So’nggi yangiliklar

21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  6 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  6 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  232 20:47Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА ўзаро баҳс олиб боришмоқда. Файзуллаев ва Раҳмоналиев асосий таркибда (онлайн ҳисоб)  0 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  7 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  14 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0 18:28МЮ 70 миллион еврога сотиб олган футболчи умумий машғулотларга қўшилди  1 17:50Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz"ни мағлуб этди ва плей-оффга йўлланма олди  2 17:45"Лилль" ҳужумчиси ЕЧЛда грандлар кушандасига айланмоқда  1 17:25"Барселона"нинг юлдузли таркибидан кимларни танидингиз?  38 17:10Қатар МТЖ футболчиси: "Ўзбекистон биздан аламини олмоқчи"  19 16:55Про лига. "Дўстлик" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди   1 16:48Анчелотти Фергюссонга етиб олди  2

Mulohaza: FIFA va Blatter: Bosh futbol tashkilotining shaxsiy ovunchoqqa aylantirilishi Yangiliklar

Mulohaza: FIFA va Blatter: Bosh futbol tashkilotining shaxsiy ovunchoqqa aylantirilishi

Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan 2014 yilgi jahon chempionatiga start berildi.
Hayajonli holatlarga boy uchrashuvni 95 foiz muxlislar tomosha qilishgani aniq. Men o'yin va undagi bazi jihatlarga etibor qaratmoqchiman.

Birinchi o'rinda Braziliyadagi tashkilotchilik va sharoitlar xususida. Jahonning ko'plab mamlakatlaridan borgan OAV xodimlari jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar JARdagidan yaxshi emasligi to'g'risida gapirib o'tishmoqda. Terma jamoalar ham bazi muammolarga duch kelgan. Sayrga chiqish cheklangan, CHili istiqomat qilayotgan mehmonxonada taomlar borasida kamchiliklar uchrabdi. JARdagi jahon chempionatiga borgan bazi jurnalistlar Qatardagi Osiyo Kubogiga ham tashrif buyurgan va Qatardagi tashkilotchilikdan lol bo'lib qolganliklarini gapirib o'tishgandi. Blatter futbol oilasiga dushman qilib ko'rsatishga urinayotgan Bin Hammam Osiyo Kubogi tashkilotchilik darajasini FIFAning jahon Kubogidan yaxshiroq saviyaga olib chiqa olgandi. SHveycariyalik qariya esa FIFAda qanday o'yinlar qilayotganini 1990-yillardan beri kuzatib kelyapmiz. U bir necha bor korrupciya va popa olishda ayblangan, JCHning telehuquqlarini sotishdan tortib uni o'tkazish huquqiga ega bo'lgan mamlakatlardan pul olishda gumon qilingan. Lekin hozircha hamma ayblovlardan quruq chiqib kelyapti. 2002 yil hakamlar Janubiy Koreya terma jamoasining qulog'idan tortib, yarim finalgacha olib chiqishgandi. O'ylashimcha, bu ishlar Blatterning ko'magisiz bo'lishi mumkin emasdi. Mafiya va narkotik sotuviga aralashgan hakamni JCHga taklif qilish Blatter boshchiligidagi insonlarning katta xatosi edi. 2006 yil esa u nimagadir kubokni g'olib Italiya terma jamoasiga topshira olmagandi. Uning o'rniga Lennart Yuxansson maydonga tushib kelgandi. Balki, Blatterning italyanlar bilan yomon munosabati bunga to'siq bo'lgandir. Hammamni yo'q qilgan Blatter endi Platiniga qarshi kurash boshlamasa edi. Braziliyada o'tgan FIFA kongressida UEFA davlatlaridan tashrif buyurgan vakillar Blatterga qarshi noroziliklarini ochiqchasiga namoyish etishdi. Ular FIFA prezidentining nutqidan keyin uni olqishlamagan holda jimgina o'rinlarida o'tirishdi. SHuningdek, UEFA yig'ilishida uni ochiqdan-ochiq tanqid qilib o'tishdi.

Aslida FIFAning Braziliyaga jahon chempionatini o'tkazish huquqini qanchaga sotgani hech qachon malum bo'lmaydi. CHunki musobaqa boshlangandan keyin ham stadionlarda qurilish ishlarini davom ettirayotgan davlatga shunday yirik turnirni ishonib topshirish mumkinmi? Qatardan JCHni tortib olish haqida uning o'zi OAV xodimlariga bazi malumotlarni oshkor etgan bo'lsa, bundan ajablanmayman. Uning FIFA prezidenti etib saylanishida Hammam ko'p ovozlarning Blatterga berilishiga erishgan. Lekin bu ishlarni taftish qilishga yo'l berilmadi. Aksincha, vaqti kelib u Hammamni futboldan chetga surib qo'ydi. Bunday inson jahon futbolining bosh tashkilotiga rahbarlik qilishga noloyiq.

Kecha Nishimura bilan bog'liq bergan holatga etibor qilsak, unga qandaydir ko'rsatma berilgan bo'lishi mumkin. Yuqoridan. Penalti, Xorvatiyaning bekor qilingan goli, turli shubhali qarorlar - barchasi bekorga emas. Biror hakamning o'z-o'zidan shunday qarorlar qabul qilishiga ishonasizmi? Futbolda anchadan beri yurgan inson sifatida javobim, yo'q. FIFA ochilish uchrashuvida Braziliyaning mag'lubiyatga uchrashi yoki g'alabasiz qolishiga yo'l qo'ya olmasdi. Pletikosa to'pni qaytarganda penaltin qaytadan teptirilishi yoki keyinroq yana bir penalti belgilanishi aniq edi. Nishimura kecha shunchaki buyruqni bajaruvchi insonga aylandi xolos. Aslida ayb yaponiyalik referida ham emas. Bayron Moreno, Gamal Gandurlarning o'rnini bu safar boshqa hakamlar egallaydi.

Albatta, Blatterning futbol uchun amalga oshirgan yaxshi ishlari ham bor, biroq FIFAni o'zining shaxsiy ovunchog'idek istagan tarafiga yurgazishi noto'g'ri. Ko'ramiz, Blatterning bizga tayyorlab qo'ygan yana qanday sovg'alari bor ekan.

Behzod Nazarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика