So’nggi yangiliklar

13:46Суарес "Сиэтл" ходимига тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  2 13:19"Ал Иттиҳод" португалиялик ёш футболчини 30 млн евродан ошиққа харид қилди  1 12:51"Челси" собиқ футболчиси "Гремио"га ўтди  0 12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  5 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  22 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  3 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  8 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  5 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  45 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  4 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  4

Muhammad Kone: Burkina Faso terma jamoasi murabbiylari “Lokomotiv”dagi o'yinlarimni kuzatib borishmoqda Yangiliklar

Muhammad Kone: Burkina Faso terma jamoasi murabbiylari “Lokomotiv”dagi o'yinlarimni kuzatib borishmoqda

“Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Muhammad Kone Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi o'yinlarida ishtirok etish uchun Burkina Faso milliy terma jamoasiga chaqirildi.

Afrikada o'tkazilayotgan saralash bahslari doirasida burkinaliklar Senegal terma jamoasi bilan 2 ta uchrashuv o'tkazishadi. Mazkur uchrashuvlarga jo'nab ketish oldidan mahoratli himoyachi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– O'z yurti milliy terma jamoasi safida o'ynash – har bir futbolchi uchun faxr. Men ham Burkina Faso sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda mamnunman. Rosti – ushbu taklif men uchun kutilmaganda bo'ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi mening “Lokomotiv” safidagi o'yinlarimni kuzatishibdi va yakunda bosh jamoaga chaqirishga qaror qilishibdi. Bundan juda-juda xursandman.

Men birinchi marta milliy terma jamoaga chaqirildim. Terma jamoamizda mahoratli va Evropada nom qozongan ijrochilar ko'p. Ulardan ko'p narsalar o'rganishga harakat qilaman.



Hozirda Burkina Faso terma jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinda ketmoqda. Lekin bo'shashishga aslo haqqimiz yo'q. Zero guruhimizdagi raqiblar – JAR terma jamoasi, Senegal hamda Kabo Verde ham yaxshi saviyadagi jamoalar. O'ylaymanki, Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash so'nggi turga qadar kechadi. Men ham mazkur o'yinlarda maydonga tushib, terma jamoamga foyda keltirishga urinaman, – deydi Muhammad Gnontcha Kone “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.

Takidlash joizki, Afrikada o'tayorgan JCH-2018 saralashining so'nggi bosqichida Burkina Faso terma jamoasi “D” guruhida ishtirok etmoqda va 2-turdan so'ng 4 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Ushbu yurt vakillari 2 sentyabrda safarda va 5 sentyabr kuni uyda Senegal terma jamoasi bilan bahs yuritishadi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика