So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  0 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

Muhtor Qurbonov: "Biz bugun haqqoniy g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Muhtor Qurbonov: "Biz bugun haqqoniy g'alabaga erishdik"

“So'g'diyona”-“SHo'rtan” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiyi Muhtor Qurbonov ishtirok etdi.

– O'ylaymanki bugungi o'yin ancha qiziqarli bo'ldi. Ochkolar har ikkala jamoaga ham kerak edi. Biz bugun haqqoniy g'alabaga erishdik. Uydagi o'yinimizda “Neftchi” ustidan qozonilgan g'alaba yigitlarni ancha ruhlantirgandi. “So'g'diyona” ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Faqatgina o'sha ikkinchi bo'limda kiritilgan tezkor ikki gol bizga foyda keltirdi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga katta rahmat aytaman.

– Ikkinchi davrada birinchi davrada yo'l qo'ygan hatolarimizni to'g'irlashga harakat qilayapmiz. Imkon qadar hujumkor o'yin ko'rsatayapmiz. “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalari bilan bo'ladigan o'yinlardayam ikkita hujumchi bilan harakat qilamiz. Bunda esa himoyachilarimizga ham engilroq bo'ladi.

– “So'g'diyona” oliy ligada qolishga bemalol kuchi etadi deb ayta olaman. Futbolchilarning barchasi mahalliy va yosh yigitlardan tashkil topgan. Faqatgina mahorat bobida biroz omad etishmayapti. Eng asosiysi yigitlarda shijoat bor.

– Meni o'zim ham futbolchilik davrlarimda Jizzaxda o'ynaganman. O'sha vaqtlari ham stadion muxlislar bilan to'lib toshardi. Jizzax xalqi futbolni judayam yaxshi ko'radi. Man o'z shogirdlarimni ham ogohlantirgandim. Stadion muxlislarga to'ladi, hayajonlanmasdan harakat qilinglar, deb. Garchi men raqib jamoa vakili bo'lsam ham muxlislarga havasim keldi. Ularga o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat aytaman.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика