So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" — ПСЖ. Таркиблар маълум  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  119 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  16

MTJ, Eron va Osiyo o'yinlari Yangiliklar

MTJ, Eron va Osiyo o'yinlari

O'zbekiston terma jamoasi 19 may kuni Tehronda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bu o'yin yil boshidan beri terma jamoamiz uchun uchinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi. Xabaringiz bor, bungacha mart oyida Senegal va Marokashga qarshi bahs o'tkazgandik.

Kecha O'FA rasmiy sayti terma jamoamiz Eronga yo'l olganini xabar qildi. Tarkib esa oldinroq elon qilingandi. 21 futbolchi o'rin olgan ro'yxatni ko'rib balki siz ham boshida ajablangan bo'lsangiz kerak. Axir bu tarkibni O'zbekiston milliy terma jamoasi deb bo'lmaydi-da. Bu tarkib ko'proq kuzda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida qatnashadigan futbolchilar jamoasi bo'lsa kerak.

O'zbekiston imkon qadar jahon chempionati ishtirokchilari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilgandi va bungacha Senegal hamda Marokashga qarshi o'tkazilgan bahslar bu gap amaldaligini ko'rsatdi. Eron ham JCHda o'ynadigan jamoa. Iyunda biz bilan o'ynaydigan Urugvay ham JCHga boradi. Bu yaxshi, lekin...

Lekini shuki, shunday jamoalar "xo'p" deb bizga rozilik beryaptimi, demak biz ham bu imkoniyatdan unumli foydalanishimiz talab etiladi. Hash-pash deguncha bahor o'tib yoz kelyapti, ko'z ochib yumguncha kuz o'tib qish yaqinlashib qoladi va qarabsizki Osiyo Kubogi yaqin. Eronga yo'l olgan tarkibni ko'rib nima deyish mumkin? Bu futbolchilar yanvarda Osiyo Kubogida o'ynaydimi?

O'FA sayti juda chiroyli izoh beribdi: "Ushbu o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasiga legionerlar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi mumkin bo'lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi". Mana shu joyi juda qiziq chiqqan. "Eron bilan o'yinda Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi mumkin bo'lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi". Demak, Eronga qarshi milliy terma jamoa o'ynamaydi. Axir bu shundoq ham kundek ravshan-ku. Tarkibga qarab istalgan muxlis bu milliy terma jamoa emasligini biladi.

Osiyo o'yinlarida O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'ynaydi va ular safiga yoshi katta uch futbolchini qo'shish mumkin. Agar shunday desak, Eron bilan o'yin Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Aslida bu haqda Ravshan Haydarov bosh qotirishi kerak. Lekin jamoani Tehronga Timur Kapadze olib ketgan. Juda g'alati, shunday emasmi?

Meni eng ko'p xavotirga solayotgan tomoni Eronning bu tarkibni ko'rib nima uchun milliy terma jamoani olib kelmadinglar deb savol berishi. Va katta ehtimiol bilan shu savol o'rtaga tashlansa kerak. CHunki jahon chempionatiga hal qiluvchi tayyorgarlikni boshlagan Eron shunga yarasha O'zbekistondan ham kuchli tarkib bilan jiddiy o'yinni kutadi. Yo'qsa o'rtoqlik uchrashuviga rozi bo'lish na hojat. Aytaylik, Eronning kuchli futbolchilar nega kelmadi deb so'rashga haqqi bor, chunki raqib JCHda o'ynaydigan tarkibi bilan tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ashkan Dejaga, Sardor Azmun, Alirizo Jahonbaxsh, Mehdi Taremi deysizmi, xullas hammasi safda. Albatta, Eron biz bilan o'ynaydi, o'ynamaydi emas, biroq kelishuv boshqacha bo'lgandi deb keyingi safar o'rtoqlik o'yiniga rozi bo'lmasa-chi. Hozirgi holatda go'yoki biz ularni "aldagandek" bo'lib qolyapmiz. Fikrimcha, Eron bizni hurmat qilib o'rtoqlik o'yiniga rozi bo'ldimi, o'z navbatida biz ham ularning hurmatini joyiga qo'yib legionerlarsiz bo'lsa-da, O'zbekistonning eng kuchli tarkibini olib borishimiz kerak edi. CHunki maqsadimiz Osiyo o'yinlari emas, balki Osiyo Kubogi bo'lishi kerak. Biroq bunga endi kech, samolyot allaqachon manzilga qo'nib bo'ldi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика