So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Mulohaza uchun mavzu. Xalilovich 10 million evro turarkan, Akrom Komilov-chi? Yangiliklar

Mulohaza uchun mavzu. Xalilovich 10 million evro turarkan, Akrom Komilov-chi?

Yakuniga etib borayotgan haftaning men uchun eng muhim voqeasi Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi azosi Alen Xalilovichning 10 million evro evaziga “Barselona”ga ko'chib o'tgani bo'ldi.
“Barsa” anoyi klublardan emas va nima qilayotganini juda yaxshi biladi. O'ziyam oxirgi o'n kun ichida Xalilovichning Kataloniya klubiga ko'chib o'tishi rosa ko'p gapirildi.

Zagrebning “Dinamo” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi uchun 10 million evro berishga har kimning ham qo'li bormaydi. Umuman olganda, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida Evropa klublari pulni juda avaylab ishlatishyapti. Professional futbolchilar bilan bog'liq transferlarda ham 10 million evro katta pul hisoblanadi. Lekin o'sha o'yinchida nimadir borki, “Barselona” 10 million to'lashga rozi bo'ldi.



Men Xalilovich bilan shaxsan tanish emasman, ammo 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi JCHda uning o'yinlarini yaqindan ko'rganman. Malumki, o'tgan yilning kuzida BAAda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi mundialda Xorvatiya termasi biz bilan bir guruhdan joy olgandi. Guruh o'yinlari yakunida shunday bo'ldiki, Xorvatiya guruhdan chiqa olmadi. Marokash va biz keyingi bosqichga yo'l oldik.

Dilshod Nuraliev shogirdlariga qarshi xorvatlar safida Alen Xalilovich asosiy tarkibda maydonga tushib, adashmasam, o'yin oxirlariga yaqin almashtirilgandi. Menga uning o'yini yoqdi, lekin judayam zo'r deb bo'lmaydi. To'g'ri, individual harakatlari bilan sheriklaridan ajralib turarkan, ammo futbol tili bilan aytganda VUNDERKIND (g'aroyib bolakay) emasdek. Masalan, o'z vaqtida Maykl Ouen shunaqa edi. Ingdiz hujumchisining qanday “portlab” chiqqani esimda.  

Ammo Xalilovich mening nazarimda juda g'aroyib o'yinchi sifatida ko'zga tashlanmadi. Albatta, bitta turnir orqali futbolchiga baho berish etarli emas. Balki u klubi safida yoshlar o'rtasidagi boshqa musobaqalarda yaxshiroq taassurot qoldirgandir. Har holda “Zagreb” mavsum avvalida bekorga shu bolani chempionlar Ligasi zayavkasiga kiritmagan bo'lsa kerak.

BAAdagi jahon chemipionati yakuniga etgach (biz guruhdan chiqdik va Gondurasga mag'lub bo'lib uyga qaytdik), ko'pchilik Dilshod Nuralievdan futbolchilarimizga Evropadan qiziqish bo'ldimi kabi savollarni bera boshladi. O'z navbatida Nuraliev ikki o'yinchimizga qiziqish bo'lganini aytdi. Lekin baribir javob mujmalligicha qolaverdi. Keyin esa Yangi yil bayramidan so'ng JCHda qatnashib kelgan Akrom Komilov Germaniya yoki Avstriya klubiga borarkan degan gap tarqaldi. Oradan ko'p o'tmay, faqat Avstriya varianti qoldi va Akrom Komilovning “Zalcburg” ko'rigiga ketgani haqida yozildi. Mana, o'sha xabar chiqqanidan beri bir necha kun o'tdi va futbolchimiz Avstriyada qoldimi yo qaytib keldimi, qolgan bo'lsa necha pulga sotildi, qaytgan bo'lsa hozir qaysi klubda shug'ullanyapti, xullas bu borada hammayoq jim-jit.



Alen Xalilovich trasferidan 10 million evroni qo'lga kiritgan Xorvatiya klubi aniq yutdi. CHunki 17 yoshli futbolchi uchun har kim ham bunday summadan voz kechavermaydi. Lekin JCHda ularni mag'lub etib keyingi bosqichga chiqqanimiz va kichik mundialda Xorvatiyadan yaxshiroq natijani qayd etganimizni hisobga olsak, bizning o'smirlar jahon bozorida qanchaga narxlanishadi? Ulardan qimmatmi yo arzonmi? Mayli, 10 millionni qo'ya turaylik, 5 million evro turadigan futbolchimiz bormikin? (Germaniyaning transfermarket.de sayti beradigan narxlarga ko'p ham ishonmang. Unda ko'pincha to'qima summalar ko'rsatiladi).

Jurnalist sifatida meni futbol moliyasi har doim qiziqtirib kelgan. Futbol – bu biznes. Yani, sport biznesi. Biz ham bemalol o'yinchi tarbiyalab chetga sotish imkoniyatiga egamiz va buning uyaladigan joyi yo'q. Afsuski, bizda doim falonchi qiziqyapti, pistonchiga o'tarkan kabi mish-mishlardan nariga o'tilmayapti. Ayniqsa, yoshlar va o'smirlar borasida. Oliy liga klublari moliyaviy qiyinchilikdan azob chekishayotgan bir paytda futbolchi tarbiyalab sotish juda katta foyda beradi, lekin qani o'sha o'yinchilar? O'zimizning klublar-ku nuqul tekiniga osilib olishgan, shunday ekan, yo'lini topib ularni chetga sotgan maqul emasmi?

Ushbu maqolani yozishdan maqsad, Xalilovich 10 million evro turarkan, Akrom Komilovning transferi qancha deb uning narxini surishtirish emas, balki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida klublarni ham o'yinchi tarbiyalab chetga sotishga chaqirishdir. Axir shu emasmi, o'z-o'zini taminlash? Men shunchaki JCH-2013 ishtirokchisi Akrom Komilovning Avstriyaga borishidan xabar topgach, uni misol sifatida keltirdim, xolos. Qaniydi, biz bexabar qolib ketsak ham, Avstriya matbuoti “Zalcburg” o'zbekistonlik yosh futbolchi Akrom Komilovni falon summaga sotib oldi deb butun olamga jar solsa. SHuning o'ziyoq bizga katta xursandchilik ato etmaydimi? Xo'sh, bu borada siz qanday fikrdasiz?



Xayrulla XOLIQOV.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика