Mudrik "CHelsi"dagi debyutida APL joriy mavsumidagi eng yaxshi yugurish tezligini ko'rsatgani aniq bo'ldi
24 jan 2023 16:25
Yangiliklar


Mudrik "CHelsi"dagi debyutida APL joriy mavsumidagi eng yaxshi yugurish tezligini ko'rsatgani aniq bo'ldi
"CHelsi" yangi futbolchisi Mixail Mudrik "ko'klar"ning "Liverpul" bilan mehmondagi bahsida (0:0) yugurish bo'yicha APLning ushbu mavsumdagi rekordini o'rnatdi.
"Opta" portaliga ko'ra, uning maksimal ko'rsatkichi 36,63 km/soatni tashkil qildi.
"CHelsi"ning ukrainalik yarim himoyachisi 55-daqiqada maydonga tushdi. U angliyalik Lyuis Xollni almashtirdi. Avvalroq Mudrikning transferi "aristokratlar"ga 100 million evroga tushishi xabar qilingandi.
APL joriy mavsumidagi eng tezkor besh nafar futbolchi:
36.63 km/soat – Mixail Mudrik ("CHelsi")
36.61 – Entoni Gordon ("Everton")
36.53 – Darvin Nunes ("Liverpul")
36.22 – Erling Holand ("Manchester Siti")
36.09 – Denis Zakariya ("CHelsi")
O’xshash yangiliklar

Fikrlar