So’nggi yangiliklar

21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  1 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  1 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  13 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  29 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  31 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3 15:17ЕЧЛ. Неаполда "Челси"нинг икки мухлиси шифохонага ётқизилди, бирига пичоқ билан ҳужум қилинган бўлиши мумкин  3 14:24Саудияликлар Усман Дембеле учун улкан таклиф тайёрлашмоқда  3 13:48Жейми Каррагер: "Бу "Ливерпуль" АПЛ учун мос эмас"  3 13:12Фабио Капелло: "Милан" — ўта пассив жамоа, ҳужумчилар ҳимояга ёрдам бермаяпти"  2

Muhammad Nazem: "O'zbekiston finalga chiqishga loyiq edi" Yangiliklar

Muhammad Nazem: "O'zbekiston finalga chiqishga loyiq edi"

Teglar :  Muhammad Nazem
Eron va Vetnam uchrashuvidan so'ng, eronliklar bosh murabbiyi Muhammad Nazem ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
“Eng avvalo Eron terma jamoasini qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Musobaqa avvalida aytgandim chempion bo'lmoqchimiz deb, finalga chiqdik, bundan xursandman”, - deydi murabbiy.

- Bugun musobaqada Eronning eng yaxshi o'yinini ko'rdikmi?
- Albatta bugun yaxshi o'ynadik. Bosiqchma bosqich o'yinimizni yaxshilab borayapmiz. Vetnamga qarshi bahs ham shulardan biri bo'ldi. Bu musobaqa Osiyo qitasida futzal yanada rivojanayotganini ko'rsatib berdi.

- Eron terma jamoasi barcha o'yinni juda osonlik bilan g'alaba qozonmoqda. Bu futzalchilarga qanchalik ishonch beradi?
- Terma jamoa tarkibini tuzayotgan vaqtda ham tajribali, ham yosh futzalchilarni jalb qildik. Rossiya va Italiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. O'yindagi qiyin vaziyatlarda tajribali o'yinchilar yoshlarga xatolarini ko'rsatib turishdi. Bu bizga katta yordam bermoqda. Yoshlarni chiniqtirish juda ham muhim. Braziliyadagi musobaqada qatnashdik. U erda ham kuchli raqiblar bilan o'yinlarda yoshlar tajriba to'plashdi.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
- Musobaqadagi barcha jamoalarni kuzatib bordik. O'zbekiston finalga chiqishga loyiq jamoa edi. Bu jamoaning mezbon bo'lganligi uchun emas, uning o'yiniga berilgan tarif. Biz final o'yinida eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Yoqimlisi insonlar futzal tomosha qilishdan tashqari, jamoalarni qo'llab quvvatlashmoqda. Bazi holatlarda Eronning o'yinlarida ham bizni qo'llab turishdi. Turnir avvalida O'zbekiston bilan finalda uchrashamiz degandik. Umid qilamanki, final o'yini musobaqaning eng qiziqarli uchrashuvi bo'ladi.

- O'zbekistonning kuchi haqida nima deysiz?
- Jamoa finalga chiqdi. Demak ular boshqalarga nisbatan kuchliroq. O'zbekiston kuchli jamoa.

- Finalda Eronga nima g'alaba uchun halal berishi mumkin: O'zbekistonlik muxlislar, O'zbekiston terma jamoasi jamoa yoki Xose Mariya Mendez?
- Jamoaning o'zi bizga qarshilik qiladi. SHu bois bu savolga jamoa deb javob beraman.
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика