So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  149 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Mulohaza: Klublarimizga yana qancha vakt kerak? Yangiliklar

Mulohaza: Klublarimizga yana qancha vakt kerak?

Inchxonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi poytaxt yig'inini yakunladi.
Yig'in doirasida Mirjalol Qosimov shogirdlari oliy liga klublariga qarshi to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, hammasida g'alaba qozonishdi.

“Paxtakor” bilan bo'lgan nazorat bahsidan so'ng Mirjalol Qo'shoqovich saytimizga intervyu berar ekan bir gapni aytib o'tdi. “Klublar deyarli yil bo'yi birga bo'lishadi, terma jamoa esa oz muddatga yig'iladi, shu bois sakkiz kun ichida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimizga to'g'ri keldi. Bundan ko'zlangan maqsad: Osiyo o'yinlariga boradligan tarkibni aniqlab olish va to'g'ri o'yin uslubini yo'lga qo'yib olishdir”, - dedi Mirjalol Qosimov.

Endi bunday o'ylab qarasak, qisqa muddatda yig'ilgan O'zbekiston (U-23) terma jamoasi to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida “Navbahor” (5:1), “Metallurg” (2:1), “Paxtakor” (6:0) va “Olmaliq” (2:1)ni mag'lub etdi. Mana shu o'rtoqlik o'yinlarining uchtasini bevosita stadionda kuzatib, nafaqat terma jamoa, balki klublarning ham o'yiniga etibor qaratdim.

Mirjalol Qosimov aytganidek, klublarning yig'ilganiga qancha bo'ldi-yu, terma jamoa yig'ilganiga qancha bo'ldi? Oliy liga jamoalari o'tgan yilning dekabridan yangi mavsumga hozirlik ko'rishni boshlashdi, birinchi davrada 13ta o'yin o'tkazishdi, shuningdek Kubok bahslarida ham maydonga tushishdi. SHunga qaramay, yig'ilganiga endi bir hafta bo'lgan terma jamoani to'rtta klubning birortasi enga olmadi.

To'g'ri, o'rtoqlik uchrashuvlarida natija muhim emasdir, ammo o'yin uslubi-chi? Oliy ligada 13ta o'yin o'tkazgan klub bilan bir hafta oldin yig'ilgan terma jamoa orasida farq bo'lishi kerakmi-yo'qmi? Osiyo o'yinlarida qatnashadigan terma jamoamiz men ko'rgan har uchala o'yinda ham yaxshi harakat qildi. Yigitlar tezda bir-birlarini tushunib olishyapti. O'yin uslubi ham jonliroq ko'rinishga ega. Nasib qilsa bu jamoa Inchxondan oltin medallar bilan qaytadi. Mirjalol Qosimov 1991, 1992, 1993 yillarda tug'ilgan eng ko'zga ko'ringan futbolchilarni tarkibga jalb qilib, kuchli jamoa tuzishga harakat qilyapti.

Ammo oliy liga klublari masalasi doimgidek boshog'rig'iligicha qolmoqda. Masalan, birinchi o'yinda “Navbahor” aytarli qarshilik ko'rsata olmadi. Hartugul “Metallurg” tengma-teng kurash olib borishga intildi, “Paxtakor” esa kutilmaganda o'z darvozasidan javobsiz oltita to'p o'tkazib yubordi. SHunday ekan, savol tug'iladi: o'tgan olti oydan beri klublar nima qilyapti o'zi? Bosh murabbiylar o'zlari xohlagan futbolchini qo'lga kiritgan bo'lsa, o'zlari xohlagan taktikani jamoaga singdirgan bo'lsa, yaxshi o'yin namoyish etish uchun ularga yana nima kerak?

Jahon miqyosida klublar kuchlimi yo terma jamoalarmi? Bu savol ko'p marta berilgan va bundan keyin ham beriladi. Klublarda yosh chegarasi yo'q, ular istalgan futbolchini tarkibga qo'shib olish imkoniyatiga egalar. Terma jamoa esa mamlakatdagi eng zo'rlarni o'z tarkibiga yig'adi xolos. Terma jamoada boshqa davlat fuqarosi o'ynay olmaydi, lekin klubda bemalol to'p tepishi mumkin. Oliy ligada 13tadan o'yin o'tkazgan to'rtta klubning birortasi ham O'zbekiston terma jamoasini enga olmadi. Bu nimadan darak beradi? Terma jamoa birdaniga kuchayib qolganidanmi yoki klublarning o'yini haliyam o'smaganidanmi?

Mirjalol Qosimovga shunga yaqin savol bilan murojaat qilganimda, terma jamoa bosh murabbiyi toki rasmiy o'yin o'tkazmaguncha terma jamoaning kuchini ayta olmasligini malum qildi. To'g'ri, rasmiy o'yin baribir ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Ammo klublar bir nechtalab rasmiy bahsda maydonga tushishdi-ku, ularga yana nima kerak? Yoki savolni boshqacha qo'yadigan bo'lsak, o'z o'yinini topib olish uchun oliy liga klublariga yana qancha vaqt zarur bo'ladi? Mana shu to'rtta jamoa ko'rsatgan o'yindan kelib chiqib aytishimiz mumkin, oliy liganing boshqa klublari ham shu ahvolda. Hech kim keskin tarzda kuchayib ketgani yo'q. Mana, shu haftaning oxirida ikkinchi davraga start beriladi. Klublar o'z o'yinlarini topib olish uchun hammasi yana boshqatdan boshlashadimi yoki o'zlarining qashshoq o'yinlari bilan muxlislarni xursand qilib yuraverishadimi?

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика