So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Muhsin Nizomidinov: "Juda ko'pchilik O'zbekistonda futbol saviyasi past, deb o'ylaydi" Yangiliklar

Muhsin Nizomidinov: "Juda ko'pchilik O'zbekistonda futbol saviyasi past, deb o'ylaydi"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng (0:2) mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomidinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- O'yin biz kutganday bo'ldi. Jizzaxliklar o'tgan mavsumdagi singari joriy yil ham o'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan jamoa sanaladi. Biz rotaciya qildik. Sababi, mavsum uzoq davom etadi va bizni ko'p bellashuvlar kutib turibdi. Menda yigirmadan ortiq futbolchi bor, ularning holatini ko'zdan kechirib olishimiz kerak. 

Tablodagi hisob o'yinga mos bo'lmadi. Men mutlaqo boshqa natija kutgandim. Yigitlar imkon qadar harakat qilishdi, ularga etirozim yo'q. Nega desangiz, tarkibdagi bazi yigitlarga endi imkoniyat berdik. Tajriba o'z so'zini aytdi. Raqib jamoadan 8-raqam (Vladimir Yovovich — tahririyat) yaxshi taassurot qoldirdi. Birinchi bo'limda Zafar Akromov birinchi bo'limda jarohat olib, maydonni tark etdi. SHundan so'ng, o'ng qanotda biroz muammolar yuzaga keldi. Lekin yigitlar o'ynamadi. Individual mahorat o'z so'zini aytdi.

- "Qo'qon-1912" "So'g'diyona"dan bir bosh ustunroq o'ynadi, biroq gol ura olmadi. Buni futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qligi bilan izohlash mumkinmi yoki jamoaga omad etishmadimi?

- Futbolda katta rol o'ynaydigan jihat — omad. O'zingiz aytganingizdek, yaxshi o'ynadik va shogirdlarimga etirozim yo'q. Yigitlarda ishonch etishmadi deyish nojoiz, aksincha, ularda o'ziga bo'lgan ishonch oshib ketdi, natijada birdamlik etishmadi. Birinchi bo'limning o'zida 2-3 ta golli vaziyatlar yuzaga keltira oldik. Ushbu taymda ustunroq o'ynadik. Ikkinchi 45 daqiqalik teng kurashlar ostida o'tdi. Bizda yangi jamoa shakllandi. SHu tufayli, biroz qiyinchiliklar mavjud. Vaqti kelsa, hammasi iziga tushib ketadi.

- Boshqa jamoalarda ham qo'qonlik yigitlar to'p tepishadi. Ularni selekcionerlar kuzatib boryaptimi?

- Biz oldimizga katta maqsad qo'yganmiz. Sekin-asta infrastruktura shakllantirilyapti. Birinchi davra yakuniga hali ancha muddat bor. Biroq selekciyani qishdan boshlaganman. Qo'qonlik yoshlarga taklif bilan chiqish rejamiz bor. Bizga yana 2-3 nafar sifatli futbolchi zarur. 

- Agarda Bolqon mamlakatlaridan futbolchi taklif etish rejasi bo'lsa, nomzod kamida Lyupche Doriev ("So'g'diyona futbolchisi — tahririyat) singari bo'lishi kerak.

- Albatta, bu borada rahbariyat bilan maslahatlashib ish tutamiz. Juda ko'pchilik O'zbekistonda futbol saviyasi past, deb  o'ylaydi. Biroq hozir mamlakatimizda bu borada katta o'sish mavjud. Superliga va Pro ligada oddiy jamoa qolmadi. Infrastruktura ham deyarli barcha jamoada bir xil darajaga chiqdi. Raqobat kuchli. Endilikda o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Siz aytganingizday, ligamizga to'g'ri keladigan legioner futbolchilarni ham qidiramiz. 

- O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida jamoaga kelib qo'shilgan Asadbek Zokirjonov nega bu yil ko'rinish bermayapti?

- Asadbek Zokirjonovning yuragi bilan bog'liq muammolar bor edi. Unga qishki tibbiy ko'rik chog'ida shifokorlar o'ynash uchun ruxsat bermadi va u bir oy shug'ullanmadi. Agar futbolchi bir hafta tayyorgarliksiz qolsa, maydonda bilinib qoladi. Asta-sekin u yana tiklanib bormoqda. 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика