So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Muhsin Nizomiddinov: "Bizga bitta aniq zarba etishmadi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Bizga bitta aniq zarba etishmadi"

"Qo'qon-1912" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro liga o'yinidan (0:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Muhsin Nizomiddinov: "Superligaga chiqishni xohlagan ikki jamoa o'rtasida yaxshi bahs bo'ldi. Samarqanda muxlislar kelibdi, bizning ishqibozlar oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Bizga bitta aniq zarba etishmadi".

- Doniyor Ismoilovga so'nggi bahslarda kam imkoniyat beryapsiz...

- Futbolchiga bazida 5, bazida undan ko'proq imkoniyat beriladi. Doniyor to'liq tiklanib olgani yo'q. "Xorazm"dagi bahsni asosiy tarkibda boshladi. U hozircha o'yinimizga mos tushgani yo'q. Ismoilov yaxshi futbolchi, kelajagi porloq. Harakat qilishda davom etish kerak.

- "Qo'qon-1912"da Superligaga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun deyarli imkoniyat qolmadi. O'tish o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaysizmi?

- Muxlislarimiz uchun oxirigacha harakat qilamiz.

- Superligaga o'tish o'yinlari avvalgiga nisbatan ko'paytirildi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Pro ligadagi o'yinlar soni kamaygani tufayli shunday bo'ldi deb o'ylayman. Bu normal holat.

- Asadbek Zokirjonov bugun qo'rquv bilan harakat qildi...

- Yo'q, unday emas. "Dinamo"ning katta qismi legioner va tajribali futbolchilardan iborat. Biz ikkinchi davrada yoshlarga etibor qaratdik. Asad Odil Ahmedovga o'xshaydi. Unda qo'rquv yo'q. Balki biroz charchoq bordir.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика