MTJga "Paxtakor"dan kimlar chaqirilgani malum bo'ldi
28 sen 2019 13:10
Yangiliklar


MTJga "Paxtakor"dan kimlar chaqirilgani malum bo'ldi
O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida JCH-2022 saralashi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.
Tez orada Vadim Abramov terma jamoaga chaqirgan futbolchilar ro'yxati elon qilinadi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, "Paxtakor"dan quyidagi futbolchilar MTJga chaqirilgan:
Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Egor Krimec, Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov va Igor Sergeev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Yaman, 15 oktyabrda esa Singapurga qarshi JCH-2022 saralash uchrashuvini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar