So’nggi yangiliklar

17:27Ўзбекистонда янги футбол қоидалари кучга киради  1 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  1 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  10 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4

Muhammadali O'rinboev: "SHu mavsumda Superligada debyut golimni urishni istayman" Yangiliklar

Muhammadali O'rinboev: "SHu mavsumda Superligada debyut golimni urishni istayman"

FIFA kunlarida "Paxtakor"ning aksar futbolchilari MTJ va OTJ safida Janubiy Koreya davlatida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib kelishdi. Jamoa ham bo'sh qolmadi.

"Metallurg" bilan Qibraydagi bazada nazorat o'yini tashkil qilindi. 3:1 hisobida g'alaba qozongan o'yindan so'ng Muhammadali O'rinboevga mikrofon tutdik.

"Bu o'yin men uchun boshlang'ich tarkibda tushganim bilan ahamiyatli bo'ldi. Ko'plab akalarim terma jamoalarga ketganligi uchun nazorat uchrashuvidagi imkoniyat meni xursand qildi. Qancha ko'p o'yinlarda maydonga tushsam, tabiiyki, shuncha ko'p tajribam oshib boraveradi. Quvonarlisi shundaki, bu erda katta futbolchilar menga raqobatchi sifatida emas, ukaga qaragandek munosabatdalar. SHuning uchun ham bugungi o'yinda qiynalmadim", - deydi 17 yoshli futbolchi.

- FIFA kunlari ham o'z yakuniga etdi, oldinda Sizlarni muhim bahslar kutib turibdi...
- To'g'ri aytasiz, chempionatda "Nasaf"ga qarshi "oltin" o'yinlardan biri bizni kutib turibdi. "Metallurg" bilan ham aynan shuning uchun bahs o'tkazdik. CHempionlikni maqsad qilgan jamoa faqat g'alaba haqida o'ylashi kerak. Bu yilgi chempionatdan kelib chiqadigan bo'lsak, hali qiziqarli va kuchli o'yinlar oldinda deb aytishim mumkin.

- Avvalgi mavsumlarga qaraganda bu yil ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapsiz?
- Superligada debyut golimni shu mavsumda urishni istayman. Menga ishonch bildirayotgan Maksim Aleksandrovichga katta rahmat aytaman. Umuman olganda, "Paxtakor"ga kelib yomon murabbiylarga duch kelmaganman. Har bir qadamimda ularning mehnati yotibdi. Oldimizda 7ta o'yin qoldi, mana shu o'yinlarda ham maydonga tushib jamoamizga foyda keltirish haqida o'ylayaman.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика