Muhsin Muhammadiev: "Biz uchun har bir o'yin finalga teng"
26 iyu 2020 22:54
Yangiliklar
Muhsin Muhammadiev: "Biz uchun har bir o'yin finalga teng"
"Og'ir o'yin bo'ldi. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Ular bugun o'yinni nazorat qilishdi va ko'proq havli vaziyatlar yaratishdi. Bizning yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi.
"Nasaf" Superliga restartiga tayyorgarlikni ancha vaqt olib bordi. Bizda esa bunday sharoit va imkoniyat bo'lgani yo'q. Biz esa ikki hafta qolganda hozirlikni boshlagandik. O'yindan oldin tarkibimizda yo'qotish mavjud edi. Behruz SHodmonov jarohat olib safdan chiqdi.
Yana bir bor shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashishdi. Safarda bir ochko ishlaganimizdan xursandmiz. Jamoamizdagi legionerlar pandemiya boshlanishidan oldin yurtlariga ketishgan. Xozirda etib kela olishmaydi.
O'tgan yili "Nasaf"ni Qarshida yutgan edik. Bu safar durang qayd etdik. Maqsadimiz o'yinimizni kuchaytirish. Biz uchun har bir o'yin final hisoblanadi",- deydi Muhsin Muhammadiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar