So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Muhsin Nizomiddinov: "Raqib futbolchisining zarbasini Oliver Kan ham qaytara olmasdi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Raqib futbolchisining zarbasini Oliver Kan ham qaytara olmasdi"

Pro liga 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Yunired" uchrashuvidan (2:1) so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Bugun natija biz tomonda bo'ldi. Uchrashuv qiyin ruhda o'tishini bilardik. "Yunired" yaxshi jamoa. Biroz qiyinchilikka uchradik, shunga qaramay, g'alabaga erishdik. Bundan xursandmiz. 

- Jamoa posboni ikki o'yindan beri uzoq masofadan yo'llangan zarba natijasida darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda. Mashg'ulotlarda bu borada ishlanyaptimi? SHuningdek, Jasur O'rinovning qaydnomaga kiritilmaganining sababi nimada?

- Jasur O'rinovning oyog'idagi tirnoq qismida yiringlash bor edi, u "Mashal" bilan bahsda ham ukol olib, harakat qilgandi. Biroq jarohat davo etib, shu bois uni qaydnomaga ham kiritmadik. Darvozabon Nortojievga kelsak, unga yo'llangan zarbani istalgan posbon o'tkazib yuborishi mumkin. Bizda uch nafar darvozabon bor, barchasining salohiyati bir. Aktivlikni ushlab turish uchun ularni o'yindan o'yinga alishtiryapmiz. Nortojievga yo'llangan zarbani Oliver Kan ham qaytara olmasdi. O'yin davomida bunday vaziyatlar uchrab turadi. Bugun supergol urgan Islom SHaripovni birinchi davrada safimizga qo'shib olmoqchi edik. Biroq limitimiz to'lib qolgani uchun uni qo'lga kirita olmadik. Uning kelajagi porloq. 

- "Dinamo"ga qarshi o'yinni hal qiluvchi ahamiyatga ega bellashuv deya olasizmi?

- Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Xudo xohlasa, Superliga yo'lllanmasini hal qilamiz.

- "Yunired" haqida nima deya olasiz?

- "Yunired" zo'r jamoa, futbolchilari xarakter namoyish eta olishdi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика