tomonlar


Kuchli tomonlar: hujum chizig'i, havodagi o'yin, jismoniy holat.

Zaif tomonlar: jamoadagi atmosfera, zaif mudofaa chizig'i, yomon pressing.


Hujum chizig'i – Eronning shubhalanish kerak bo'lmagan yagona qismi. Barcha futbolchilar kuchli chempionatlarda o'ynashadi va eng yuqori darajada raqobat qilishadi.

Havodagi kurash va jismoniy holat – Eronni natijaga erishtiradigan qurol. Eronlik futbolchilar atlet va bo'yi baland bo'lishidan tashqari, ular qanotlardan hujum qilishadi va bu tez-tez jarima maydonchasi ichidagi yuqoridagi kurashga olib keladi. Bu terma jamoa o'yinining muhim qismi bo'lib, eronliklar bu evaziga boshlari bilan yoki to'p olib qo'yilganidan so'ng ko'p gol urishadi.

Mudofaa chizig'i juda zaif. Himoyachilar ko'p pozicion xatolarga yo'l qo'yishadi va ko'pinchi raqibning ortidan borgan holda, mudofaa tizimida "teshiklarni" ochishadi. Bu borada o'sish hozircha kuzatilmagan.

Yomon pressing zamonaviy futbolda keraksiz hashamatdir. Eron yomon pressing qiladi, tez-tez hatto urinib ham ko'rmaydi. Hozirda barcha hujum qilishni biladi, shu sabab ayniqsa Jahon chempionatiga boradigan raqibga o'ylashga berish o'zini o'ldirish demakdir.

Jamoadagi atmosfera. Gap shundaki, jamoada bo'linish ro'y bergandek. Azmun bilan yosh futbolchilar guruhi Skochichni qo'llab-quvvatlashmoqda, yoshi katta, jumladan boshqa etakchi Taremi mundialga termani eronlik mutaxassis olib borishi kerak deb hisoblamoqda. Mish-mishlarga ko'ra, barchasiga Eron hukumatining Jahon chempionatida o'zining siyosiy raqibi bo'lmish Angliya va AQSH bilan o'yinda eronlik murabbiy bilan o'zlarini katta raqiblarga qarshi qanday mag'rur millat ekanliklarini ko'rsatishni xohlayotgani sabab bo'lgan. SHu sabab, Dragan Skochichning qisqa vaqtli istefosi ham ro'y bergan.

Bu haqiqatmi yoki mish-mish – buni kam odam biladi. Kim bilsa ham – buni aytmaydi.

Jamoada barchasi ham ko'ngildagidek emasligi malum, bu esa barchasi hal bo'lmasa bo'lajak turnirda muvaffaqiyatsizlikka olib kelish ehtimoli katta degani.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика