Xans-Diter Flik: "Uchta sovrin - boshlanish holos"
15 avg 23:40
Yangiliklar
Xans-Diter Flik: "Uchta sovrin - boshlanish holos"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasi boshqaruvidagi ikkinchi mavsumning boshlanayotgani haqida gapirdi.
Kataloniya klubi nemis murabbiyi qo'l ostidagi ilk mavsumida Ispaniya Kubogi, Superkubogi va chempionati g'olibligini qo'lga kiritdi.
- Birinchi mavsum ikkinchisidan qiyinroq bo'ladimi?
- Ikkinchi mavsum qanday o'tishini ko'ramiz. Bir narsani ayta olaman: qattiq mehnat qilyapmiz.
Biz niyat qilgan sifatli mashg'ulotlarga ham etib keldik. Shunday ruhda davom etishni istaymiz.
Uchta sovrin - bu yakun emas. Bu shunchaki boshlanish. Biz rivojlanishni istaymiz, g'alabalarni ko'zlayapmiz. Gap har bir o'yindagi g'alaba haqida ketmoqda.
Biz barchasini yaxshi tushunib turibmiz, LaLigada raqobatlashish oson emas. Bor kuchimiz bilan ishlashimiz kerak, - dedi Xansi Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar