So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Muhim to'qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o'zgarishlarga qo'l ura olgan murabbiy yutdi - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

Muhim to'qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o'zgarishlarga qo'l ura olgan murabbiy yutdi - SHahboz Beg'amov

Saytimiz ijodkori SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida O'zbekiston - Saudiya Arabistoni (2:3) uchrashuvi haqidagi fikr va mulohazalarini yozib qoldirdi.

«Birinchi jiddiy o'yindayoq tayyor g'alaba boy berildi. Renar taktik dars o'tdi. Omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Bir qarashda “durnoy” gollar. Lekin o'sha natija va gollarga munosib bo'lmoq lozim.

Kerakli o'zgarishlar, o'yinni borishiga qarab qilingan yurishlar har ikkala mutaxassisda har xil kechdi. Taktik murabbiylar shunday pallada sahnaga chiqadi.

Markaz butkul yutqazildi. Ahmedov esa himoyadan ko'ra yarim himoyaga zarurroq edi, nazarimda. Yangiliklar doim ham ish bermaydi. Bunday o'yinlarda tajriba ko'proq as qotadi. Yarim himoya markazi Qodirqulovdan ko'ra Ahmedovga ehtiyojmand edi.

Top jamoalar yoki taktik murabbiylar o'yini nisbatan raqibdan ko'ra yomonroq chiqqan uchrashuvda ham yutishni biladi. SHu boisdan ham ularning mahorati yoki darajasi farqlanadi.

Biz esa chempionatimizni qadriga etishga va uni ko'proq hurmat qilishni o'rganishimiz kerak. CHunki aynan milliy chempionat asli terma jamoa manfaatiga xizmat qiladigan asosiy faktor. Gap necha kun avvalroq yig'ilishda emas, balki qisqa muddatdan sifatli foydalanishda.

SHunday optimal holat va scenariy ostida kechgan o'yinda yutqazish shunchaki omadsizlik emas, balki daraja farqini ko'rsatdi.

Muhim to'qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o'zgarishlarga qo'l ura olgan murabbiy yutdi», - deb yozadi telegram kanalida SHahboz Beg'amov.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика