Muhsin Muhammadiev: “Bunday maydonda yomon o'ynab bo'lmaydi”
23 sen 2019 10:47
Yangiliklar


Muhsin Muhammadiev: “Bunday maydonda yomon o'ynab bo'lmaydi”
Coca Cola superligasi 20-tur “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev bo'lib o'tgan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugun biz uchun muhim va og'ir o'yin bo'lib o'tdi. Bugungi raqibimiz “Nasaf” tarkibi asosan yoshlardan iborat bo'lsam ham, ular nimaga qodirligini yaxshi bilar edik. Bu erdagi stadion va maydon ajoyib. Yigitlarga bunday maydonda yomon futbol o'ynab bo'lmasligini takidlagan edim. Bugun futbolchilarim men qo'ygan talablarni to'liq bajarishdi. Eng alamlisi o'z uyimizda “Surxon”ga mag'lub bo'lganimiz bo'ldi. Hozir bizda shunaqa vaziyatki, huddi har bir o'yin biz uchun oxirgisidek. SHu sababli bugungi o'yin uchun yigitlardan minnatdorman. Menga “Nasaf”ning o'yin uslubi yoqadi. Ularga ozroq tajriba etishmayabdi. Ro'ziqul Berdiev esa O'zbekistondagi eng yaxshi murabbiylardan biri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar