So’nggi yangiliklar

22:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал". Асосий таркиблар маълум!  3 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  2 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  13 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  17 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  11 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1

Muhammadali G'iyosov: "Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Maqtovlarga etibor bermay, ishlashda davom etishim kerak" Yangiliklar

Muhammadali G'iyosov: "Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Maqtovlarga etibor bermay, ishlashda davom etishim kerak"

"Qizilqum" jamoasi Superligaga o'tish o'yinida mehmonda "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashdi.

Mazkur uchrashuvda Muhammadali G'iyosov va Islom Kenjaboevning gollari navoiyliklarga g'alaba keltirdi. Uchrashuvdan so'ng Muhammadali G'iyosovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Raqib safida yaxshi futbolchilar borligini va bizga oson bo'lmasligini bilar edik. Jamoamizni qo'llab-quvvatlagan Navoiy xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin mavsum o'tganiga qaramasdan, oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Yozda "Qizilqum"ni Superligada saqlab qolish yo'lida jamlandik. Barchamiz bir maqsad yo'lida harakat qildik. Muxlislar oldida uyalib qolmadik. 

O'zimga kelsak, oxirgi paytlarda ko'pchilik ijobiy fikr bildirmoqda, lekin mukammal emasligimni, kamchiliklarimni bilaman. Katta maqsadlarim bor. Ularga erishish uchun har kuni ishlashim, to'xtab qolmasligim kerak. 

"Olimpik" bilan Superligaga chiqqanimiz va kechagi g'alabani taqqoslab bo'lmaydi. Ikkisi ham tarixda qoladigan natija bo'lgan. Mazkur jarayonlarni eslashning o'zi yoqimli hissiyotlarni beradi. 

Keyingi rejalarim haqida aniq bir gap ayta olmayman. Bir qarorga kelganim yo'q, lekin legionerga aylanish harakatidaman", – deydi Muhammadali G'iyosov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика