So’nggi yangiliklar

10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  21 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  5 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  6 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  16 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  6 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  20 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2

Mulohaza uchun mavzu. O'zbekiston OCHL o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkinmi? Mutaxassislar bu borada nima deydi? Yangiliklar

Mulohaza uchun mavzu. O'zbekiston OCHL o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkinmi? Mutaxassislar bu borada nima deydi?

Xabaringiz bor, 27 yanvar kuni Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogi uchun qura tashlash marosimi o'tkaziladi.

Pandemiya tufayli qura paytida barcha ishtirokchi klublarni bir joyga yig'ishning imkoni yo'q. SHu bois qura onlayn tartibda olib boriladi. 

Malumki, bu yildan OCHL guruh bosqichida 32ta emas, balki 40ta jamoa qatnashadi. SHunda G'arb mintaqasida 5ta, SHarq mintaqasida ham 5ta guruh bo'ladi. G'arbdagi guruh o'yinlari 14-30 aprel kunlari bo'lib o'tadi. OFK OCHL guruh uchrashuvlarini "uy-mehmon" tarzida o'tkazish uslubini saqlab qolgan, faqat avvalgi yillardagidek uyda qabul, mehmonga bor kabi bo'lmaydi. Yani, guruh o'yinlari ham markazlashgan tartibda o'tadi. 

Faqat hozircha OCHL bahslarining markazlashgan tartibda qaysi davlat yoki nechta davlatda o'tkazilishi aniq emas. Bizga malum bo'lishicha, bu quradan keyin o'yinlarni o'zida qabul qilish o'tkazish istagida bo'lgan davlatlar bilan muzokaralardan so'ng elon qilinadi. SHu o'rinda savol tug'iladi: modomiki bu yilgi OCHL markazlashgan tartibda tashkil etilar ekan, G'arb mintaqasidagi bitta yoki ikkita guruhni O'zbekiston qabul qilishi mumkinmi? 

Aytaylik, biz U-19 Osiyo chempionatini shu yilning mart oyida O'zbekistonda o'tkazmoqchi edik. Biroq OFK qarori tufayli bu musobaqa o'tkazilmaydigan bo'ldi. Navbatdagisi mezbonlik huquqi O'zbekistonda saqlanib qolish sharti bilan 2023 yil tashkil etiladi. 

Hozir esa ham o'zimizdagi vaziyatni tekshirib olish, ham amaliyot bo'lishi uchun bu yilgi Osiyo chempionlar ligasini qabul qilsak bo'ladimi? Va agar qabul qilish imkoni yuzaga kelsa, buning uchun sharoitlar etarlimi? Mana shu ikkita asosiy savolga javob olish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik.

 

Avaz Berdiqulov, OFK xodimi: 

- "O'zbekiston OCHL guruh o'yinlarini bemalol qabul qilishi mumkin va bunda hech qanaqa muammo ko'rmayapman. Albatta, 27 yanvar kuni bo'ladigan quradan keyin o'yinlar qaysi mamlakatda o'tkazilishi elon qilinadi. Bizdagi sharoitlar chakki emas, faqat hamma gap O'zbekiston qiziqish bildirgan guruhga boshqa davlatning ham qiziqish bildirishida. Aytaylik, "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar Toshkentda bo'lib o'tishiga hech kim qarshi emas, lekin "Paxtakor" guruhida Qatar klubi bo'lsa va Qatar ham mezbonlikka taklif bersa, unda OFK har ikki tomon sharoitlarini o'zaro solishtirib chiqadi". 


Alisher Nikimbaev, Qatar FA xodimi: 

- "Menga malum bo'lishicha, OFK shundoq ham birdan ortiq mamlakatda guruh o'yinlarini o'tkazmoqchi. CHunki bitta mamlakatda shuncha o'yinlarni o'tkazish oson bo'lmaydi. Masalan, o'zim ishlaydigan Qatar misolida aytadigan bo'lsam, biz hozir tayyor emasmiz. CHunki bu erda stadionlarni musobaqalarga tayyorlab borish bo'yicha maxsus dastur tuzilgan va hamma shu bo'yicha ishlaydi. Bemalol aytishim mumkin, Qatar aprelda OCHLni qabul qilish uchun tayyor bo'lmaydi". 

- "OFK musobaqalar o'tkazish qo'mitasi qaroriga ko'ra, OCHL qurasidan keyin, yani kim qaysi guruhda joy olgani malum bo'lganidan so'ng OFK o'yinlarni kim o'zida qabul qilishi bo'yicha davlatlarga taklif bilan chiqadi. SHunda bemalol O'zbekiston ham mezbonlik huquqini olishi mumkin". 

- "SHaroitlar haqida gapiradigan bo'lsam, masalan 2008 va 2010 yilgi O'zbekistonda o'tgan U-16 Osiyo chempionatida ikkitadan to'rttagacha kiyim almashtirish xonalaridan foydalanganmiz. SHunday bo'lganki, bitta o'yin tugadimi, jamoalar stadiondan chiqib ketishi bilan kiyinish xonasini keyingi keladigan jamoalar uchun tayyorlab qo'yardik". 

- "Lekin hozir vaziyat boshqacha. Birinchidan, har bir kiyim almashtirish xonasini jamoalar kelishiga malum vaqt qolganda dezinfekciya qilish shart bo'ladi. Bu esa yana qo'shimcha vaqtni oladi. Va buning uchun o'yinlar orasidagi farq to'rt yarim - besh soat bo'lishi kerak. SHunda bitta o'yin soat 13:00da boshlansa, ikkinchi bahsni 18:00da boshlashga to'g'ri keladi. Aytmoqchi bo'lganim, bu agar o'yinlar bitta stadionda o'tkazilsa". 

- "Agar boshqa o'yingohlardan ham foydalanilsa, unda boshqacha variant ko'rib chiqiladi. Bu o'rinda asosiy muammo bu - mehmonxonalar deb o'ylayman. Nima uchun? CHunki OFK talabiga ko'ra, klublar istiqomat qiladigan mehmonxonaga boshqa shaxslarning kirishiga va yashashiga ruxsat berilmaydi. Qatarda o'tgan OCHL bahslarida bitta mehmonxonada oltita jamoa turdi. To'g'ri, qiyinchiliklar bo'ldi, lekin vaziyat shuni taqozo etgandi". 

- "Bu o'rinda O'zbekistonda ham to'rtta jamoa birga turadigan bitta mehmonxona topish kerak bo'ladi. Bundan tashqari hakamlar va OFK xodimlari uchun ham alohida mehmonxona kerak. SHu bois asosiy muammo stadionlarda emas, balki mehmonxonalarda deb o'ylayman". 

- "Yana bir masala bor. Bu har o'yindan oldin test topshirish masalasi. Malumki, OFK G'arb mintaqasidagi guruh o'yinlarini 14-30 aprel oralig'iga qo'ygan. Bu degani 14-15, 17-18, 20-21, 23-24, 26-27 va 29-30 aprel kunlari guruh bahslari o'tkaziladi. Agar "Paxtakor" o'ynaydigan guruh uchrashuvlari Toshkentda o'tadigan bo'lsa, jamoalar aeroportga kelganidan boshlab toki o'yinlar tugamaguncha kamida 8 marta koronavirusga test topshirishlari kerak bo'ladi. O'tgan yil Qatarda jamoalarni ko'p marta testdan o'tkazdik. Bu o'rinda klublardan tashqari hakamlar, OFK xodimlari, tashkilotchilar ham borligini unutmaylik". 


Ahmed Tillaev, O'FA xodimi:

- "Markazlashgan tartibdagi OFK musobaqalariga bitta guruh o'yinlari uchun bitta stadion va ikkita mashg'ulot maydoni etadi. Toshkent sharoitida bemalol 2-3ta guruhni qabul qilsa bo'ladi. CHunki bizda yaxshi holatda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va poytaxt viloyatidagi AGMK stadionlari bor".

- "U-19 Osiyo chempionati mezbonligini qabul qilish uchun zayavka berganda ham shularni inobatga olgandik. O'zbekiston sharoitida bitta guruhni Namangan viloyatiga berish mumkin. Faqat bazi stadionlardagi yoritish tizimini yaxshilab qo'ysak bo'lgani". 

- "OFK menimcha, bu yilgi OCHL mezbonligini ikki yoki uchta davlatga bersa kerak. To'g'ri, Osiyo chempionlar ligasida talab yuqori, buni hamma biladi, lekin bemalol o'tkazish mumkin. Masalan, OFK Kubogini o'zimizda muammosiz qabul qila olamiz". 


Muxammad Sodiq Sodiq-Oxunov, O'FA xodimi: 

- "Albatta, quradan keyin barcha associaciyalar musobaqani qabul qilishga taklif olishadi. Va bu o'rinda O'zbekiston OFK uchun har tomonlama qulay deb o'ylayman. SHaxsiy fikrim, bizga faqat bitta guruhni qabul qilish berilishi mumkin. Stadion yoki mehmonxonalar bo'yicha muammo yo'q, faqat yaxshi mashg'ulot maydonlari etmay qolishi mumkin".


Bahodir Mirzaev, AGMK xodimi: 

- "O'ylaymanki, OCHL guruh bahslarini o'zimizda qabul qilsa bo'ladi. Masalan, Toshkent bemalol qabul qila oladi. Qarshida ham ajoyib stadion bor. Mashg'ulot uchun ham ularda ikkita yaxshi maydon bor". 

- "Agar bitta guruhni qabul qilsak, ikkita maydon etarli deb o'ylayman. Lekin mehmonxona bilan bog'liq savollar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari hakamlar, tashkilotchilik, TVda to'g'ridan to'g'ri efir muammosi bo'lmasa bo'lgani. Menimcha, bitta guruh Toshkentda, bitta guruh Qarshida yig'ilsa bemalol o'yinlarni o'tkazsa bo'ladi". 

- "Agar ikkita guruh bahslari Toshkentda o'tadigan bo'lsa, unda bazi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun 8ta jamoaga stadionlar kerak bo'ladi. Lekin mashg'ulot uchun maydonlarimiz etarli. Umuman olganda, O'zbekiston OCHLni qabul qilishi mumkin, lekin OFK bizga bermasa kerak". 

- "O'tgan yil Doxada o'tkazilgan o'yinlarga OFKning 20-30 nafar xodimi borgan deb eshitdim. Volontyorlar esa Qatar FA yordami bilan jalb qilingan. Agar bizga bitta yoki ikkita guruhni berib, qolgan guruhlar boshqa joyda o'ynasa, OFK xodimlari etmasa kerak deb o'ylayman. SHu bois OFK bitta yaxlit joyni tanlaydi degan taxmindaman".

- "Menimcha, OCHL guruh bosqichi mezbonligi Saudiya Arabistoni yoki BAAga berilsa kerak. Eronda o'tkazish qiyin deb o'ylayman. Lekin bizda ham o'tkazsa bo'ladi. SHunda o'z imkoniyatlarimizni sinab olgan bo'larmidik. Test olish, jamoalarni mehmonxonaga joylashtirish, avtobus, translyaciya bo'yicha Toshkent juda qulay. Faqat bu o'rinda o'zimizning klublar qiynalib qoladi, chunki Superliga ketayotgan bir paytda maydonlar o'zimizga ham kerak bo'ladi". 


Sardor Akramov, "Lokomotiv" xodimi: 

- "OCHLni o'zimizda qabul qilish - bu chetdan turli millat odamlari kirib keladi degani. Hozirgi pandemiya sharoitida hukumat bunga ruxsat beradimi-yo'qmi, bu eng asosiy masala. Koronavirus bo'yicha bizda tezkor guruh ishlayapti va ularning ham fikri muhim ahamiyatga ega. Agar O'zbekiston hukumati OFK bilan kelishgan holda qabul qiladigan bo'lsa, Toshkentda bemalol o'tkazsa bo'ladi. Boshqa shaharlardan faqat Qarshiga berish mumkin". 


Behzod Nazarov, "Paxtakor" xodimi:

- "O'zbekiston OCHL o'yinlarini qabul qilishi mumkin, faqat buning uchun avvalambor O'FA shuni hoxlashi kerak deb o'ylayman. OFKning pandemiya sharoitida musobaqalarni o'tkazish bo'yicha maxsus protokoli bor. Agar barcha shunga amal qilsa, bemalol o'yinlarni o'zimizda qabul qilsak bo'ladi. O'tgan yil Qatarga borganimizda protokolga to'liq amal qilgandik". 


Narzulla Saydullaev, saytimiz muharriri:

- "O'zbekiston OCHLning bitta guruhini o'zida qabul qilishi mumkin deb o'ylayman. To'g'ri, ikkita yoki undan ko'proq guruhga mezbonlik qilishimiz mumkin, biroq bunda faqat Toshkent emas, qolgan shaharlardagi stadionlar ham kerak bo'ladi". 

- "OFK ayni paytda klublarni COVID-19dan himoya qilishga alohida etibor bermoqda va klublarning bir shahardan ikkinchisiga ko'chib yurishini oqlamasa kerak. SHunday ekan, Toshkentning o'zida bitta guruhni qabul qilsa bo'ladi. Bunda o'yinlar uchun ikkita stadion va mashg'ulot maydonlari bor. To'rtta klub va hakamlar uchun mehmonxonalar ham etarli, nazarimda".

- "SHaroitlar masalasiga kelsak, "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" OCHLda uzoq yillar ishtirok etgan. O'sha vaqtda klublarimiz OFKning talablarini bajara olishgan. Lekin hozirgi paytda koronavirusdan himoyalanish birinchi o'ringa chiqqan va izolyaciya sharoitini yaratib berishga qodirligimizni isbotlasak bo'lgani". 

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика