So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Muhammad Saloh - Misrning ikkinchi mo'jizasi Yangiliklar

Muhammad Saloh - Misrning ikkinchi mo'jizasi

Bu mavsumda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh barcha bosma va internet nashrlarini tinch qo'ymayapti.


O'tgan haftaning yakunida u "Uotford"ga qarshi fantastik o'yinni o'tkazdi, poker qayd etdi va bir golga assistentlik qildi. Yo'l-yo'lakay u o'z statistikasini yaxshilab bormoqda. Misrlik futbolchi "Liverpul"ning ko'p rekordlaridan o'zib ketishga erishdi, biroq hali mavsum yakunlanishiga qadar anchagina vaqt bor. Saloh "Liverpul"dagi ilk mavsumidayoq 36 gol urdi va jamoa qahramonlari Fernando Torres (33 gol) va Kenni Dalglishlarni (31) ortda qoldirdi.

Undan tashqari Saloh Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida gollar kiritish bo'yicha etakchilikni o'z qo'liga oldi. Uning ortida Xarri Keyn, Lionel Messi, CHiro Immobile, Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavani kabi futbolchilar bor. Eng qizig'i, Saloh 2007/08 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu va 2013/14 yilgi mavsumda Luis Suareslarning APLda bir mavsum davomida kiritgan gollari sonidan ham oshib ketishi mumkin. O'shanda ikki futbolchi ham 31 tadan gol urishgandi. Mavsum yakunlanishiga 7 tur qolganida Muhammad hisobida 28 gol bor va bu ishonchli o'yini bilan o'sha rekorddan bemalol o'tib keta oladi.

Mashhur futbol funkcioneri Monchi "Roma" etakchisini "Liverpul"ga sotib katta summani qo'lga kiritganidan rohatlangan bo'lsa kerak. Albatta, 42 mln evro - kichik summa emas, biroq tez orada u futbolchini sotib yuborganiga afsuslangani aniq. "Roma" Salohdan ko'rgan foydani "Sampdoriya"ning yosh futbolchisi Patrik SHik uchun sarfladi, u esa ishonchni oqlay olmayapti. Biroq bu orqali transfer bozorida nomutaassiblik yuzaga keldi.

Salohning iqtidori SHveycariyaning "Bazel" jamoasida o'ynab yurgan paytlarida ham ko'rina boshlagandi. Kichik bo'yi va oyoqlariga qaramasdan unda juda yaxshi dribling, asosiysi fantastik tezlik, start olish va uzoq masofalarga yugurish kabi sifatlari juda yaxshi rivojlangandi. Muxlislar Muhammadning o'yin davomidagi xatti-harakatlarini, bolalarcha gol nishonlashlarini yaxshi ko'rishardi. Saloh gol urishdan tashqari, hujumni tashkil etish va qora ishlarni ham bajarib yurardi.

"Bazel"dan keyin u "CHelsi"ga o'tdi, o'shanda matbuot uning xizmatlariga "Liverpul" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgani haqida malumotlar bergandi. Yakunda Salohning Jozening "CHelsi"sida deyarli o'ynamadi, murabbiy unga ko'p imkoniyat taqdim etmadi. Yozda u "Fiorentina" jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Bir yildan keyin u statusi biroz yuqoriroq "Roma"ga o'tdi va yana bir mavsumdan o'tib jamoaning to'laqonli azosiga aylandi.


Salohning vatani termasidagi bajargan ishlari alohida mavzu. SHak-shubhasiz, Saloh - milliy qahramon, faqatgina 90 millionlik Misrda emas, butun Arab dunyosida. U maydondagi harakatlari bilan Arab mamlakatlarini birlashtirdi, o'sha o'yin vaqtida qo'shni mamlakat fuqarolari ham urush, janjallarni to'xtatib, Misr termasiga muxlislik qilgandi.

2017 yilda Saloh oldin uddalanmagan ishni bajardi. So'nggi 28 yilda ilk marta uning termasi Jahon chempionatida qatnashadigan bo'ldi. JCH saralashidagi so'nggi bahsda u Kongo darvozasiga ikkita gol urdi, terma esa 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'sha tun mamlakatning har bir shahrida bayramlar bo'ldi, Muhammad o'sha ikki zarbasi bilan millionlab muxlislarga quvonch ato etdi va Misrda piramidalardan tashqari boshqa mo'jiza ham borligini ko'rsatgandi.

Saloh bu bilan cheklanib qolmaydi. Uning oldida yana bir vazifa bor: ko'proq gollar urib, Krishtianu Ronaldu va Leo Messilar bilan birgalikda "Oltin to'p"ga davogarlik qilishi kerak. Albatta, futboli mashhur bo'lmagan davlatdan mashhur futbolchi chiqib, katta sovrinlarga davogarlik qilishi juda yoqimli.

Balkim bir kun kelib Saloh siyosatshunos bo'lar, yoki bokschi Menni Pakyaodek mamlakatining tumoriga aylanar, yoki uni Jorj Vea kabi mamlakat prezidenti sifatida ko'rarmiz. Hozircha bu haqda hech nima deb bo'lmaydi. Saloh - Misrning ikkinchi mo'jizasi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика