So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Mundial 2022. Argentina! Yangiliklar

Mundial 2022. Argentina!

Argentina!


Taxallusi – "oq-havoranglar"

FIFA reytingida 3-o'rinda.

Jahon chempionatiga o'n sakkizinchi marta (1930, 1934, 1958, 1962, 1966, 1974-2022 barcha turnirlar) boradi.


C guruhi. Raqiblari: Meksika, Saudiya Arabistoni, Polsha.

1-tur, 22 noyabr. Argentina — Saudiya Arabistoni

2-tur, 26 noyabr. Argentina — Meksika

3-tur, 30 noyabr. Polsha — Argentina


Muvaffaqiyatlar


Argentina besh bor JCH finallarida o'ynagan va ularning ikkitasida zafar quchgan – 1978 va 1986 yillarda.

JCH-1978 "oq-havoranglar" uchun uy turniri bo'ldi.



Qiyin guruh tushdi: Italiya, Franciya va Vengriya.

"Oq-havoranglar" birinchi bo'lib vengerlar bilan o'ynashdi va ularni Leopoldo Luke va Daniel Bertonining gollari evaziga 2:1 hisobida taslim etishdi.

SHu hisob bilan Mishel Platini boshchiligidagi francuzlar ham jabr ko'rishdi. Gollarga Passarella va yana o'sha Luke mualliflik qildi.

Uchinchi o'yin ko'proq rasmiyatchilik bo'lib qoldi, ammo yutqazishni baribir hech kim xohlamaydi. Argentinaliklar Italiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Ikkinchi guruh bosqichida Argentina, Braziliya, Polsha va Peru ishtirok etdi. Birinchi o'rin to'g'ridan-to'g'ri finalga, ikkinchi o'rin esa bronza uchun kurashga imkoniyat berardi. Favoritlar malum.


Argentinaliklar Peruni 6:0, Polshani esa 2:0 hisobida taslim etishdi, ammo Braziliya bilan o'yinda hisob ochilmadi. Braziliya ham guruhning qolgan jamoalarini mag'lub etgani sabab, guruh g'olibligi to'plar nisbatiga ko'ra aniq bo'ldi va bu "oq-havoranglar"ning foydasiga hal bo'ldi.

Finaldagi raqib Niderlandiya bo'ldi. Mario Kempes 38-daqiqada hisobni ochdi, uni saqlab qolishning uddasidan chiqilmadi – niderlandiyaliklar o'yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda hisobni tenglashtirishdi. SHunga qaramay, argentinaliklar overtaymlarda Kempesning ikkinchi goli va Daniel Bertoning to'pi evaziga raqibdan ustun kelishdi.




Argentina terma jamoasi 8 yil o'tib Diego Maradona boshchiligida ikkinchi oltin uchun yo'l oldi.



Argentina A guruhiga tushdi va uning raqiblari Bolgariya, Janubiy Koreya va Italiya edi.

"Oq-havoranglar" osiyoliklarni oson taslim etishdi. 3:1 – Valdanoning dubli va Rujerining goli.

Argentinaliklar Italiya bilan durangga imzo chekishdi. O'yin boshida to'p o'tkazib yuborgan jamoa keyinroq Maradona tufayli hisobni tenglashtirdi.

Argentina uchinchi turda qiyinchiliksiz Bolgariyani mag'lub etdi va o'ziga guruhda birinchi o'rinni kafolatladi – Burruchaga va Valdano gollarga mualliflik qilishdi.

"Oq-havoranglar"ni 1/8 finalda ashaddiy raqib kutib turardi – Urugvay. Qiyin o'yinda barchasini bitta gol hal qildi, uni esa Argentina urdi. Aniqrog'i Pedro Paskulli.




Angliya va Argentina o'rtasidagi 1/4 final o'yini kutilmagan tarzda katta shov-shuv bo'ldi. Bu o'yinda bitta muallif tomonidan ikkita tarixiy gol urildi.

"Xudo qo'li" – Maradonaning goli shunchalik yomon chiqdiki, bunga ishonish qiyin. Hakamning ajoyib feyli esa umrbod eslanadi.

Diego 5 daqiqa o'tib XX asrning eng chiroyli golini urdi. Bu erda gapiradigan narsa yo'q, yaxshisi o'zingiz ko'ring.




Maradona yarim finalda ikkita javobsiz to'p kiritgan holda, Belgiyani uyiga yubordi.




Finaldagi kurash afsonaviy "Acteka" stadionida bo'lib o'tdi va unda argentinaliklar nemislar bilan kuch sinashishdi.


Xose Luis Braun 23-daqiqada "oq-havoranglar"ni hisobda oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo'lib boshida Valdano argentinaliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Final taqdiri haldek edi, ammo... Rummenigge va Feller GFRni o'yinga qaytarishdi. Barchasi boshqatdan boshlanadigan va overtaymlargacha borayotgandek edi, ammo Burruchaga asosiy vaqt tugashiga 5 daqiqa qolganda musobaqa taqdirini hal qildi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Lionel Skaloni – Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi.



Skalonini taniqli murabbiy deb atash qiyin. Argentina terma jamoasidagi faoliyat – uning bosh murabbiylik sifatidagi ilk tajribasi.

Skaloni o'yinchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng tezda avvaliga "Sevilya", keyinchalik Argentina terma jamoasida Xorxe Sampaolining shtabiga kirdi.

Lionel Sampaoli ketganidan so'ng 2018 yilning 2 avgustida Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 30 noyabrda esa bu lavozimga doimiy tasdiqlandi. Skaloni qo'l ostida Argentina terma jamoasi 2019 yili Amerika Kubogida uchinchi o'rin uchun bahsda CHili terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Argentinaliklar 2021 yilgi Amerika Kubogida esa finalda Braziliya terma jamoasini 1:0 hisobida yutgan holda 1993 yildan beri ilk bor xalqaro turnirni yutishdi.

Muhim vaziyat: Argentina terma jamoasi 35 o'yindan beri yutqazmayapti.

Argentina terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor), yoki 4-4-2.



O'yin uslubi: qattiq pressing, ko'plab zarbalar va keskin qarshi hujumlar.

Argentina to'pni egallab olishda, ayniqsa pas va to'pni qabul qilish paytida juda agressiv o'ynaydi.





Hatto Messi ham bosim qilmoqda.



To'pni olib qo'ydi va uni birdan oldinda qabul qilib oldi.



Keyinchalik esa ajoyib pas berdi.



Argentinaliklar bundan ham agressivroq bo'lishsa, o'z jarima maydonchalari atrofida to'pni olib qo'yishga kirishishadi.




Argentina Skaloni qo'l ostida jamoaviy harakatlarni juda ham kuchaytirdi. Bu nafaqat pressingda, balki o'yinlardagi hujumlarga ham taaluqli.

Jamoa oldin bir-birini tushunishda muammoga duch kelayotgandi – Sampaoli noodatiy o'yin harakatlarini singdirishga harakat qildi, o'yinchilar esa nima qilish kerakligini tushunmay qolishdi. Skaloni jamoani hududiy ustunlik kerakligidan xalos qildi va o'z futbolini o'ynashga imkon berdi – hujumga hujum.

Argentina to'pni olib qo'ygan payt raqib qurilishidagi kamchiliklarni zo'r topadi, gap hatto Messida ham emas.

Mana, yugurayotgan Di Mariyaga uzatma.



Bu erda Leoning o'zi sherigini chap qanotga chiqarmoqda va bu golga olib kelmoqda.






Huddi shunaqa vaziyat.




Iqtidorli ijrochilar juda ko'p. Ulardan biri – Enco Fernandes.




Ayrim natijalarni Kopa-2016da Martino qo'l ostidagi va 2019 va 2021 yillardagi Skaloni jamoasiniki bilan taqqoslab ko'ring – kamroq to'pga egalik qilish, kamroq uzatmalar.



Argentinaliklar faol tarzda qarshi hujumlarga qochishadi va bu erda etiborga ko'proq Messi tushadi.




Ammo, shuni qayd etish kerakki, Leoning jamoadagi roli sezilarli ravishda o'zgardi. Oldin Argentinaga qarshi o'yin recepti oddiy edi – nima qilib bo'lsa ham Messini yoping va siz maqsadga erishasiz. Hozir bunday qilib bo'lmaydi. Leo hali ham jamoaning asosiy figura, ammo endilikda o'yin uning atrofida emas, u bilan birga quriladi.

Aytgancha, argentinaliklarda shunday qiziqarli o'ylanma paydo bo'ldi, huddi shu burchak zarbasi kabi.




Yil goli bo'lishi mumkin edi, ammo Di Mariya to'g'ri darvozabon turgan joyga zarba berdi.



Terma jamoa etakchilari


Lionel Messi.



"Oltin to'p"ning etti karra sohibi.

O'z davrining, balki butun futbol tarixidagi eng zo'r futbolchi.

35 yoshida butun Evropa bo'ylab kuchli o'yin ko'rsatmoqda.

Faqatgina Jahon chempionatida g'olib chiqmagan.




Anxel Di Mariya – sehrgar.



Yana bir geniy, ammo biroz kichik masshtabda.

Di Mariya doim qanday soyada qoladi – Ronaldu "Real"da, Messi Argentinada, Neymar va Mbappe PSJda. Ammo, bu unga sehr amalga oshirishga hech qanday halaqit bermaydi va jamoaga natija olib keladi.

Di Mariya xoh zarba yoki uzatma bo'lsin, bitta teginish bilan o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. U buni Kopa va CHempionlar Ligasi finalida ko'rsatgan.

Anxel uchun bu mundial katta ehtimol bilan so'nggisi bo'ladi, ammo Argentinada g'alaba uchun imkoniyatlar kattaligini hisobga olsa, eng muhimi bo'lishi mumkin.

Uning sehrli paslari va zarbalari barcha etibor Leoga qaratilgan terma jamoaning turnirdagi asosiy yutug'i bo'lishi mumkin.




Lautaro Martines – Agueroning o'rinbosari.



Lautaro o'yindan-o'yinga yaxshilanadi. Buni ilg'amay qolishning iloji yo'q, ayniqsa siz "Inter" o'yinlarini muntazam ravishda ko'rsangiz.

U atigi 25 yoshda, shunday ekan terma jamoadagi eng yaxshi yillar hali oldinda, ammo Martines hozirdanoq "oq-havoranglar"ning asosiy hujumchisi hisoblanadi.

U o'yinni o'qish xususiyatini sezilarli darajada yaxshiladi, bu esa uning to'purarlik ko'rsatkichlariga darhol tasir qilishni boshladi. Martines terma jamoada 21ta gol urgan, ulardan 10tasi so'nggi bir yarim yilda.

Lautaroning Qatarda haqiqiy yulduz bo'lish ehtimoli bor.




Kuchli va zaif tomonlari

Kuchli tomonlari: Messi, qarshi hujumlar, bir-birini tushunish.

Zaif tomonlari: ulardan ko'p narsa kutishlari, mudofaa o'yinchilari.


Messi – Argentinadan boshqasida yo'q bo'lgan yutuq. Bu erda biror narsa deyishning hojati yo'q, shunchaki bunday futbolchining bo'lishi jamoani kuchliroq qiladi. U o'yinni olib boradi, vaziyatlar yaratadi va yakunlaydi, namuna bo'ladi va etakchi hisoblanadi.

Argentina qarshi hujumlarda aqlbovarqilmas darajada kuchli. Avvalo shuni qayd etish kerakki, jamoada texnik jihatdan qiyin uzatmalarni amalga oshira oladigan kreativ futbolchilar ko'p va bu qarshi hujumdagi muvaffaqiyat kalitidir. Skaloni bunga qo'shimcha ravishda qarshi hujumlarga ko'proq etibor bermoqda – bu ushbu jarayonda ishtirok etadigan futbolchilar soni va raqibning zaif vaziyatlaridagi bosim darajasi bilan ifodalanadi.

Argentina bir-birini tushunish bo'yicha yangi darajaga chiqdi. Bu ularning jamoaviy pressingi va hujumdagi bir-birini tushunishida yaxshi ko'rinadi. Futbolchilar uzatmalar vaziyatini ideal his qiladi, bir-birini yopishda ajoyib harakat qilishadi va masuliyat bilan o'z vazifalarini bajarishadi. Buni odatda klass etishmaydigan va jamoaviy harakatlar bilan qoplanib ketadigan o'rta darajadagi CHili yoki Kosta-Rika terma jamoasida ko'rishimiz mumkin. Top-jamoalar uchun esa bu noyob hodisa. Aytgancha, yaqinda shu evaziga Evroni yutgan Italiyani eslashimiz mumkin.

Argentinaga katta bosim yuklanmoqda. Ular 36 yildan beri JCHni yutishmadi, hozir esa ko'plar buni qilish uchun eng yaxshi vaziyat deb atashmoqda. Bu bosimni shuningdek Messi uchun bu so'nggi mundial bo'lishi, shuningdek unga Maradona va JCH-1986ni eslatishlari oshiradi. Ko'plar Argentinani favorit deb atamoqda, ammo bu hali qog'ozda. Agar tarkiblarni solishtirsak, argentinaliklar ko'plardan kuchli emas, hattoki kuchsizroq ham. Ular jamoa sifatida kuchli, ammo JCH shunday turnirki, bu erda bir lahzada barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Argentina – favoritlardan biri, ammo aniq eng asosiysi emas.

Yuqorida argentinalik futbolchilarning darajasi haqida biroz gaplashdik, ammo mudofaaga alohida to'xtalish kerak. "Oq-havoranglar" ayniqsa himoya chizig'ida alohida kadrlar inqirozini boshdan kechirishmoqda, ammo bu tariflanayotgandek dahshatli emas. Ha, Argentina terma jamoasida top himoyachilar yo'q. Ammo, yaxshilari bor – Molina, Romero, Pesselya, Otamendi, Talyafiko, Lisandro Martines. Bu qattiy mudofaani qurish uchun keragidan ortig'i. Keling esdan chiqarmaylik, bu terma 35 o'yindan beri yutqazmayapti, Kopa finalida Braziliyani mag'lub etdi va Finalissimada Italiyadan ustun keldi. shuningdek JCH saralashidagi barcha 17ta o'yinda atigi 8ta to'p o'tkazib yubordi. Balki, Argentinada yulduzlar yo'qligiga katta etibor qaratish kerak emasdir – raqamlar buning aksini ko'rsatmoqda.


Taxminiy tarkib:


4-3-3 sxemasi.



Bizning tarkib:


Darvozabon: E. Martines.

Himoya: Talyafiko – Otamendi – Pesselya – Molina.

Yarim himoya: Enco Fernandes – Gido Rodriges (Paredes) - De Paul.

Hujumchilar: Di Mariya – Lautaro – Messi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика