So’nggi yangiliklar

11:35Родри яна жароҳат олди  0 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   0 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   3 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  2 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  5 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  10 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0 06:48Рустам Турдимуродов: "Менга берилган имкониятдан фойдаландим"  0 01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  10 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0

Muammolar qahramonlarni paydo qiladi Yangiliklar

Muammolar qahramonlarni paydo qiladi

Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev telegramdagi kanalida "Bunyodkor"ni qabul qilib olgan Viktor Karpenko xaqida yozdi.

11 may kuni “Bunyodkor” murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan edi. Ko'plar Karpenko murabbiylik kursisiga eng noqulay paytda o'tirganini aytyapti. Darhaqiqat, uni juda qiyin o'yinlar kutib turibdi: bugun AGMK maydoniga safar, kelgusi haftada “Nasaf” qabul qilinadi.

Lekin masalaning 2-tomonini unutmaslik kerak. 44 yoshli mutaxassis “Bunyodkor”ni uncha-muncha murabbiy orzu qiladigan sharoitda qabul qilib oldi.  Jamoa bu 2 o'yinni yutqazsa ham, Karpenkoga ortiqcha bosim bo'lmaydi. 

CHunki AGMKni tajribali Vadim Abramov va SHuhrat Maqsudov ham nisbatan kuchli tarkib bilan 6 o'yindan beri enga olishmayotgandi (5 tasi mag'lubiyat). “Nasaf”ga qarshi oxirgi to'qnashuvda esa sharmandali mag'lubiyat qabul qilingan (0:5). 

Biroq, buyuk murabbiylar qiyin davrlarda katta sahnaga chiqishini unutmaslik kerak (Anchelotti, Xaynkes yoki Zidan kabi). Hozir “Bunyodkor”dagi vaziyat ham shunday. Agar AGMK va “Nasaf” mag'lub qilinsa, murabbiy haqiqiy qahramonga aylanadi. Ochig'i, Karpenkoda bunday qulay imkoniyat boshqa hech qachon bo'lmasa kerak. 

O'z navbatida “Bunyodkor”da murabbiy almashishi Mirjalol Qosimov bilan Ro'ziqul Berdievning ishini yanada qiyinlashtirganini ham aytish kerak. CHunki Karpenko bo'lajak o'yinlarda qaysi futbolchilar xizmatidan foydalanishini taxmin qilish ham qiyin.

Bu borada sizning fikringiz qanday? U Maqsudovning ishini davom ettiradimi yoki o'z syurprizlarini tayyorlab qo'yganmi?

Muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling"Futbol analizi".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика